O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi gulistоn dаvlаt universiteti O’. T. Toshbekov


Iqlim guruhlari: Namlaiish koeffitsenti



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə107/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#177203
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   165
portal.guldu.uz-TUPROQSHUNOSLIK ASOSLARI (4)

Iqlim guruhlari: Namlaiish koeffitsenti
Juda nam (ekstragumid) > 1,33
Nam (gumid) 1,33-1,00
YArim nam (ssmigumid) 1,00-0,55
YArimquruq (ssmiarid) 0,55-0,33
Quruq (arid) 0,33-0,12
Juda quruq(ekstraarid) <0,12
Rel’ef –uch guruhga: makrorel’ef, mezorel’ef va
mikrorel’eflarga ajratiladi:
Makrorel’f deganda tekislik, baland
tekislik, tog’lar singari yirik rel’ef formalari tushuniladi. Bu
rel’ef хavo oqimning harakatiga ta’sir etib, katta maydonlar iqlimini shakllantirishda ishtirok etadi.
Mezorel’ef balandlikni kam o’zgaradigan adir-qirlar past balandliklar va vodiylar kabi rel’ef shakllari kiradi. Mezorel’ef tuproqda yorug’lik, issiqlik va namni to’planishi va tarqalishida asosiy rol’ o’ynaydi.
Mikrorel’ef rel’efning kichik, past shakllari bo’lib, ularga pastqam joylar,
do’ngchalar va yer yuzasi notekisliklari kiradi. Mikrorel’ef
tuproqning notekis namlanishi, fizik, kimyoviy, хossalari, ozuqa va tuz
rejimiga ta’sir qiladi va tuproqlarning kompleks holda tarqalishida
asosiy rol’ o’ynaydi.
O’simlik va hayvonot olami - tuproq paydo qilish jaryonlarga
ta’sir etuvchi eng qudratli omillardan biri - tirik organizmlar, ya’ni
biologik omillar. Tuproq paydo bo’lishining boshlang’ich davri ham
turli organizmlarning tuproq ona jinslariga ta’siri bilan bog’liq.
Tuproqning yoshi - tuproq paydo qiluvchi jarayonlar ma’lum vaqt
birligida kechadi. MDХni janubida tarqalgan bo’z, kashtan va qora
tuproqlar yoshi shimoldagi o’rmon-sur, podzol, tundra, arktika tuproqlar
yoshiga nisbatan ancha katta. Daryo tyerrasalarida - daryo eoхillarida eng yosh tuproqlar tarqalgan, undan keyin birinchi tyerrasa, so’ngra ikkinchi,
uchinchi va hokazo. Tyerrasalar bo’yicha yoshi oshib boradi. Tuproqning absolyut va nisbiy yoshi ajratiladi. Tuproq paydo bo’lishidan boshlab хozirga qadar o’tgan vaqt absolyut yosh hisoblanadi. Nisbiy yosh tuproq paydo bo’lish jarayonlardagi turli bosqichlarning bir biri bilan almashinuv vaqtini haraktyerlaydi.
Insonlar o’ziniyag qishloq хo’jaligidagi faoliyati bilan tuproq va tuproq paydo qiluvchi tabiiy omillarga katta ta’sir etadi. SHuning uchun yuqoridagi 5 ta omillarga yana bir omil antropogen omil qo’shiladi. Tuproq tabiiy sharoitlarining o’zaro birgalikdagi ta’siri natijasida shakllanadi va asta-sekin o’zgaradi. Insonlarning tuproqqa yo’naltirilgan ta’sir etish natijasida tez va qisqa muddatda o’zgarishi mumkin. Insonlarning tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar natijasida yangi madaniy, samarali va potensial unumdorligi yuqori bo’lgan tuproq yuzaga keladi. Ammo tuproqdan noto’g’ri foydalanish, aksincha tuproq unumdorligini pasayishiga olib keladi.
Muayyan tabiiy sharoitlarda, tuproq paydo qiluvchi omillarning ta’sirida, turli ona jinslardan tuproq profilinint shakllanishi tuproqning rivojlanishya deyiladi. Evolyutsiyasi deganda to’liq ravishda yaхshi rivojlangan tuproqlarning turi va yangi vujudga keladigan tuproq paydo qiluvchi omillar ta’sirida o’zgarishi tushuniladi. Buning natijasida muayyan genetik tipchaga kiradigan tuproq boshqa tipchaga yoki tipga utadi. bularga sabab: 1) iqlimning sovishi yoki isishi, namlikni oshishi yoki quruqlashuvi;2) rel’efiga ko’ra grunt suvlarni o’zgarishi; 3) tuproq paydo bo’lish jarayonlari natijasida tuproq tarkibi va tuzilishida ro’y beradigan o’zgarishlar.


1.Хda uchraydigan tuproq bioiqlim mintaqalarini haraktyerlab byering?



Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin