15
O’zbekistonda qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalaridan
foydalanish katta istiqbolga ega va bu borada samarali ishlar amalga
oshiriladigan hamda ilmiy tajribalar to’plangan. Ayniqsa quyosh
energiyasidan foydalanish borasida boy tajriba mavjud.
Quyosh
energiyasining yillik salohiyati neft’ ekvivalentida 51 milliard
tonnadan oshadi. Bu quyosh energiyasidan elektr ishlab chiqarish,
issiq suv va isitish tizimi bilan ta’minlash,
meva-poliz mahsulotlarni
quritish va saqlash, sho’r va minerallashgan suvlarni chuchitish, yer
ostidan suv chiqarish va boshqa ko’plab
maqsadlarda keng
foydalanish imkonini beradi.
1.1. Qayta tiklanmaydigan energiya manbalari
O’zbekistonda 225 ta neft’ va gaz konlari ma’lum. Ulardan: neft’
- 51 ta kondan qazib olinadi, gaz - 27 tasidan, 17
ta kondan esa
kondensat qazib olinadi.
O’zbekiston
mutaxassislarining bahosiga ko’ra, ko’mir
resurslarining tahliliy ko’rsatkichi 3 mlrd. tonnadan ortiqni tashkil
qiladi. Ko’mirning sanoat zahirasi 1,9 mlrd. t.ni tashkil etadi, shu
jumladan: qo’ng’ir ko’mir - 1853 mln. t, toshko’mir - 47 mln.t.
Ko’mirning bashorat resurslari 5,76 mlrd. tonnani, shundan, 70 foizini
qo’ng’ir ko’mir tashkil etadi. Ko’p miqdordagi toshko’mir
zahirasi
respublikaning Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan.
O’zbekiston uran zahirasi bo’yicha dunyoning 10 ta mamlakatlari
orasida
birinchilaridan
hisoblanadi
zarur
ishlab
chiqarish
texnologiyalari va quvvatlariga ega. Uran ishlab chiqarish
O’zbekistonda bugun dunyo ishlab chiqarish hajmining 7 foizini
tashkil qiladi.
Shuningdek, mamlakatdagi ma’lum qayta tiklanadigan
muqobil energiya manbalari: gidroenergiyani qo’shganda, quyosh
energiyasi,
geotermal, shamol va biomassaga ega bo’lsa ham qayta
tiklanadigan muqobil energiya manbalaridan hozircha etarlicha
foydalanilmayapti.
Hozirgi
madaniy rivojlanish davrida, istalgan mamlakatda
iqtisodiy o’sish yoqilg’i-energetika komleksining faoliyati mustahkam
bog’langan. Bunda energiya resurslarini maksimal hajmda va yuqori
darajada samaradorlik bilan foydalanayotgan mamlakatlar ko’proq
raqobatbardosh bo’ladilar.
Jumladan, Rossiya, shunga o’xshash yana
ko’p darajadagi sanoati rivojlangan jahon mamlakatlarining ham
16
iqtisodiyoti qayta tiklanmaydigan uglevodorod yoqilg’i energetika
resurslariga tayanadi.
Dostları ilə paylaş: