O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti


-rasm. Gidro akkumulyastiyalovchi elektr stanstiya



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

9.8-rasm. Gidro akkumulyastiyalovchi elektr stanstiya:
a -
vertikal qirqim; 
b
- gorizontal ko’rinishi 
Akkumulyastiyalangan elektr energiya miqdori suv havzalarining 
hajmi va GAES ning ishchi bosmi bilan aniqlanadi. GAES ning 
yuqori havzasi sun’iy yoki tabiiy (masalan tabiiy ko’l) bo’lishi 
mumkin; quyi havza, aksariyat, daryoni to’g’on bilan to’silishi 
natijasida hosil bo’lib, suv ombori sifatida ishlatilishi mumkin.
GAES afzalliklaridan yana biri shunda-ki, ular suv oqimining 
mavsumiy tebranishiga bog’liq emas. Bosim balandligiga ko’ra GAES 
gidroagregatlari qayiluvchan-parrakli, diagonal, radial-o’qli va 
cho’michsimon gidroturbinalar bilan jihozlanadi.
GAES larni ishga tushirish va ishlash rejimlarini o’zgartirish vaqt 
oraliqlari birnecha minutlar bilan o’lchanadi, bu esa ular qanchalar 
yuqori darajada ekspluatastion chaqqon ekanligini (manevrennost) 
ko’rsatadi. GAES ishlash prinstipidan kelib chiqqan, ularning rostlash 
diapazoni, o’rnatilgan quvvatining ikki karra miqdoriga mos keladi, 
bu esa GAES lar afzalligining yana bir asosiy darajasidir.


225 
GAES larning yuklanish maksimumlarini qondirish va sutkaning 
tungi vaqtlarida elektr energiyaga ehtiyojni oshirish qobiliyatlari, 
ularni energetika tizimi, xususan, yirik bug’-turbina agregatlari 
yuklanish rejimlarini tekislash ishlarida ta’sirchan vosita sifatida 
ko’rsatadi. GAES lar sutka, hafta va mavsumiy rostlash to’la stiklli 
bo’lishi mumkin.
Quvvatli, bosimlari birnecha yuz metrli tog’ qoyalari asosida 
qurilgan GAES lar iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi va optimal 
hisoblangan ishlash rejimlarida ularning umumiy f.i.k. lari 0,75 gacha 
boradi; real sharoitlarda - elektr tarmoqlaridagi quvvat isroflarini 
e’tiborga olganda, o’rtacha f.i.k. lari 0,66 dan ortmaydi.
GAES larni elektr energiya iste’mol qilish markazlari yaqiniga 
qurish maqsadga muvofiq, chunki GAES larning qisqa muddatli 
ishlashi uchun uzoq masofalarga elektr uzatish liniyalarini qurish 
iqtisodiy foydali emas. Aksariyat, GAES larni qurish muddati 3 yil.

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin