O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

1.1-chizma:
Tabiatdagi energiya turlari


15 
O’zbekistonda qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalaridan 
foydalanish katta istiqbolga ega va bu borada samarali ishlar amalga 
oshiriladigan hamda ilmiy tajribalar to’plangan. Ayniqsa quyosh 
energiyasidan foydalanish borasida boy tajriba mavjud. Quyosh 
energiyasining yillik salohiyati neft’ ekvivalentida 51 milliard 
tonnadan oshadi. Bu quyosh energiyasidan elektr ishlab chiqarish, 
issiq suv va isitish tizimi bilan ta’minlash, meva-poliz mahsulotlarni 
quritish va saqlash, sho’r va minerallashgan suvlarni chuchitish, yer 
ostidan suv chiqarish va boshqa ko’plab maqsadlarda keng 
foydalanish imkonini beradi.
1.1. Qayta tiklanmaydigan energiya manbalari 
O’zbekistonda 225 ta neft’ va gaz konlari ma’lum. Ulardan: neft’ 
- 51 ta kondan qazib olinadi, gaz - 27 tasidan, 17 ta kondan esa 
kondensat qazib olinadi.
O’zbekiston 
mutaxassislarining bahosiga ko’ra, ko’mir 
resurslarining tahliliy ko’rsatkichi 3 mlrd. tonnadan ortiqni tashkil 
qiladi. Ko’mirning sanoat zahirasi 1,9 mlrd. t.ni tashkil etadi, shu 
jumladan: qo’ng’ir ko’mir - 1853 mln. t, toshko’mir - 47 mln.t. 
Ko’mirning bashorat resurslari 5,76 mlrd. tonnani, shundan, 70 foizini 
qo’ng’ir ko’mir tashkil etadi. Ko’p miqdordagi toshko’mir zahirasi 
respublikaning Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan.
O’zbekiston uran zahirasi bo’yicha dunyoning 10 ta mamlakatlari 
orasida 
birinchilaridan 
hisoblanadi 
zarur 
ishlab 
chiqarish 
texnologiyalari va quvvatlariga ega. Uran ishlab chiqarish 
O’zbekistonda bugun dunyo ishlab chiqarish hajmining 7 foizini 
tashkil qiladi. Shuningdek, mamlakatdagi ma’lum qayta tiklanadigan 
muqobil energiya manbalari: gidroenergiyani qo’shganda, quyosh 
energiyasi, geotermal, shamol va biomassaga ega bo’lsa ham qayta 
tiklanadigan muqobil energiya manbalaridan hozircha etarlicha 
foydalanilmayapti.
Hozirgi madaniy rivojlanish davrida, istalgan mamlakatda 
iqtisodiy o’sish yoqilg’i-energetika komleksining faoliyati mustahkam 
bog’langan. Bunda energiya resurslarini maksimal hajmda va yuqori 
darajada samaradorlik bilan foydalanayotgan mamlakatlar ko’proq 
raqobatbardosh bo’ladilar. Jumladan, Rossiya, shunga o’xshash yana 
ko’p darajadagi sanoati rivojlangan jahon mamlakatlarining ham 


16 
iqtisodiyoti qayta tiklanmaydigan uglevodorod yoqilg’i energetika 
resurslariga tayanadi. 
 

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin