O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi gulistоn dаvlаt universiteti O’. T. Toshbekov



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə15/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#177203
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   165
portal.guldu.uz-TUPROQSHUNOSLIK ASOSLARI (4)

NAZORAT TOPSHIRIQLARI
1.1.1. Tuproqshunoslik fani nimani o’rganadi?
1.1.2. Tuproq deb nimaga aytiladi?
1.1.3. Tuprqshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqasi to’g’risida nimalarni bilasiz?
1.1.4. Tuproqni o’rganish usullarini gapirib bering?
1.1.5. Tuproqning eng muxim xususiyati nima deb o’ylaysiz?
1.1.6. Litosfera ustki qatlamidagi qaysi jinslar tuproq paydo bo’lishida katta ahamiyatga ega.
1.1.7. Tuproqshunoslik fanining ahamiyatini so’zlab bering.
2-ASOSIY SAVOL
TUPROQSHUNOSLIK TARIXI
2-asоsiy savolning bayoni:
Insоnlar juda qadim zamonlardayoq dehqonchiliq bilan shug’ullanib unumdor tuproqlarga ishlov berish hamda sug’orishning turli usullarini ishlab chiqqanlar, keyinchalik ko’proq hosil olish maqsadida yerni o’gitlay boshlaganlar. Yozuvning paydo bo’lishi bilan birga tajribada to’plangan bilimlar yozib qoldirilgan. Xitoy, Yaqin Sharq, Gretsiya va Rim mamlakatlarining yozma yodgorliqlarida tuproqqa ishlov berish o’gitlash hamda sug’orishga oid ma’lumotlar saqlanib qolgan.
XI asrdayoq fransuz olimi Bernax Pallis o’simliklar tuproqdan mineral oziq moddalarni oladi deb xisоblagan.
XIX asrning boshlarida Teyr «Chirindi bilan oziqlanish» nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariyaning moxiyati shundan iborat ediki o’simlik organik chirindi moddalarni bevosita tuproqdan o’zlashtirib oladi.
A. Teyrning «Chirindi nazariyasi» dan keyin XIX asrning 40-yillarida Yustus Libixnng «Mineral bilan oziqlanish» nazariyasi paydo bo’ldi. U tuproq unumdorligi uning tarkibidagi mineral tuzlarning miqdoriga bogliq deb xisоblar edi. Bu mineral o’g’itlarning ishlatilishiga yordam berdi. Libix va uning shogirdlari tuproqdagi biologik jarayonlarni va organik moddalarni mutlaqo e’tiborga olmaganlar. Tuproqning fizik xosalarini ham hisоbga olmagan.
M.V. Lomonosоv «Yer qatlamlari haqida» degan asarida tuproqning paydo bo’lishi haqida to’g’ri fikrlarni bayon etgan. U madaniy tuproqlarning kelib chiqishini yoritadi va tuproq paydo bo’lishi hamda uning unumdorligining ortishini aniqladi.
Dokuchayev 1877-1881 yillarda qora tuproqli viloyatlarning tuproqlarini keng ko’lamda tekshirgan. Bu tekshirishlarning natijalari «Русский чернозем» asarida umumlashtirilgan. Mana shu asar tuproqshunoslikning mustaqil fan bo’lishi uchun asоs bo’lgan.
Tuproqshunoslik va dehqonchilikning rivojlanishida V.V. Dokuchayevning zamondoshi Kostichevning ham xizmati katta. U tuproq paydo bo’lishining asоsi deb biologik jarayonlarni aytib bergan. U tuproq unumdorligi faqat ularning kimyoviy xossalarigagina emas balki fizik hamda biologik xossalariga ham bog’liq ekanligini aniqlagan.
Vil’yams moddalar almashinishining katta geologik davri va qichiq yoki biologiq davri to’g’risida ta’lim yaratdi. Gedroyts tuproq kimyosining rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. I.V. Tyurin, M.M. Kononova tuproqdagi organik moddalarni, N.A. Kachinskiy, Rode tuproq fizik xossalarini, V.A. Kovda, L.B. Rozov va boshqa olimlar tuproqning sho’rlanish jarayonlarini va sho’rtob tuproqlarni, L.N. Prosalov, Gerasimov va boshqa olimlar tuproq geografiyasiga oid masalalarni keng yoritib berdi.
O’rta Osiyo tuproqlari to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlarni Semyonov, Tyanshanskiy, Middendorf, Obruchaev va boshqa olimlar o’rganishgan. XX asrning boshlarida Prosalov va Dimolar tomanidan o’rganilgan. Bu fanni o’rganish bo’yicha O’zbekistonda Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti, O’zbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti va suv tarmoqlarni yaxshilash instituti, viloyatlar va tumanlardagi agroxim va meliorativ laboratoriyalar keng miqyosda ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Bu sоhada katta hissa qo’shgan olimlar qatoriga B.V. Gorbunov, N.V. Kimberg, M.U. Umarov, L.T. Tursunov. M.A. Pankov, A.M. Rasulov, A.Z. Genusоv, I.N. Felitsiant, A.I. Nerozin, O.K. Komilov, X.M. Maqsudov, R.Q. Qo’ziev, M.M. Toshqo’ziyev va boshqa olimlarni qo’shishimiz mumkin.

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin