O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

Biomassa

chiqindini yoqish natijasida olinadigan energiyadir
Amalda biomassa bu 
– 
chiqindi.
 
Qurigan daraxt yoki ularning shox-
shabbasi, tomorqadan poliz o’simliklarining ildizpoyalari, yog’och 
qobig’i va qirindilari kabilardir. Bunday chiqindilar tarkibi chorva 
fermalarida ozuqa va to’shama sifatida ishlatiladigan somon hamdir.
Ko’proq miqdorda qishloq xo’jaligi ekinlari: don, paxta, 
makkajo’xori va boshqalar bo’lishi mumkin. 
Odarda uyimizdan chiqqan, maishiy chiqindilar chiqindixonaga 
chiqarilib, ko’mib tashlanadi. Maishiy chiqindi ham biomassaning bir 
turi, undan ham bioyoqilg’i ishlab chiqarishda foydalanish mumkin.
Biomassada foydalanish juda oddiy. Maxsus pechlar yoqilib, 
qozonlarda yoqilib, qozonlarda suv isitiladi, bug’ga aylantirilib va 
elektr energiyasi olish uchun trubinalar aylatiradi. 


22 
Biomassa energiyasi
 – 
biomassani chiqitga chiqarish, biogas olish 
va foydalanish energetikaning istiqbolli yo’nalishi hisoblanadi. 
Biomassa manbalariga qattiq maishiy, sanoat chiqindilari, shaharning 
loyqa va oqava suvlari va chorvachilik, o’simlik qoldiqlar, o’rmon 
maxsulotlari, xususan, yog’och tayyorlash va jo’natishda ishlab 
chiqarishdagi, yog’och, qog’oz massalari va boshqa chiqindilar kiradi.
Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko’ra, biomassadan olinadigan 
energiya O’zbekiston energetika ehtiyojining 15–19 foizni qondira 
oladi. Energiya ishlab chiqarishning bunday usuli, ma’lum darajada 
atrof-muhitni muhofaza qilish muammosini hal etishda mamlakat 
qishloq xo’jaligini yuqori sifatli o’git bilan ta’minlaydi.
Chiqindixonada biomassadan to’gridan-to’g’ri biogas olishda 
foydalanilsa bo’ladi. Chiqindi cherish davomida metan gazi ajralib 
chiqadi. Ular trubalarda to’planib, issiqlik elektrstansiyasiga 
yuboriladi, u yerda aralashma tabiiy gaz bilan qo’shilib, elektr 
energiyasi ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Biogaz
. Odamlar biogazdan 200 yildan beri foydalanib 
kelmoqdalar. Elekrt paydo bo’lgunga qadar Londonda biogas yer 
ostidagi kanalizasiya trubalaridan olingan maxsus gaz lampalarida 
ko’chalarni yoritishga foydalanib, ko’cha «gazli shoxi» deyilgan.
Biogaz odatda karbonat angidrid (СО
2
)
 
va (СН
4
) metan gazlari 
aralashmasidir. U havo va kislorod kirishi mumkin bo’lmagan holatda 
(kislorod bo’lmasligi, «anaerob holati» deyiladi), turli biologik 
mikroorganizmlar parchalanishidan hosil bo’ladi.
Biogaz, shuningdek, botqoqda va ko’l tubida organik qoldiqlar, 
chirish sharoitida ko’p namlik va kislorod bo’lmaganligidan ham 
paydo bo’ladi. Bundan tashqari, anaerob sharoitda yashash qobiliyati, 
metaan hosil qilish qobiliyatidagi mikroorganizmlarning boshqa 
xususiyatlarga ham ega. Ular yog’ochning asosiy ingredienti 
sellyulozani hazm qilishi mumkin. Bu bakteriyalarning yana bir 
xususiyati, temperatura, kislotali, suv hajmi va boshqalarda yashash 
sharoitiga juda sezgir hisoblanadi. 
Biogaz uskunalari alohida parranda fabrikalari va bo’rdoqchilik, 
chorvachilik kompelkslarida sinovdan muvaffaqiyatli o’tgan edi. 
Lekin hozircha keng tarqalmadi, ommalashmadi. 

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin