22
Biomassa energiyasi
–
biomassani chiqitga chiqarish, biogas olish
va foydalanish energetikaning istiqbolli yo’nalishi hisoblanadi.
Biomassa manbalariga qattiq maishiy, sanoat chiqindilari, shaharning
loyqa va oqava suvlari va chorvachilik, o’simlik qoldiqlar, o’rmon
maxsulotlari, xususan, yog’och tayyorlash va jo’natishda ishlab
chiqarishdagi, yog’och, qog’oz massalari va boshqa chiqindilar kiradi.
Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko’ra, biomassadan olinadigan
energiya O’zbekiston energetika ehtiyojining 15–19 foizni qondira
oladi. Energiya ishlab chiqarishning bunday usuli, ma’lum darajada
atrof-muhitni muhofaza qilish muammosini hal etishda mamlakat
qishloq xo’jaligini yuqori sifatli o’git bilan ta’minlaydi.
Chiqindixonada biomassadan to’gridan-to’g’ri biogas olishda
foydalanilsa bo’ladi. Chiqindi cherish davomida metan gazi ajralib
chiqadi. Ular trubalarda to’planib, issiqlik elektrstansiyasiga
yuboriladi, u yerda aralashma tabiiy gaz bilan qo’shilib, elektr
energiyasi ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Biogaz
. Odamlar biogazdan 200 yildan beri foydalanib
kelmoqdalar. Elekrt paydo bo’lgunga qadar Londonda biogas yer
ostidagi kanalizasiya trubalaridan olingan maxsus gaz lampalarida
ko’chalarni yoritishga foydalanib, ko’cha «gazli shoxi» deyilgan.
Biogaz odatda karbonat angidrid (СО
2
)
va (СН
4
) metan gazlari
aralashmasidir. U havo va kislorod kirishi mumkin bo’lmagan holatda
(kislorod bo’lmasligi, «anaerob holati» deyiladi), turli biologik
mikroorganizmlar parchalanishidan hosil bo’ladi.
Biogaz, shuningdek, botqoqda va ko’l tubida organik qoldiqlar,
chirish sharoitida ko’p namlik va kislorod bo’lmaganligidan ham
paydo bo’ladi. Bundan tashqari, anaerob sharoitda yashash qobiliyati,
metaan hosil qilish qobiliyatidagi mikroorganizmlarning boshqa
xususiyatlarga ham ega. Ular yog’ochning asosiy ingredienti
sellyulozani hazm qilishi mumkin. Bu bakteriyalarning yana bir
xususiyati, temperatura, kislotali, suv hajmi va boshqalarda yashash
sharoitiga juda sezgir hisoblanadi.
Biogaz uskunalari alohida parranda fabrikalari va bo’rdoqchilik,
chorvachilik kompelkslarida sinovdan muvaffaqiyatli o’tgan edi.
Lekin hozircha keng tarqalmadi, ommalashmadi.
Dostları ilə paylaş: