I BOB. MA’RUZA MASHG`ULOTLARI
1. ENERGIYA MANBALARI TURLARI KLASSIFIKASIYASI
Hozirgi kunda iste’mol qilinayotgan energiyaning 80 foizi tabiiy
yoqilg’ilar deb ataluvchi ko’mir, neft, gazlarni yoqish natijasida
olinmoqda. Tabiiy yoqilg’ilar yana bir necha o’n yil asosiy energiya
manbai bo’lib qoladi. Keyin esa energiya olishning boshqa yo’llarini
topishga to’g’ri keladi.
Tabiiy yoqilg’ilardan tashqari energiya olishning yana bir manba
– bu gidroelektrostansiyalardir. Ammo bunday gidrostansiyalar qurish
uchun ko’plab gektar o’rmonlardan, yaylov va hosildor erlardan voz
kechishga to’g’ri keladi. Gidrostansiyalarning sun’iy dengizlari bu
yerlarni o’z suvi bilan bosib ketadi. Bu sun’iy dengizlar atrofidagi
yerlar yer ostining sho’r suvlari ko’tarilishi natijasida yaroqsiz holga
keladi.
Uchunchi energiya manbai, atom elektr stansiyalaridir. Ammo bu
stansiyalarning
naqadar
xavfli
ekanligini
Chernobil
Atom
elektrostansiyalarida bo’lgan falokat yaqqol ko’rsatdi.
Ammo hayot doim o’sishda. Xalq xo’jaligining energiyaga
bo’lgan ehtiyoi tobora o’sib boraveradi va bisoniyat energiya hosil
qilishning yangi – yangi yo’nalishlarini qidirib topishga majbur.
Birinchidan, ko’plab tadqiqotchi olimlarning diqqat e’tibori hozir
noan’anaviy va qayta tiklanadigan energiya manbalari deb ataluvchi –
quyosh, shamol, geothermal, dengiz suvining ko’tarilishi kabi
energiyalardan foydalanish muammolariga qaratilgan. Ma’lumki,
issiqlik ajratish xususiyati 2,93. 10
4
kj/kg yoki 3 10
7
j/kg bo’lgan
yoqilg’i shartli yoqilg’i deyiladi. Berilgan yoqilg’ini shartli yoqilg’iga
aylantirib hisoblashda va aksincha shartli yoqilg’ini berilgan
yoqilg’iga aylantirib hisoblashda kaloriya ekvivalenti deyiladigan
kattalikdan foydalaniladi.
E = Q
i
q
/ 29300
Bu yerda Q
i
q
- yoqilgining quyi issiqlik ajratish xususiyati.
Bu turdagi energiyalarning xalq xo’jaligiga qo’shayotgan hissasi
kam bo’lsa –da, ammo hozirgi paytda shunday qiziqarli loyihalash
ishlari bajarildiki, bu loyihalar amalda qo’llanilsa, energiya olish va
foydalanishni tubdan o’zgartirib yuborilishiga imkoniyat yaratiladi.
10
Ikkinchidan, yangi yoqilg’i bazalarining shimoliy – sharq
tomonga siljishi, geologik tadqiqot ishlarining murakkablashgani,
iqlim sharoyiti og’irligi, yoqilg’i qazib chaqarilayotgan manbalardagi
sharoyitning qiyinligi, moddiy texnika ta’minotining yetarli emasligi
energetika yoqilg’i xomashyalarini qazib olishni noqulaylashtiradi.
Natijada, yoqilg’i energetika xomashyasining tannarxi oshmoqda.
Uchunchi muammo: xalq xo’jaligida yoqilg’i miqdorining kam
bo’lgan turi – neft va gazning kop miqdorda ishlatilayotganidir.
Ularning yoqilg’i – energetika balansidagi miqdori 70 foizga yetdi.
To’rtinchi muammo: ko’mirning energetik ahamiyati va sifatining
yomonlashuvi. Bu muammo kelajakda past navli yoqilg’i ko’proq
ishlatilgani sari murakkablashib boraveradi.
Beshinchi muammo energiya iste’moli oshishi natijasida atrof –
muhitning ifloslanish darajasining oshishi.
Mana shu kabi muammolarni an’anaviy energiya manbalarini
keng rivojlantirishga undaydi. Potensial imkoniyatning yuqoriligi,
manba bitmas – tuganmas ekanligi, ekologik sofligi, foydalanish
masshtabi qanchalik keng bo’lmasin, sayyoraning yog’ilgi balansiga
salbiy ta’sir etmasligi uni o’zlashtirishga qiziqishni oshirmoqda.
Hozirgi kunda qayta tiklanadigan va noan’anaviy energiya
manbalaridan foydalanish sohasida ko’plab texnologiyalar taklif
etilganki, ularni bemalol amalga oshirish mumkin. Ammo, qayta
tiklanadigan va noan’anaviy energiya manbalari (QT va NEM) ning
rad qilib bo’lmaydigan ustunliklari bilan bir qatorda u yer yuzida
tarqoq ekanligi natijasida olinadigan quvvat uchun sarf – xarajat ham
ortib tushadi. Shu sababli, hozircha QT va NEM an’anaviy energiya
manbalaridan
foydalanish
odatdagi
energiya
manbalaridan
foydalanish bilan raqobatlasha olmaydi.
Shunga qaramay, ba’zi ilmiy texnikaviy yechimlarni hozirdanoq
amalda qo’llash orqali erishilgan yutuqlar ko’rsatadiki, ular yaqin
yillardayoq iqtisodiy o’z – o’zini oqlaydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, qayta tiklanadigan va noan’anaviy
energiya manbalari (QT va NEM) dan foydalanish natijasida 2020 –
yilga kelib 2,6 mlrd, tonna shartli yoqilg’ini tejash mumkin. Qayta
tiklanadigan energiyalarni tadqiq etishni rivojlantirishning asosiy
yo’nalishlari va dasturi quyidagilardan iborat.
a) bug’ trubinali quyosh elektrostansiyalarini ishlab chiqarish va
ishga tushurish;
11
b) avtonom (iste’molchilar uchun fotoelektr) qurilmalarni
loyihalash va ishlab chiqarish;
d) quyosh nuridan foydalanib ishlovchi issiq suv ta’minoti, isitish
va havoni kondensatsiyalash sistemalarini loyihalash va qurish;
e) geo IES qurish va ishga tushirish;
f) geotermal issiqlik ta’minotini loyihalash va qurish.
g) shamol energiyasi agregatlari va shamol elektr stansiyalari
(ShES) ni loyihalash hamda ishlab chiqarishga joriy etish (bu borada<
ijobiy natijalarga erishilgani diqqatga sazovordir).
Quyosh energiyasi hisobiga issiq suv olish uchun quyosh suv
isitish
qurilmalaridan
foydalanilmoqda.
Hozirgi
kunda
mamlakatimizda bir kunda o’n ikki kub metr suvni quyosh nuri bilan
isitadigan qurilmalar ishlab turubdi. Quyosh energiyasidan qishloq
xo’jaligida parnik va issiqxonalarni isitish, mevalarni quritish, ilmoq
yetishtirish, uylarni va pillaxonalarni isitishda, beton va temir beton
buyumlarni
quritishda
va
bug’lantirib
ishlov
berishda,
kombinatsiyalashtirilgan barabanli quritkichda paxta va donador
(bug’doy, no’xat, mosh, va h.k.) qishloq xo’jalik mahsulotlarini
quritishda foydalanilmoqda. Quyosh energiyasidan foydalanib qishda
uylarni isitish va yoz oylari sovutish bo’yicha Respublikamiz olimlari
professor R.R.Avezov rahbarligida yangi loyihalarni ishlab chiqdilar.
Bunday geliouylarning xarakterli tomonlari shundan iboratki, uylar
qish oylarida, havo bir necha sutka davomida bulutli bo’lib turganida
ham, quyoshli kunlarda maxsus issiqlik akkumulyatorlarida topilgan
energiya hisobida isitiladi, ayrim hollardagina isitish manbalaridan
foydalaniladi.
Keyingi paytda tibbiyotda quyosh energiyasidan quyosh vannalari
yordamida biologik to’qimalarni davolashga alohida e’tibor
berilmoqda. Dozalangan quyosh radiastansiyasidan davolashda
(gelioterapiyada), shuningdek, organizimni chiniqtirish vositasi
sifatida foydalanadilar.
Biologik
sistemadan
amaliy
foydalanish
uchun
quyosh
energiyasini qayta tiklash usullarini loyihalash va uskunalar ishlab
chiqarish zarur.
QT va NEM ning asosiy yo’nalishlari quyidagilar.
1. Issiqlik energiyasi. Bu energiyaning asosiy manbalaridan biri
quyoshning issiqlik nurlanishi, ikkinchisi esa yer osti issiqligi.
2. Kimiyoviy energiya fotosintez mahsulotlari.
12
3. Mexanik energiya. Shamol, dengiz to’qinlari, dengiz ko’tarilib
– tushishi, dengiz oqimi va h.k.
4. Yorug’lik energiyasi. Quyoshning yorug’lik nuri.
Hozircha amalga oshirilgan tadqiqot ishlari shuni ko’rstadiki,
barcha texnik jihatdan amalga oshirish bo’lgan QT va NEM
texnologiyasini quyidagi alomatlariga qarab bo’laklash mumkin.
a)
iqtisodiy jihatdan hozirdan amalga oshirish mumkin;
b)
iqtisodiy jihatdan yaqin (15 – 20) yillarda amalga oshirish
imkoniyati bor;
c)
iqtisodiy jihatdan 30 – 40 yillarda amalga oshirish mumkin;
d)
iqtisodiy jihatdan foydalana olish muammo yoki uzoq ( 40 –
50) yillardan so’ng mumkin.
Keyingi yuz yil ichida insoniyat energetika boyliklari ehtiyojini
misli ko’rilmagan darajada darajada ko’paytirdi, bu esa unga tabiatga
jiddiy va oqibatlari uzoqqa jo’ziladigan ta’sir o’tkazish imkonini
berdi. Fan-texnika taraqqiyoti davrida bu ko’rsatkichlar yana o’sib
boradi. Rivojlanga mamlakatlarda tovarlar va xizmatlarning umumiy
hajmi endilikda har 15 yilda ikki barobarga oshmoqda. Shunga
muvofiq ravishda atmosferani, suv havzalarini, tuproqni ekologiyasini
buzuvchi xo’jalik faoliyati chiqindilari miqdori ham ikki barobar
ko’paymoqda. Rivojlangan mamlakatlarda tabiatdan har yili
jonboshiga 30 tonna modda chiqarib olinadi, shunday ayrim hollarda
1-1,5 foizga yetar-yetmasi iste’mol qilinadigan mhsulot shakliga
kiradi, qolgani esa ko’pincha tabiat uchun juda xavfli bo’lgan
chiqindiga aylanadi.
Energetika muammosi jahonda global muammo sifatida energiya
manbalaridan foydalanish tizimini takomillashtirish hamda energetika
tizimida muqobil, ekologik toza energiya manbalaridan foydalanish,
energiya ta’minoti uzluksizligi va sifatini yuqori pog’onaga
ko’tarishga xizmat qilishi lozim. Yer yuzida energiya tanqisligini
oldini olish maqsadida hamda atrof-muhit musaffoligini saqlash
maqsadida energiyaning boshqa manbalari: yer osti issiqlik energiyasi,
shamol va quyosh energiasidan foydalanilmoqda. Ayni paytda
dunyoning 80 ga yaqin
mamlakatlarida
muqobil
energiya
manbalaridan foydalanish dasturlari asosida ilmiy-tadqiqotlar va
amaliy ishlar olib borilmoqda. Yuqorida keltirilgan misollardan
ko’rinib turibdiki, oziq-ovqat, atrof-muhit muhofazasi va energetic
muammolar uyg’unlashib borayotgan hozirgi vaqtda atrof-muhitni
13
asrab-avaylash, energiya manbalaridan oqilona foydalanishni talab
qiladi.
Hozirgi paytda qazib olinadigan yoqilg’ilar organic yoqilg’ilar
asosan organik yoqil’gilar hisoblangan – ko’mir, meft’, tabiiy gaz va
uran zahirasi dunyo energetikasi balansining asosi hisoblanadi.
Energoresurslarning hozirgi darajada iste’mol qilishda dunyodagi neft’
zahirasi - 45–50 yilga, tabiiy gaz - 70–75 yilga, toshko’mir - 165–170
yilga etishi mumkin. Iqtisodiyotning kelajakdagi rivojlanishi, aholi
sonining o’sishi va mavjud an’anaviy energiya ta’minoti hisobga olinsa,
energiya ta’minoti mos ravishda ortib boradi. Undan tashqari, qazib
olingan yoqilg’ilarning ishlatilishi atrof-mihitga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Respublikada energetika sektorining faoliyati tufayli tashlanadigan
zaharli moddalard miqdori 80 foizdan ko’proqqa to’g’ri keladi.
Bu tur energiya manbalaridan foydalanishning o’ziga xos qulay
va noqulay tomonlari mavjud. Birinchidan - bu turdagi energiya
manbalarining yerdagi zahiralari chegaralangan bo’lib, u vaqt o’tishi
bilan kamayib boradi. Ikkinchidan – bu turdagi energiya manbalaridan
foydalanish natijasida atrof-mihitga turli chiqindilar chiqarib
tashlanadi. Bugungi kunda tabiiy yoqilg’I ishlatish miqdori dunyo
bo’yicha 12 milliard tonna neft’ ekvivalentiga teng. Demak, dunyo
miqyosida har bir kishiga taxminan 2 tonna yoqilg’i to’g’ri keladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, so’ngi 40 yil davomida butun insoniyat
tarixi mobaynida qazib olingan organik yoqil’gidan ham ko’p yoqilg’i
iste’mol uchun o’zlashtirilgan. Bu esa ularning zahirasini juda tez
kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda. 2050 yilga borib aholi soning 9-
10 mlrd kishiga etishi energiyaga bo’lgan ehtiyojini 3 barobarga
ortishiga olib keladi. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, har yili
tabiiy yoqilg’ilarning ishlatilishi natijasida atmosferaga 200 mln.
tonnaga yaqin qattiq zarrachalar, 200 mln. tonna oltingugurt gazi, 700
mln. tonna uglerod oksidlari, 150 mln. tonna azot oksidlari chiqarib
tashlanmoqda. Buning natijasida tabiatda turli xildagi iqlim
o’zgarishlari sodir bo’lishiga olib kelmoqda.
Yer yuzida hozirgi vaqtda aholi foydalanib turilgan energetic
manbalarni tahlili ko’rsatishicha, toshko’mir, 51,1 foizni, gaz 13,5
foizni, neft mahsulotlari 12,5 foizni, atom elektrostansiyalarda
foydalaniladigan uran energiyasi 10,7 foizni, muqobil energiya
manbalari (MEM) 13,2 foizni tashkil qilar ekan.
14
Umuman tabiatda foydalaniladigan energiya manbalarini ikki
gurujga ajratish mumkin. Muqobil energiya manbalari qayta
tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan energiya manbalariga ajratiladi.
Qayta tiklanadigan energiya manbalariga quyosh, shamol, oqar suv
manbalaridan foydalanish, okean va dengiz suvlarining ko’tarilish va
pasayish energiyasi, geotermal energiya, biogaz va maishiy
chiqindilardan gaz olish kabilar kiritiladi (1.1-chizma).
Mamlakatimizda bugungi kunda qayta tiklanadigan muqobil
energiya manbalaridan foydalanish birmuncha tajribalar o’tkazilib,
amaliy natijalarga erishilgan. Energiya manbalrining muqobili bo’lgan
quyosh energiyasidan foydalanib, elektr energiyasini hosil qiluvchi
qurilmalar – fotoeletr qurilmalar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.
Ammo, bu borada iqtisodiy qulay sharoit yaratish bilan sohani
rivojlantirish uchun asos bo’ladigan huquqiy bazani takomillashtirish,
uni tartibga soladigan yagona qonun loyihasining ishlab chiqishlishi va
qabul qilinishi shubhasiz muhim ahamiyatga egadir. Respublikamiz
hududidagi qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalarining ulushi
50984,6 mln.t. n.e. deb olinadigan bo’lsa, suv energiyasi 9,2, quyosh
energiyasi 50973, shamol energiyasi 2,2 mln.t. n.e.ga teng.
Dostları ilə paylaş: |