O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

Atom energetikasi. 
Mutaxassislarning fikricha, energiyaning 
aynan shu manbasi mamlakatning energetic xavfsizligini ta’minlash 
nuqtai nazaridan eng istiqbolli hisoblanadi. Bu xulosani o’zimizdan 
olingan uran resursining zahiralari va uni olish kuchi, atom 
stansiyalarini joylashtirish uchun odam yashamaydigan hududlarning 
mavjudligi hamda yuqori malakali kadrlar va ilmiy texnikaviy 
salohiyat tasdiqlaydi.
Bugungi kunda dunyoning 30 ta mamlakatida 440 yadro 
reaktorlari ishlab turibdi. Hozirgi vaqtda yangi reaktorlarni qurish 
ustida ishlar olib borilmoqda. AQSh energiya vazirligining 
ma’lumotlariga ko’ra, uning AESi dunyo elektr energiyasining 16 
foizini ishlab chiqarar ekan. Atom elektr stansiyalarini qurish uchun 
katta mablag’ talab qilinadi, lekun ularda olinadigan elektr 
energiyaning narxi isiqlik stansiyalariga nisbatan past.
Shu atom energetikasini rivojlantirish bir qator texnikaviy to’siq 
va siyosiy noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun bu kabi 
loyihalar O’zbekistonda faqat uzoq muddatga mo’ljallangan kelajakda 
amalga oshishi mumkin.
 Uran. 
Tadqiqotlar boshlangan 1950 yildan buyon O’zbekiston 
hududida eng kamida 25 joyda uran konlari topilgan. Tijorat 
maqsadida keng miqyosda 1958 yildan boshlab, Uchquduqda ochiq va 
yopiq kesimdagi konlardan qazib olingan. Asoslangan uran zahiralari 
65 ming tonna atrofida tashkil etadi.
Asosiy uran ishlab chiqaruvchi Navoiy tog’-kon kombinati 
hisoblanadi. Uning nominal ishlab chiqarish quvvati yiliga 3 ming 
tonnani yoki hozirgi dunyodagi ishlab chiqarishning 7 foizi atrofida 
tashkil etadi. O’zbekiston dunyo mamlakatlari ichida uran zahirasi 
bo’yicha birinchi o’nlikka kiradi.
Ko’pincha uran ishlab chiqarish yangi texnologiyalar olish 
mumkinligi aniqlanadi. Bu masaladagi e’tibor uran ishlab chiqarishda 
atrof-muhitga salbiy ta’sirini qisqartirish hisoblanadi.


18 

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin