1.2. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari O’zbekistonda qayta tiklanadigan energetika sohasidagi davlat
siyosatida sanoati rivojlanagan, shu bilan birga rivojlanayotgan qator
mamlakatlarning qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishdagi
rivojlanish tajribasi va ularning miqyosi hisobga olingan. Bu shuni
ko’rsatdiki, qayta tiklanadigan energetika sohasida aniq maqsad va
vazifani belgilashi hamda davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi –
qayta tiklanadigan energiyaning an’anaviy energiya ishlab chiqarish
texnologiyasiga nisbatan raqobatbardosh bo’lishiga ko’maklashadi.
Qayta
tiklanuvchi
energiya
manbalari
qurilmalaridan
foydalanishga bir qadar salmoqli mablag’ sarflansa-da, ular iqtisodiy
jihatdan o’zini oqlaydi. An’anaviy yoqilg’i bilan ishlaydigan
energetika tufayli havoga chiqayotgan oltingugurt, azot, uglerod
oksidlari uzoq masofaga tarqaladi. Bundan tashqari, ular yomg’ir
suvlari bilan qo’shilib, kislota birikmalariga aylanadi hamda yomg’ir
tarkibida yerga tushib, o’simliklarga, tuproqqa salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Atrof muhitda bunday kislotalarning ko’payishi oqibatida, og’ir
metallar oziq-ovqatlarga va pirovardida shu mahsulotlar orqali inson
organizmiga ta’sir ko’rsatadi. Bunda bir zarar ikkinchi bir zararni ham
o’zi bilan birga olib keladi.
Qayta tiklanadigan energiya – yer biosferasida to’xtovsiz qayta
tiklanadigan va insoniyat miqyosida tuganmas hisoblanadi. Ular –
quyosh energiyasi, shamol, okean, daryo, yer osti konlari,
bioenergiyadir. Qayta tiklanadigan energiyaning asosiy foydali tomoni
– tuganmasligi va ekologik sofligidir. Undan foydalanish sayyoraning
energiya muvozanatini o’zgartirmaydi, ya’ni tabiat jarayonlariga ta’sir
etmaydi. Bu sifatlari qayta tiklanadigan energetikani chet ellarda,
mana endi, Respublikamizda rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Sir emas, O’zbekiston qayta tiklanadigan energiya bo’yicha
ma’lum imkoniyatlarga ega. Yalpi imkoniyat 51 mlrd. t. n. e.
(jadvalda ifodalangan) atrofida, lekin hozirgi texnologiya darajasi
undan 179 mln.t.n.e.dan foydalanishga imkon bermoqda. Hattoki, qidi
ruv orqali topiladigan yoqilg’ilarni ishlab chiqarishning joriy yillik
hajmidan 3 marotaba ortiq.