1. O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar.
Fanni o’qitishdan asosiy maqsad, biologik, o’simlik va chorva xom ashyolariga qayta ishlash jarayonidagi fizik o’zgarish mexanizmi va mohiyatini o’rganib, ishchi parametrlarning o’zgarish qonuniyati asosida qurilmalar ishchi xarakteristikasini o’rnatish va o’z ko’lamini topa oladigan zamonaviy xavfsizlik talablariga javob beruvchi oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarishdagi texnologik qurilmalarning konstruktsiya va xillarini (tip), ulaming ishchi qismlari konstruktiv shakli va tuzilishini o’rgatishdir.
Fanni vazifasi texnologik qurilmalar tuzilishi va ishlash printsipini o’rganish, ulardan xavfsiz va ratsional foydalanish, energiya hamda xomashyoni tejash muammolari va ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va jadallashtirish imkoniyatlarini o’rganishdan iborat. Texnologik uskunalar materiali, yordamchi qismlari, uzatmalar haqida batafsil ma’lumot olish.
Fan bo‘yicha talabalaming bilim, ko‘nikma va malakasiga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:
-oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda fan va texnika rivojlanishining o’mi va roli;
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi;
oziq-ovqat mahsulotlarining oziqaviy qiymati;
-oziq-ovqat sanoatida umumiy vazifalarini bajarishga mo’jallangan jihozlar;
-mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi, uning bosqichlarida borayotgan o’zgarishlar;
-kimyoviy, fizik-mexanik va biologik xavflar haqida tasawurga ega bolishi;
-qishloq xo’jalik xomashyosini saqlash va qayta ishlashning nazariy asoslarini;
-xavfsiz ingibitorlar, vitaminlar qand o’rindoshlari, hid va rang beruvchi
komponentlar ishlab chiqarish texnologiyasining nazariy asoslarini;
-oziq-ovqat sanoatida umumiy va maxsus vazifalami bajarishga mo’ljallangan jihozlari;
-qishloq xo’jalik xomashyosi va ulardan qayta ishlab tayyorlangan mahsulotlari qabul qilishda va iste’molchilariga jo’natish tartibini;
-yordamchi materiallaming sifatini aniqlashni;
kimyoviy moddalaming toksik xususiyatlari va sinflanishini;
oziq-ovqatdagi radioaktiv moddalardan himoyalanishning asosiy printsiplari va inson organizmiga ta’sir etish mexanizmini;
inson salomatligiga xavf tug’diruvchi omillar;
mahsulotlami ishlab chiqarishning xavfsiz texnologiyalari;
-biologik xavf-xatar, kimyoviy va fizik xavf-xatarlarning o’zaro munosabatini bilishi va ulardan foydalana olishi;
qishloq xo’jalik xomashyosiga xavfsiz texnologiya asosida birlamchi ishlov berish va chuqur qayta ishlash;
-sintetik oziq-ovqat mahsulotlari, ularni qadoqlash-o’rash va xavfsizlantirish;
-oziq-ovqat sanoatida umumiy va maxsus vazifalarni bajarishga
mo’jallangan uskunalarni tanlash va hisoblash ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |