Atom energetikasi. Mutaxassislarning fikricha, energiyaning
aynan shu manbasi mamlakatning energetic xavfsizligini ta’minlash
nuqtai nazaridan eng istiqbolli hisoblanadi. Bu xulosani o’zimizdan
olingan uran resursining zahiralari va uni olish kuchi, atom
stansiyalarini joylashtirish uchun odam yashamaydigan hududlarning
mavjudligi hamda yuqori malakali kadrlar va ilmiy texnikaviy
salohiyat tasdiqlaydi.
Bugungi kunda dunyoning 30 ta mamlakatida 440 yadro
reaktorlari ishlab turibdi. Hozirgi vaqtda yangi reaktorlarni qurish
ustida ishlar olib borilmoqda. AQSh energiya vazirligining
ma’lumotlariga ko’ra, uning AESi dunyo elektr energiyasining 16
foizini ishlab chiqarar ekan. Atom elektr stansiyalarini qurish uchun
katta mablag’ talab qilinadi, lekun ularda olinadigan elektr
energiyaning narxi isiqlik stansiyalariga nisbatan past.
Shu atom energetikasini rivojlantirish bir qator texnikaviy to’siq
va siyosiy noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun bu kabi
loyihalar O’zbekistonda faqat uzoq muddatga mo’ljallangan kelajakda
amalga oshishi mumkin.
Uran. Tadqiqotlar boshlangan 1950 yildan buyon O’zbekiston
hududida eng kamida 25 joyda uran konlari topilgan. Tijorat
maqsadida keng miqyosda 1958 yildan boshlab, Uchquduqda ochiq va
yopiq kesimdagi konlardan qazib olingan. Asoslangan uran zahiralari
65 ming tonna atrofida tashkil etadi.
Asosiy uran ishlab chiqaruvchi Navoiy tog’-kon kombinati
hisoblanadi. Uning nominal ishlab chiqarish quvvati yiliga 3 ming
tonnani yoki hozirgi dunyodagi ishlab chiqarishning 7 foizi atrofida
tashkil etadi. O’zbekiston dunyo mamlakatlari ichida uran zahirasi
bo’yicha birinchi o’nlikka kiradi.
Ko’pincha uran ishlab chiqarish yangi texnologiyalar olish
mumkinligi aniqlanadi. Bu masaladagi e’tibor uran ishlab chiqarishda
atrof-muhitga salbiy ta’sirini qisqartirish hisoblanadi.