21
mustahkamlaydi.
Masalaning boshqa bir tarafi ham bor, shamol energetikasini
shamol energetikasini amaliyotga tatbiq etish bilan bog’liq ayrim
muammolar mavjud. Jumladan, shamol tabiatining beqaror ekanligi
ShESlarda bir maromda energiya ishlab chiqarishga ta’sir ko’rsatadi.
Shuni inobatga olgan holda, bunday elektr stansiyalarda quyosh
batareyalaridan foydalanishni yo’lga qo’yish mumkin. Aynan shu yo’l
bilan yjay’anaviy elektr energiyasi to’planadi va uzluksiz ta’minotga
erishiladi. Shuningdek, shaharlar yaqinidagi ko’p sonly va zich
joylashgan shamol inshootlari u yerdagitabiiy havo almashinuviga
putur yetkazishi mumkin.Ulardan hosil bo’ladigan mexanik va
aerodinamik shovqinlar odamlarning aqliy faoliyatiga xalaqit berishi
istisno etilmaydi. Bundan tashqari, mazkur stansiyalar faoliyati
davomida o’zidan past chastotali tebranishlar tarqatadi. Bu
tebranishlar yaqin masofadagi binolarning devorlari va deraza
oynalari mustahkamligini o’ziga xos sinovdan o’tkazadi. Qorli sovuq
havoda ShES qanoatlarida muz qatlamlari hosil bo’ladi.
Mexanizmning muttasil aylanib turishi oqibatida sumalaklar turli
masofalarga otilib ketib, odamlar va jonivorlar hayotiga xavf solishi
mumkin. ShESlarning bahaybat va beo’xshov ko’rinishlari ham
odamlar, ayniqsa, yosh bolalar ruhiyatiga ta’sir o’tkazishi aniqlangan.
Buning oldini olish maqsadida va qurilmalarni estetik jihatdan ma’qul
quyofada bunyod etish ustida malakali dizaynerlar jalb etilishining
boisi ham aslida shu. Xullas, yuqoridagi kabi muammolarni bartaraf
etish yo’lida olimlar jiddiy izlanishlar olib borishmoqda.
Dostları ilə paylaş: