O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

 9.6-rasm. To’g’onsiz kichik GES 
 9.7-rasm. Mikro-GES suv keltirish quvuri 


221 
kamchiliklaridan ham ozod bo’lgan. Masalan, tashqi muhitga negativ 
ta’sirining kamayganligi yoki mutloq yo’qligidir.
Kichik GES lar energetika tizimi bilan parallel ishlab, unga elektr 
energiya uzatish bilan bir qatorda, avtonom rejimda ham ishlab, kichik 
regionlarning resurslarini ishlatish imkonini ham beradi. Kichik GES 
lar daryo suvining sathi elektr energiya ishlab chiqarish uchun etarli 
bo’lganda faoliyat ko’rsatadilar. Avtonom rejimda, agar kichik GES 
akkumulyator tizimi bilan ta’minlangan bo’lsa, u holda ishlab 
chiqarilgan elektr energiya jamlanishi (akkumulyastiyalanish) 
imkoniyati yaratiladi va elektr energiya tanqisligi kamaytiriladi yoki 
to’la bartaraf etiladi.
Kichik GES lar rivojlanayotgan davlatlar uchun alohida qiziqish 
uyg’otadilar, chunki qimmat baho jihozlarni sotib olish uchun zarurat 
bo’lmaydi.
Kichik energetika har bir hududning o’z resurslarini ishlatish 
imkoniyatini beradi. Bugungi kunda jahon bo’ylab birnecha minglab 
kichik gidro energetik stanstiyalar ishlab turibdi.
O’zbekistonda elektr uzatish liniyalari etib bormagan aholi 
punktlari yo’q deb aytilsa ham, biroq elektr energiya ishlab 
chiqaruvchi stanstiyalar va elektr tarmoqlari jihozlari eskirib 
ketganligi sababli, uzoq chekkalardagi aholi punktlarida elektr 
energiya tanqisligi seziladi. Ayniqsa, tog’ zonalarida joylashgan, gidro 
energiya potenstiali mavjud bo’lgan, uzoq chekkalardagi kichik aholi 
punktlarini elektr energiya bilan ta’minlashda kichik daryolarga 
o’rnatilishi mumkin bo’lgan kichik energetikadan katta umid qilish 
mumkin.
GES lar qurilishida suv omborlarining ekologik zarari oldi olish, 
stanstiyalar qurilishida kichik kapital sarflar bo’lishi va kapital 
xarajatlarni tezda (5 yilgacha) qaytarish imkoniyatlari kichik 
energetikaning dunyo bo’yicha rivojlanishini keyingi o’n yilliklarda 
avj oldirib yubordi.
Shu sababli aynan kichik GES lardan foydalanib, ularni zarur 
bo’lganda avtonom rejimda ishlatib, qolgan vaziyatlarda tarmoqqa 
elektr energiya uzatish uchun oson ulanishlar yordamida tarmoq bilan 
parallel ishlatish, oqilona ish hisoblanadi. Bundan tashqari, kichik 
gidroenergetika:
-
ishonchli, ekologik toza va muqobil energiya manbaidir;
-
ishlab chiqarishda oddiy;
-
suv havzalari va atrof-muhitni ifloslantirmaydi;


222 
-
maksimal 
soddalashtirilgan 
konstrukstiyaga 
va 
minimal 
rostlovchi organlariga ega;
-
to’la avtomatlashtirilgan, ya’ni ekspluatastiya jarayonida xizmat 
qiluvchi personal mavjud bo’lishi shart emas;
-
ekspluatastiya jarayonida o’rnatish yoki xizmat ko’rsatish uchun 
minimal xarajatlar talab etiladi;
-
ishlab chiqarilayotgan elektr energiya barcha parametrlari (tok 
chastotasi, kuchlanish) bo’yicha standartga mos bo’lib, ham avtonom 
rejimda, ham tarmoq tarkibida bo’lishi mumkin; - stanstiya 
ishlashining to’la resursi - 40 yildan kam emas (kapital ta’mirlagunga 
qadar kamida 5 yil).
Kichik gidro energetikaning bosh afzalligi – kichik-GES larni 
qurish juda katta hududlarni suv ostida qoldirib, juda katta 
mablag’lar evaziga suv havzalarini tashkil etishni talab etmaydi.

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin