O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti


Dengiz suvining ko’tarilish va qaytish energiyasi



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

Dengiz suvining ko’tarilish va qaytish energiyasi 
– dengiz 
suvining ko’tarilish va qaytishi oy va quyoshning gravitasiyasi hamda 
Yerning aylanishi tufayli hosil bo’ladi. Qirg’oq atrofida to’lqin 
darajasi 12 metrgacha ko’tarilishi mumkin. Ko’tarilish va qaytish 
energiyasidan, elektr energiyasi ishlab chiqaradigan generator uchun 
foydalanilishi mumkin. Shu bilan birga bu qayta tiklanadigan muqobil 
energiya manbasi o’ziga xos sharoit talab etadi va hozircha keng 
masshtabda ommalashmagan. Bugungi kunda iqtisodiy foydali elektr 
energiya ishlab chiqaradigan 20 ga yaqin joylarda 3 metrdan kam 
bo’lmagan qulay va yaxshi darajadagi to’lqinlar mavjud. Hozir dengiz 
suvining ko’tarilish va qaytishini elektr energiyasiga aylantiruvchi 
texnologiyalar ishlab chiqilgan.
Dengiz to’lqin energiyasi 
– dengiz va okean yuzasida esadigan 
shamol tufayli hosil bo’ladigan to’qindan paydo bo’ladi. Hisob-


24 
kitoblarga ko’ra, dunyodagi okeanlarning qirg’ogidagi to’lqinlar 
energiyasining jami 2 dan 3 milliongacha megovatt energiyani tashkil 
etadi.
Bu to’lqin energiyasidan foydali ishga, jumladan, suvni 
chuchuklashtirish va rezervuarlarni suv bilan to’ldirish uchun 
foydalanish mumkin. To’lqin energiyasi qayta tiklanadigan energiya 
manbaidir. To’lqin energiyasidan elektr energiyasi olish hozirgi 
paytda ommalashmagan, chunki bu sohada faqat eksperimental 
izlanishlar olib borilmoqda.
Agar iqlim va ob-havo sharoitlardagi o’ziga xoslik e’tiborga 
olinsa, mamlaktimizda qayta tiklanadigan energiya manbalari 
imkoniyatlari yetarlicha. Eng muhim masalardan biri energetika, 
hududni to’liq iqtisodiyoti rivoji uchun mavjud yoqilg’i-energetika 
imkoniyatlaridan 
samarali 
va 
omilkor 
usullarda 
hamda 
energobalansga yangi ekologik toza energiya turlarini jalb etib amalga 
oshirish hisoblanadi.
Qayta tiklanadigan energiya manbalari (elektr, tabiiy gaz, issiq 
suv) uzoqda joylashgan cho’l tog’li, suv bilan ta’minlanmagan, 
shuningdek, elektr energiyasi, issiqlik va ichimlik suvi bilan bog’liq 
bo’lgan mavsumiy ishlar yoki ekspedisiyadagi odamlar uchun hal 
qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
O’zbekistonda 60 foizdan ko’proq aholi qishloq joylarida 
yashaydi. 1,5 mingga yaqin boorish qiyin bo’lgan qishloq aholi 
punktlari, an’anaviy elektr manbalaridan foydalana olmaydilar. 
Shuning uchun mamlakatda hozirgi paytda qayta tiklanadigan 
energiya manbalaridan foydalanish dastrulariga e’tibor keskin 
kuchaygan.

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin