1- аsоsiy sаvоl
Suv va shamol eroziyasi. Tarqalish mintaqasi, vujudga kеlish sabablari
1-asosiy savolning bayoni:
Suv yoki shamol harakati ta’sirida tuproq qatlamining yemrilishiga tuproq eroziyasi deyiladi. Eroziya 3 turga bo’linadi: suv, shamol va irrigasiya eroziyasi.
Suv eroziyasi asosan , tog’ va tog’ oldi hamda adir mintaqalarida tarqalgan bo’lib, u bahor oylarida bo’ladian qattiq jala yoki qor va muzliklarni jadal erishi natijasida vujudga keladi.
Shamol eroziyasi tekislik mintaqasida tarqalgan bo’lib, kuchli shamol ta’sirida yuz beradi. Irrigasiya eroziyasi esa sug’oriladigan yerlarda uchraydi. U qishloq xo’jalik ekinlarini noto’g’ri sug’orish, yani sug’orish me’yorini oshirish, sug’orish texnikasi va texnalogiyasiga rioya qilmaslik oqibatida yuz beradi.
Suv eroziyasi joyning nishabligiga, qiyalikning uzunligiga, ekspozisiyasiga, tuproqning mexanik tarkibiga, suv-fizik xossalariga, unumdorligiga, o’simliklar qoplamiga va joyning iqlim sharoitiga bog’liq bo’ladi.
Tuproq eroziyasi yerning nishabligi 0,01 dan katta bo’lgan yerlarda, janubiy, janubiy-g’arbiy, janubi-sharqiy ekspozisiyalarda tez vujudga keladi. Chunki bu yerlar quyosh ta’sirida qiziydi, nam tez bug’lanadi va shu tufayli o’simliklar qoplami ham kam bo’ladi. Tuproq eroziyasi bahor oylarida bo’ladigan yomg’irlarning tezligiga va davomiyligiga, miqdoriga bog’liq bo’ladi, shuningdek tuproqning mexanik tarkibiga ham bog’liqdir. Qum va qumloq yengil tarkibli suvni yaxshi o’tkazadigan tuproqlarda eroziya sust kechadi, aksincha mexanik tarkibi og’ir, strukturasiz tuproqlarda eroziya tezlashadi.
O’simliklar qoplami chimli, turli butazorlardan va o’rmon daraxtlardan tuzilgan yerlarda eroziya kuzatilmaydi.
Jala quyish yoki qor va muzliklarning jadal erishi natijasida paydo bo’lgan suv tuproqqa ikki xilda ta’sir ko’rsatadi:
1. Yalab ketish 2. Yuvib ketish
Ular ta’sirida tuproqda quyidagi eroziyalar yuz beradi:
1. Tekis yuvilish 2. Chuqurchalar ( ariqchalar ) hosil qilib yuvilish
Jarlar hosil qilib yuvilish.
Tuproq tekis yuvilayotganda suv ta’sirida ko’zga tashlanmasdan sezilarsiz yuvilib boriladi.
Chuqurchalar hosil qilib yuvilayotganda yer ustida kichik- kichik jilg’achalar vujudga keladi.
Jarlar hosil qilib yuvishda esa suv oqimining kuchayib borishi natijasida chuqurlar ( 5-10 m va undan ham chuqur ), jarliklar paydo bo’ladi.
Odatda tekis yuvilish, chuqurchalar hosil qilib yuvilishni, bu esa o’z navbatida jarliklar hosil qilib yuvilishni keltirib chiqaradi.
Yalab va oqizib yuvib ketish jarayonida tuproq kuchsiz, o’rtacha va kuchli yuviladi. Tuproqni oqizib kelishi bo’yicha ham 3 ga bo’linadi: kuchsiz, o’rtacha va kuchli yuvib oqizib yotqizilgan yerlar.
Eroziya natijasida 20-50 t/ga tuproq yuviladi, shu bilan birga tuproq tarkibidagi chirindi, azot, fosfor, kaliy va boshqa oziq moddalari ham yuvilib, tuproqning suv-fizik xossalari buzuladi va u unumsiz xolatga tushadi.
Natijada qishloq xo’jaligi ekinlari va yaylovlarning hosildorligi kamayib boradi. Bulardan tashqari, oqizib kelingan tuproqlar daryo, suv omborlari va kanallarni ko’mib qo’yadi.
Suv eroziyasining oldini olish va qarshi qurashda quyidagi tadbirlar qo’llaniladi:
Agro-o’rmon melioratsiya tadbirlari.
Agromelioratsiya tadbirlari.
Gidrotexnik tadbirlar.
Agro-o’rmon melioratsiya tadbirlarida ihota o’rmonzorlari barpo etiladi.
Ihota daraxtlari shamol kuchini pasaytiradi, namni buglantirishni, qor va suv oqimini kamaytiradi, tuproqning suv o’tkazuvchanligini oshiradi. Yer ustida daraxt qoldiqlari 12-20 mm atmosfera yog’inlarini, ildizlari esa 15-20% suvlarni o’zida ushlab qoladi.
Ihota o’rmonzorlar qiyaliklarga ko’ndalang holda qatorlab ekiladi, ularning kengligi 15-20 m bo’lib, oralig’idagi masofa qirliklarning katta-kichikligiga bog’liq bo’ladi.( 1-jadval).
Ihota -o’rmonzorlar oralig’idagi masofalar
Qiyaliklarning o’lchami(gradus)
|
Nishablik
|
Oralig’idagi masofa, m
|
2 - 4
|
0,03 – 0,07
|
350 - 400
|
4 - 7
|
0,07 – 0,12
|
250 - 350
|
> 7
|
> 0,12
|
150 - 250
|
Agromeliorativ tadbirlarning asosiy vazipasi tuproqning suv – fizik, kimyoviy xossalarini yaxshilash tadbirlari bilan tuproq eroziyasining oldini olishdir. Bunday tadbirlarga tuproqni chuqur shudgorlash, yumshatish, yerni qiyalikka nisbatan ko,ndalang shudgorlash, ekish, ag’darmasdan shudgor qilish, qorni ushlash to’siqlarini barpo qilish, ko’p yillik o’tlar ishtirokida almashlab ekishni joriy qilish, ko’kat o’g’itlari ekish, mineral va organik o’g’itlar solish va xokazolar kiradi.
Gidrotexnik tadbirlarga tog’ kiyaliklarini pog’onalash, loy va tosh to’sar inshootlar hamda suv oqimini bartaraf qilish tarmoqlarini qurish kabilar kiradi. Tog’ qiyaliklarini pog’onalashning juda katta meliorativ ahamiyati bor.
Dostları ilə paylaş: |