1.2. Identiv o’quv maqsadlari: 1.2.1. Tuproqshunoslik fani nimani o’rganishini sо’zlab bera oladi.
1.2.2. Fanning tuproqni o’rganish usullari to’g’risida tushuntirib bera oladi.
1.2.3. Tuproq to’g’risidagi dastlabki ta’limot qachon paydo bo’lganligini sо’zlab bera oladi.
1.2.4. Rossiyada tuproqshunoslik fanining rivojlanish tarihini tushintirib bera oladi.
1.2.5. O’zbekistonda tuproqshunoslik fanning rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar va ularning ishlari to’g’risida malumot bera oladi.
1.3. Asosiy tushuncha va iboralar: Tuproq deb nimaga aytiladi, tuproqshunoslik, agrokimiyo, dehqonchilik, gidrosfera, litosfera, ekspeditsiya, tip, tur, xil.
1.4. Dars shakli: Guruhda va mikroguruhda ishlash.
1.5. Foydalaniladigan metod va usullar: Maruza-hikoya, davra suhbati, baxs.
1.6. Kerakli jihoz va vositalar: Rasmlar, videoproyektor.
O’qituvchi
II
2. O’quv mashg’ulotini tashkil qilish bosqichi: 2.1. Mavzu e’lon qilinadi.
2.2. Ma’ruza boshlanadi, asosiy qismlari bayon qilinadi.
O’qituvchi,
15 minut.
III
3. Guruhda ishlash. 3.1. Talabalarning fikrlari eshitiladi. Boshqa fikr, e’tirozlar bormi? Deb so’raladi. Bor bo’lsa, izohlash talab qilinadi. Boshqa talabalar ham baxsga jalb qilinadi.
3.2. Talabalarning fikrlaridagi o’xshashlik va qarama-qarshi tamonlar hamkorlikda aniqlanadi, boshqa fikirlar ham tahlil qilinadi.
3.3. Barcha talabalar tomanidan aytilgan fikrlar umumlashtiriladi, tahlil qilinadi va eng to’g’ri fikrlar jamlanadi.
3.4. Aytilgan g’oyalar to’ldiriladi, tuproqni haritalash fanini o’rganish tartibi belgilab olinadi.