7
KIRISH
O’zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi, bozor munosabatlariga
o’tish, agrosanoat tarmoqlarida energetik resurslarini tejaydigan
kompleks texnologiyalarni qo’llash va ularni ilmiy asoslarini yaratish
bilan aniqlanadi.
Sanoatda, qishloq xo’jaligida, transportda va barcha ishlab
chiqarish jarayonlarida yoqilg’i issiqligidan va elektr energiyasidan
foydalaniladi. Mexanik va elektr energiyasi asosan har xil
yoqilg’ilarni yoqish hisobiga, suv energiyasidan, atom yadro
energiyasidan olinadi. Yoq’ilgi manbalaridan tejab foydalanish
mexanik energiyani, binobarin, elektr energiyasi olish narxini
kamaytirishga intilish, uzluksiz tiklanuvchi energiya manbai bo’lgan
muqobil energiya manbalaridan foydalanishga olib keladi.
Hozirgi vaqatda olinadigan energiya asosan qayta tiklanmaydigan
energiya manbalari hisobiga olinadi. Bugungi kunda tabiiy yoq’ilg’i
ishlatish miqdori dunyo bo’yicha 12 milliard tonna neft ekvivalentiga
teng. Bu esa har bir kishiga taxminan 2 tonna yoqilg’i to’g’ri keladi
deganidir. Ma’lumotlarga qaraganda, so’ngi 40 yil davomida butun
insoniyat tarixi mobaynida qazib olingan organik yoqilg’idan ham
ko’p yoqilg’i iste’mol uchun o’zlashtirilgan. Bu esa ularning
zaxirasini tez kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda. 2050 yilga borib
aholi sonining 9-10 mlrd kishiga yetishi energiyaga bo’lgan ehtiyoj 3
barobarga ortadi. Yuqoridagilardan shuni aytish mumkinki, mavjud
energiya manbalaridan oqilona foydalanish energetika tizimida
muqobil energiya manbalari ulushini oshirishni talab qilmoqda.
O’zbеkistоn Rеspublikasi birinchi Prеzidеntining 2013 yil 1
martdagi PF-4512 raqamli «Muqobil energiya manbalarini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmonida «Quyosh
energiyasidan amalda foydalanish uchun O’zbekistonda yaratilgan
shart-sharoit va mavjud imkoniyatlar mazkur mintaqadan bu sohadagi
ilg’or texnologiyalarni nafaqat respublikamizda, balki burun O’rta
Osiyoda tajriba tariqasida joriy etish maydoni sifatida foydalanishga
asos bo’lib xizmat qiladi», – deyilgan. Shuningdek, muqobil energiya
manbalari – quyosh, shamol va biogazdan foydalanish bo’yicha
respublikamizda yetarlicha ilmiy-texnik salohiyat va tajribalar borligi
ta’kidlab o’tilgan.
8
Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017
yil 26 maydagi “2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani
yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada
energiya
samaradorligini
oshirish
chora-tadbirlari
dasturi
to’g’risida”gi PQ-3012 sonli qarori hamda 2019 yil 21 maydagi
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to’g’risida”gi
O’RQ-539
sonli
O’zbekiston
Respublikasining
qonuni
mamlakatimizda muqobil energiya manbalarini tadqiq qilish, xalq
xo’jaligida foydalanish va rivojlantirish borasidagi ishlarning huquqiy
asosi bo’lib xizmat qilmoqda.
Shuni alоhida ta’kidlash lоzimki, muqobil energiya manbalaridan
fоydalanish ko’lamining kеngligi va davоmiyligi jihatidan
O’zbеkistоn eng qulay mintaqa hisоblanadi. Sеrquyosh o’lkamizda
birgina quyosh enеrgiyasi salоhiyati 95 mlrd. tоnna shartli yonilg’iga
tеng. O’lkamizda quyosh enеrgiyasining tехnikaviy salоhiyati
yеtarlicha o’zlashtirilsa, barcha turdagi enеrgiyaga bo’lgan yillik
ehtiyoj 4 barоbar оrtig’i bilan qоplanadi. Bu esa, o’z navbatida,
mamlakat enеrgiya zahirasini bоyitish bilan birga qazib оlinayotgan
enеrgiya rеsurslarini ekspоrt qilish uchun ham kеng imkоniyatlar
оchadi, dеganidir.
Ayni paytda dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlarida muqobil
energiya manbalaridan foydalanish dasturlari asosida ilmiy-tadqiqotlar
olib borilmoqda. Quyosh qurilmalaridan binolarni isitish va sovitish,
chuchuk suv olish, elektr energiyasi hosil qilish hamda turli
texnologik jarayonlarni amalgam oshirishda qo’llanilmoqda.
Mamlakatimiz janubidagi viloyatlarda bir yillik quyoshli kunlar 280-
300 kunni tashkil qiladi. Yoz kunlarida o’rtacha harorat 44-45
о
C
temperaturani tashkil qiladi. Bunday beminnat quyosh energiyasidan
xalq xo’jaligida foydalanish dolzarb hisoblanadi.
|