Quyosh energiyasi.
O’bekistonda quyosh energiyasi imkoniyati
hammasidan ko’ra ko’proq. Yalpi quyosh energiyasining imkoniyati
o’rtacha 51 mlrd. t. n. e, texnik imkoniyati esa - 177 mln.t.n.e..Bunda
19
quyosh energiyasi butun mamlakat hududi bo’ylab barchaga barobar
bo’lib, uni energetika balansiga jalb etish, aholini elektr va issiqlik
energiyasi bilan ta’minlash masalasini, ayniqsa, chekka joylarda
tezroq echimini toppish imkonini beradi.
Quyosh – eng yaqin yulduz, usiz bizning sayyoramizda hayot
bo’lishi mumkin emas. Kishilar o’zining hayotida quyosh
energiyasidan u yoku bu usul bilan bu haqida o’ylab ham o’tirmay,
foydalaniladilar. Masalan, hovliga kir yoysak – biz quyoshdan
kelayotgan issiqlik energiyasini ishlatamiz.
O’zbekiston
quyosh
energiyasidan
foydalanishda
katta
salohiyatga ega. Mamlakatimiz iqlim sharoitlari quyosh energiyasidan
foydalanish uchun juda qulay. O’zR FA «Fizika – quyosh» ilmiy
tekshirish
instituti
mutaxassislarining
hisob-kitoblariga
ko’ra,
O’zbekiston hududiga tushadigan quyosh energiyasining miqdori,
o’rtacha hisob bilan aytganda, mamlakatda boshqa manbalardan
olinadigan energiyadan to’rt barobar ko’p ekan. Shu bilan birga,
O’zbekiston kristalli kremniy olish uchun xom ashyo zahiralariga ham
ega. Uning asosida butun dunyoda 90 foiz fotoelektrik modullar ishlab
chiqariladi. Kremniy konlari Jizzax va Samarqand viloyatlarida
mavjud. Navoiy va Angren erkin indistriual hududlarida texnik
kremniy ishlab chiqaradigan zavodlarni ishga tushirish ustida ishlar
olib borilmoqda. Ushbu resurs zahirasi quyosh energetikasi sohasida
muhim jamlovchi mahalliy ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun
imkon yaratadi.
Shamol energiyasi.
Shamol – havoning harakatdagi oqimi.
Havoning harakati yer yuzasini quyosh tomonidan notekis qizdirishga
sabab bo’ladi. Yer yuzasi harxil shaklga – yer va suv fazosiga ega
bo’lgani sababli, u kelayotgan issiqlikni har xil hajmda qabul qiladi.
Yorug’ kun mobaynida havo dengiz va okean ustidan ko’ra,
quruqlik ustida tezroq isiydi. Qizigan havo yer ustida kengayadi va
osmonga ko’tariladi, uning o’rnini og’irroq sovuq havo qatlami
egallaydi va uning bu harakati shamolni hosil qiladi. Kechqurun
shamol o’z yo’nalishini o’zgartiradi, chunki suv ustidagiga nisbatan
yer yuzasidagi havo tez soviydi.
Bir vaqtning o’zida kuchli atmosfera shamoli barcha yerni aylanib
o’tadi, natijada ekvatorga yaqin qismi – Shimoliy va janubiy qutblarga
yaqin joylashgan qismiga nisbatan ma’lum darajada kuchli qiziydi.
20
Albatta, yoqilg’i yoki elektr energiyasi o’rnini bosishi mumkin
bo’lgan, noan’anaviy usullarda hosil qilinadigan vositalar ko’p.
Ammo
ular
orasidan
atrof-muhitga
zarar
etkazmaydigan,
foydalanishda samarali va ayni paytda mablag’ jihatdan maqbulini
tanlash muhim ahamiyatga egadir. Mana shu nuqtai nazardan olib
qaraganda, shamol energiyasini qator afzalliklari mavjud.
Bugungi kunda mazkur muqobil energiya quvvatini ishlab
chiqarish G’arbiy Yevropada ancha ommalashgan. Sababi, buning
uchun tabiiy shart-sharoitlar mos bo’lishi barobarida ushbu turdagi
energiyaga talab ham ortib bormoqda. Zamonaviy ShESlar 3–4 m/s
dan 25m/s gacha bo’lgan tezlikdagi shamol muhiti rel’efiga nisbatan
baland bo’lmagan joylarda optimal ishlaydi. Shunday hududiy
imkoniyatlarga ega bo’lgan Germaniya hozirgi vaqtda shamol
energiyasidan foydalanish bo’yicha jahonda yetakchilik qilmoqda.
Ushbu muqobil energiya iqtisodiy va ekologik nuqtai nazardan bir
qator afzalliklarga ega. Masalan, ShESni qurish boshqa energiya
manbalariga nisbatan arzon va qulay. Ishlab chiqarilayotgan energiya
tannarxining asosiy qismini ShESni qurishga sarflangan dastlabki
xarajatlar tashkil etadi. Bundan tashqari, stansiya minorasining asosi
odatda to’laligicha yer ostida bo’lgani uchun, unga yaqin yerlarda ham
qishloq xo’jalik ekinlarini ekish imkoniyati saqlanib qolinadi.
Oddiyroq qilib aytaganda, bunday qurilmalar uchun ajratilgan
hududlar dehqonchilikka salbiy ta’sir qilmaydi. Shuningdek, ular hech
qanday yoqilg’i talab etmaydi. Masalan, 1MW quvvatli Shes 20 yil
davomida taxminan 29 ming tonna ko’mir yoki 92 ming barrel’ neftni
tejaydi. Yana bir jihati, shamol elektr stansiyalari boshqa energiya
ishlab chiqaruvchilardan farqli ravishda atrof-muhitni zararli
chiqindilar bilan ifloslantirmaydi. Aytaylik, 1 MW quvvatli qurilma
sayyoramiz atmosferasiga har yili chiqarilayotgan karbonat angidrid
(СО
2
) gazini 1800 tonnaga, sul’fat oksidi (SО
2
) gazini 9 tonnaga, azot
oksidlarini esa 4 tonnaaga qisqartiradi. «Global Wind Energy
Council» tashkilotining hisob-kitoblari ham shunga monand: 2050
yilga borib jahon shamol energetikasidan foydalanish tufayli
atmosferaga chiqarilayotgan СО
2
gazining yillik hajmi 1,5 milliard
tonnage kamayadi. Eng muhimi, shamol tabiatan bitmas-tuganmasdir.
Zero, mazkur tabiiy hodisa quvvati yer yuzidagi barcha daryolarda
mavjud suv energiyasi manbalaridan 100 marta ko’pligi aniqlangan.
Bularning barchasi shamol energetikasi istiqboliga bo’lgan ishonchni
21
mustahkamlaydi.
Masalaning boshqa bir tarafi ham bor, shamol energetikasini
shamol energetikasini amaliyotga tatbiq etish bilan bog’liq ayrim
muammolar mavjud. Jumladan, shamol tabiatining beqaror ekanligi
ShESlarda bir maromda energiya ishlab chiqarishga ta’sir ko’rsatadi.
Shuni inobatga olgan holda, bunday elektr stansiyalarda quyosh
batareyalaridan foydalanishni yo’lga qo’yish mumkin. Aynan shu yo’l
bilan yjay’anaviy elektr energiyasi to’planadi va uzluksiz ta’minotga
erishiladi. Shuningdek, shaharlar yaqinidagi ko’p sonly va zich
joylashgan shamol inshootlari u yerdagitabiiy havo almashinuviga
putur yetkazishi mumkin.Ulardan hosil bo’ladigan mexanik va
aerodinamik shovqinlar odamlarning aqliy faoliyatiga xalaqit berishi
istisno etilmaydi. Bundan tashqari, mazkur stansiyalar faoliyati
davomida o’zidan past chastotali tebranishlar tarqatadi. Bu
tebranishlar yaqin masofadagi binolarning devorlari va deraza
oynalari mustahkamligini o’ziga xos sinovdan o’tkazadi. Qorli sovuq
havoda ShES qanoatlarida muz qatlamlari hosil bo’ladi.
Mexanizmning muttasil aylanib turishi oqibatida sumalaklar turli
masofalarga otilib ketib, odamlar va jonivorlar hayotiga xavf solishi
mumkin. ShESlarning bahaybat va beo’xshov ko’rinishlari ham
odamlar, ayniqsa, yosh bolalar ruhiyatiga ta’sir o’tkazishi aniqlangan.
Buning oldini olish maqsadida va qurilmalarni estetik jihatdan ma’qul
quyofada bunyod etish ustida malakali dizaynerlar jalb etilishining
boisi ham aslida shu. Xullas, yuqoridagi kabi muammolarni bartaraf
etish yo’lida olimlar jiddiy izlanishlar olib borishmoqda.
Dostları ilə paylaş: |