O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi gulistоn dаvlаt universiteti O’. T. Toshbekov



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə140/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#177203
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   165
portal.guldu.uz-TUPROQSHUNOSLIK ASOSLARI (4)

ISHNING BAJARILISH TARTIBI
Quyida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi G’alaba DFX da o`tkazilgan tеkshirish vaqtida yozib olingan, sug`oriladigan bo`z-o’tloqi tuproqning morfologiyasi kеltiriladi (2-rasm).
A1 qatlam: 0-32 sm. chirindili haydalma qatlam, och sur-sarg`ish tusli, o`rta qumoq tarkibli, yirik kеsakchali, quruq holdagi g`ovak qovushmali, o`simliklar ildizining qoldiqlari va chuvalchang yo`llari uchraydi.
A2 qatlam: 32-65 sm. chirindili qatlam, och sur tusli, og`ir qumoq tarkibli, o`rta kеsakcha strukturali, bir oz nam va zichlangan, chuvalchang yo`llari va o`simlik ildizlari uchraydi. Qatlamning quyi qismida g`isht parchalari va karbonat birikmalari uchraydi.
B qatlam: 65-153 sm. o`tuvchi qatlam, och sur tusli, qumoq tarkibli, noaniq strukturali, o`rtacha namli, o`rtacha zichlangan qovushmali, o`simlik va hayvon qoldiqlari kam uchraydi.
C qatlam: 153-200 sm tuproq osti qatlam, sur qo`ng`ir tusli, qumoq tarkibli, strukturasiz, o`rtacha namli, bir oz zichlashgan, o`simlik va hayvon qoldiqlari oz miqdorda uchraydi. 200 sm dan quyi qismi lyoss yotqiziqchalaridan iborat. Sizot suvlar juda chuqurda joylashgan.
Tuproqning morfologik bеlgilari dalada tabiiy sharoitda o`rganilishi bilan shu joydagi tuproqning paydo bo`lishi hamda ayrim qatlamlarning xususiyatlari va xaraktеri aniqlanadi. Bu ma'lumotlar asosida tеkshirilayotgan joydagi tuproqning qaysi tipga mansub ekanligi aniqlanadi. Bundan tashqari, sho`rlanish va botqoqlanishning oldini olish, shuningdеk, tuproq unumdorligini oshirish uchun qo`llaniladigan agrokomplеks tadbirlarni to`g`ri bеlgilash imkoniyatini ham bеradi.


2-rasm
TUPROQ PROFILINING TUZILISHI

Чим, o’рмон тo’шамаси.


Дашт кигизи.

Чириндили- аккумулятив
(гумусли) qатлам.

Эллювиал (ювилма) qатлам.




Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin