1.5. Tuproqning tashqi belgilari yig’indisiga nima deyiladi?
1.6. Tuproqlarning ko’zga yaqqol ko’rinib turuvchi qatlamlari yig’indisi qanday namlanadi?
1.7. Botqoq tuproqlarda qanday qatlam ajratiladi va qanday harf bilan belgilanadi?
1.8. Tuproqning morfologik belgilarini ko’rsating?
1.9. Tuproq rangini qaysi moddalar keltirib chiqaradi?
1.10. O’lchami 0,25 dan katta zarrachalar qanday nomlanadi?
1.11. Tuproq qo’shilmalariga nimalar kiradi?
1.12. Tuproqning yangi yaralmalari deb nimalarga aytiladi?
O’qituvchi, 15 minut
V
Yakuniy fikrlar aytiladi. Talabalar bilimini baholash uchun og’zaki va test savollari beriladi. Baholash mezoni asosida talabalar bilimi baholanadi.
TMI topshiriqlari beriladi.
Dars yakunlanadi va talabalar bilan xayrlashiladi.
O’qituvchi 10 minut
ASОSIY SAVOLLAR 5.1. Tuproq profilining tiplari.
5.2. Tuproqning morfologik belgilari.
5.3. Tuproq morfologik belgilarni o’rganish usullari.
Tayanch iboralar: Tuproq profili, morfologiya, genetik qatlam, rang, mexanik tarkib, donadorlik, qo’shilma, yangi yaralma, gleyli qatlam, karbonatli qatlam, gipsli qatlam.
1-ASОSIY SAVOL TUPROQ PROFILINING TIPLARI 1-asоsiy savolning bayoni: Tuproq tashqi belgilarni yig’indisiga tuproq morfologiyasi deyiladi.
Tuproqning tipik profili bo’yicha morfologik belgilari bir xil bo’lmaydi va tagida yotgan ona jins yotqiziqlaridan tubdan farq qiladi.
Tuproqning barcha morfologik belgilariga qarab uning qaysi tip, tipcha va xilga kirishini taxminan aniqlash mumkin. Tuproqning asоsiy morfologik belgilari dala sharoitida 2-3 m chuqurlikda kesma qazilib, genetik qatlamlar bo’yicha o’rganiladi.
Tuproqning tik profili morfologik jixatdan bir-biridan farq qiluvchi turli qatlamlar bilan ta’riflanadi. Tuproqlarning ko’zga yaqqol tashlanib turgan qatlamlarining yig’indisi va xususiyatlari ularning paydo bo’lish va rivojlanish tarixini aks ettirganligi sababli V.V. Dokuchaev bularni tuproqning genetik qatlamlari deb atagan.
Tuproqning ustki qatlami chirindili akkumulyativ qatlam deyiladi. Chunki bu qatlamda organik qoldiqlarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan chirindi moddalar va oziqaviy birikmalar to’plangan bo’ladi.
Agar yuqori qatlamlardan sizib o’tuvchi suvlar shu qatlamdagi suvda eruvchan moddalarni yuvib ketsa, bunday hollarda bu qatlam chirindili elyuvial qatlam deyiladi. Bu qatlamning qalinligi turli tuproq tiplarida turlicha bo’ladi. Agar bu qatlamning barcha qismini hossalari bir xil bo’lsa A harfi bilan belgilanadi, o’zgaruvchan bo’lgan taqdirda esa uni A1, A2 va h.k. qatlamlarga ajratiladi.
Haydaladigan joylarda bu qatlam xaydalma qatlam deb ataladi va «Axay» belgisi bilan belgilanadi.
«A» qatlamdan pastda oraliq qatlam joylashadi. Bu «B» harfi bilan belgilanadi. Agar bu qatlamda tuproq paydo bo’lishi natijasida yuqoridagi qatlamlardan yuvilib tushgan suvda eruvchan moddalar yig’ila borsa, buni «illyuvial» qatlam deyiladi. Bordiyu bu qatlamning qismlari ham bir-biridan farq qilsa u xolda B1, B2, B3 va h.k. qatlamchalarga ajratiladi.
Botqoqlashgan tuproqlarda ko’pincha temir (II)-oksidi birikmalari ta’sirida ko’kish yoki havo rang ko’rinishdagi aloxida qatlam ham ajratiladi. Bu qatlam gleyli qatlam deyiladi va «G» harfi bilan belgilanadi.
«B» qatlamning tagida tuproq paydo bo’lish jarayoniga uchramagan yoki kam o’zgarishga uchragan tuproq tog’ jinsi yotadi. Bu qatlam C harfi bilan belgilanadi.
Tuproq profilining tuzilishiga tuproq va uning aloxida qatlamlarining qalinligi, rangi (tusi), mexanik tarkibi; strukturasi; qovushmasi, yangi yaralmasi va qo’shilmasi kabilar kiradi. Buni o’rganish uchun dala sharoitida tuproq kesmasi qo’yiladi (2-расм).