O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

9.5. Kichik GES lar toifalari 
Gidravlik resurslardan foydalanish xarakteriga ko’ra kichik GES 
larni quyidagi toifalarga ajratish mumkin:
-
daryo o’zanidagi yangi yoki kichik suv havzasiga ega bo’lgan 
to’g’on oldidagi stanstiya;
-
erkin oquvchi daryo oqimining katta tezligidan foydaluvchi 
stanstiya;
-
tabiatda mavjud bo’lgan, suv sathlari farqli daryolardagi 
stanstiya.
Bizning davlatimizda 
kichik GES lar yordamida kichik suv 
oqimlari energiyasidan foydalanish - tiklanuvchan energiya 
manbalarini rivojlantirishning eng samarali yo’nalishlaridan biridir.
Quvvati 100 kVt bo’lgan mikro-GES ni mamlakatimizning tog’ 
hududlaridagi ixtiyoriy daryolarga o’rnatish mumkin (9.7rasm).
Kichik GES gidroagregat, turbina, generator va avtomatik 
boshqarish tizimidan iborat.
Gidro akkumulyatsiyalovchi elektr stantsiyalar 
Yuqorida (9.4-rasm) keltirilgan yuklanish grafigini «tekislash» 
ishini gidro akkumulyastion elektr stanstiyalar (GAES) yordamida 
bajariladi. Bunda stanstiyaning ishlash jarayoni quyidagicha bo’ladi.
Energetika tizimidagi yuklanish minimal bo’lganda elektr stanstiyalar 
ishlab chiqargan ortiqcha elektr energiyani zahiralash uchun GAES 
quyi suv omboridan suvni yuqori suv omboriga so’rib (gidroagregat 


223 
nasos rejimida) o’tkazadi. Yuklanish grafigidagi qisqa muddatli 
maksimal yuklanish bo’lganda yuqori suv omboridagi yig’ilgan suvni 
quyi suv omboriga o’tkazib, gidroagregat generator rejimida ishlaydi.
Turbinalarning 
qaytuvchanlik 
rejimida-turbina 
va 
nasos 
rejimlarida ishlatish imkoniyatining yaratilishidan so’ng, GAES larni 
samarali ishlashi mumkin bo’lib qoldi.
GAES larning istiqboldagi rivojlanashi ko’p jihatdan ularning 
f.i.k. ga bog’liq.
GAES larni ishlatganda yoqilg’ini tejash jarayoni GAES ni 
zaryadlash uchun IES yoki gaz turbinali elektr stanstiya (GTES) 
qo’shicha yuklantirish hisobiga amalga oshiriladi. Bunda yoqilg’i sarfi 
maksimal yuklanishdagi IES yoki GTES sarflagan yoqilg’i miqdoriga 
nisbatan kam bo’ladi. Bundan tashqari, ularni zaryadlash rejimi, 
kamroq solishtirma yoqilg’i sarfiga ega bo’lgan yangi bazaviy elektr 
stanstiyalarni ishga tushirish imkoniyatini yaratadi.
XX asr boshlarida qurilgan birinchi GAES larning f.i.k. lari 40 % 
dan yuqori bo’lmagan, hozirgi zamon GAES lar f.i.k. lari esa 70-75 % 
dan yuqori. GAES larning afzalliklariga, nisbatan yuqori f.i.k. lari 
bo’lishidan tashqari, qurilish ishlari kapital xarajatlarning 
kamligidadir. Oddiy gidro elektr stanstiyalardan farqli ravishda, 
daryolarni to’sish, uzun tunelli to’g’onlar qurish va boshqa qurilishlar 
bo’lishiga ehtiyoj qolmaydi.
Gidro akkumulyastiyalovchi elektr stanstiyalar (akkumulyasti-
yalash) ning ishlash prinstipi boshqa elektr stanstiyalar ishlab 
chiqargan 
elektr 
energiyani 
suvning 
potenstial 
energiyasiga 
aylantirishdir. Energiyani teskari o’zgartirilganda yig’ilgan suvning 
potenstial energiyasi elektr energiyaga aylantirilib, energetika tizimiga 
yuklanishning maksimumini qoplash uchun sarflanadi {batafsil [15] 
da}.
GAES ning gidrotexnik qurilmalari (9.8-rasm) xar hil sathda 
joylashgan va suv o’tkazgich quvur bilan birlashgan ikki havzadan 
iborat. GAES binosida quvurning quyi chekkasida joylashgan 
gidroagregatlar quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
-
yoki uch mashinali, ya’ni bir val vositasida bir-biri bilan ulangan 
qaytuvchan (motor - generator rejimida ishlay oladigan elektr 
mashinasi - qaytuvchan), gidroturbina va nasos;
-
yoki ikki mashinali - qaytuvchan elektr mashina va aylanish 
yo’nalishiga ko’ra nasos yoki turbina rejimida ishlashi mumkin 
bo’lgan qaytuvchan gidro mashina. XX asrning 60-yillaridan boshlab 


224 
quriltgan GAES larda iqtisodiy samarasi yuqori bo’lgan ikki mashinali 
agregatlar o’rnatilib boshlandi.
Energetika tizimining yuklanish darajasi kam bo’lgan (asosan 
sutkaning tungi vaqtlarida) elektr stanstiyalari ishlab chiqargan elektr 
energiya, nasoslari yordamida quyi suv havzasidan yuqori havzasiga 
suvni 
xaydab 
chiqarish 
uchun 
GAES 
da 
ishlatiladi 
(akkumulyastiyalanadi). Yuklanish maksimum bo’lgan vaqt oralig’ida 
suv yuqori havzadan quyi havzaga quvurlar vositasida turbina 
rejimida ishlash uchun ulangan GAES ning gidroagregatiga keltiriladi. 
Bunda ishlab chiqarilgan elektr energiya energetika tizimining 
tarmog’iga uzatiladi, suv esa quyi havzada to’planadi.

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin