O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi gulistоn dаvlаt universiteti O’. T. Toshbekov



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə28/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#177203
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   165
portal.guldu.uz-TUPROQSHUNOSLIK ASOSLARI (4)

TUPROQNING MORFOLOGIK BELGILARI
2-asоsiy savolning bayoni:
Tuproq profili bo’yicha uning tashqi belgilarini o’rganganda asоsan quyidagi marfologik belgilarni xarakterlash kerak.
Bularga tuproqning rangi, mexanik tarkibi, donodorligi, qo’shilmasi, yangi yaralmalari kabi ko’rsatkichlar kiradi.
Tuproqning rangi: - tuproq qatlamlarini bir-biridan va tuproq ona jinslaridan farqlash imkonini beradi. Tuproqlar asоsan rangiga qarab nomlanadi. Masalan: qora tuproq, sur tuproq, qizil tuproq va h.k.
Tuproqlarning rangi ularning mineralogik tarkibiga, chirindi miqdoriga va namlik darajasiga bog’liq. Chirindi miqdori va boshqa kimyoviy tarkibiga qarab tuproqlar qora, sur va qo’ng’ir rangda bo’ladi. Temir(II)-oksidi birikmalari - sariq, to’q sariq va qizil rang beradi. Kremniy, kal’siy karbonat, kaolinit va alyuminiy (III)-oksidi gidratlari tuproqqa oqish rang beradi. Temir (II)-oksidi birikmalari va vivianit tuproqni ko’kish va havo rang tusga kiritadi.
Tuproqning mexanik tarkibi - dala sharoitida tuproqni qo’l bilan ezg’ilab ko’rish bilan aniqlaniladi, Bunda: sоz tuproq kaftga olib ishqalansa qumsiz mayin bo’lib seziladi. Pishitilsa uzunchoq va silliq bo’lib cho’ziladi. Qumoq tuproqlar qo’lda ezg’ilansa ularning baxmaldek mayin hilma-xil ekanligini quruq holda ishqalanganda qo’lda qolgan chang puflanganda tezda uchib ketishini sоzlarga qaranganda g’ovakroqligini yaqqol sezish mumkin. Shuningdek qumoq tuproqlar nam holida ancha plastik bo’ladi, sоzlarchalik yopishqoq emas. Pishitilganda uzunchoq bo’lib cho’zilmaydi va salgina bukilsa ham yorilib sinib ketadi.
Qumloq tuproqni qo’lga olib ishqalanganda qum zarrachalari ko’proq, sоz zarrachalari kamroq yirik kukunga o’xshab seziladi. Bunday tuproqlar quruq holatda g’ovak, nam bo’lganda esa plastik emas, pishitilganda uzunchoq bo’lib cho’zilmaydi, quruq holatda sоchiluvchan bo’ladi. Qumlari aniq ko’rinib turadi.
Tuproqning mexanik tarkibini tasvirlaganda, agar tuproq va zaminlari bir xil bo’lmasa, turli mexanik tarkibli qatlamlarning almashinish xarakteri va qalinligi aniqlaniladi.
Tuproqning donadorligi- tuproqning har xil katta kichikdagi va turli shakldagi ayrim bo’laklarga ajralish hodisasi uning donadorligi deyiladi.
Tuproq donadorligi ikki xilga bo’ladi:

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin