O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi gulistоn dаvlаt universiteti O’. T. Toshbekov



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə11/165
tarix14.12.2023
ölçüsü2,14 Mb.
#177203
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   165
portal.guldu.uz-TUPROQSHUNOSLIK ASOSLARI (4)

Shahsga yo’naltirilgan ta’lim. O’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini io’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shahsini emas, avvalo, kelgusidagi mutahassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish masalalaridan kelib chiqqan holda yondoshishga e’tibor qaratishni amalga oshiradi. Har bir talabaning shahs sifatida iasbiy takomillashuvini ta’minlaydi. Ta’limning markaziga bilim oluvchi qo’yiladi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim tehnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yahlitligi bilim olish va kasb egallashning mukammal bo’lishiga hissa qo’shadi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shahsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini jadallashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida barcha qobiliyat va imkoniyatlarni, tashabbuskorlikni ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi. Egallangan bilimlarning ko’nikma va malakaga aylanishi, amaliyotda tadbiq etilishiga sharoit yaratadi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv jarayoni ishtirokchilarining psihologik birligi va o’zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shahsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. O’qituvchi va talabaning hamkorliidagi ta’limiy faoliyat yuritishiga zamin yaratadi.
Hamiorlikdagi ta’limni tashiil etish. Demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi sub’eitiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishga, erishilgan natijalarni baholashda birgaliida ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Ta’lim jarayonida «sub’ekt-sub’ekt» munosabatlari tarkib topadi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektii mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni ta’minlaydi. Muammoli savol, vazifa, topshiriq va vaziyatlar yaratish va ularga yechim topish jarayonida ongli, ijodiy, mustaqil fikrlashga o’rgatiladi.
Ahborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarni qo’llash hozirgi ahborot kommunikatsiya tehnologiya vositalari kuchli rivojlangan sharoitda ulardan to’qri va samarali foydalanish, ahborotlarni tanlash, saralash, saqlash, qayta ifodalash ko’nikmalari hosil qilinadi. Bu jarayonda kompyutyer savodhonligi alohida ahamiyat kasb etadi.
O’qitish metodlari va tehnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, viziuallash), muammoviy usul, keys-stadi, pinbord, paradoislar, loyiha va amaliy ishlash usullari. Interfaol usullarni mavzu mazmuniga mos holda tanlash va ulardan samarali foydalanishga o’rgatadi.

Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin