Empatiya – boshqa odamlarning psixik holatini tushunish qobiliyati.
O’qish – shaxsning bilim va faoliyat usullarini egallashga hamda uni
mustahkam esda saqlab qolish jarayoni.
O’yin – faoliyat turlaridan biri bo’lib, bolalarning kattalar faoliyatini, ish
xarakatlarini aks ettirishda ifodalanadigan va atrofni bilishga qaratilgan faoliyatdir.
O’z-o’ziga baho berish – shaxsning o’z-o’ziga baho berishi.
Qobiliyat – shaxsning ma'lum faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini va osonlik
bilan biror faoliyatni egallay olishini ta'minlaydigan individual psixologik
xususiyati.
Qiziqish – shaxsning o’zi uchun qimmatli va yoqimli narsa yoki xodisalarga
munosabati.
Qobiliyatlar – shaxsning ma'lum faoliyatdagi muvaffaqiyatlarini va osonlik
bilan biron faoliyatni egallay olishini ta'minlaydigan individual psixologik
xususiyati.
«Axloq», «xulq» va «atvor» so’zlari arabcha so’z bo’lib, ular o’zbek tilida xam
o’z ma'nosida qo’llaniladi. Axloq kishilarning xar bir jamiyatga xos xulq
me'yorlari majmuidir. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, xamma
soxalarda kishilarning xatti-xarakatlarini tartibga solish funksiyalarini bajaradi.
Bakalavriat- o’rta maxsus, kasb-xunar ta'limi negizida oliy ta'lim
yo’nalishlaridan biri bo’yicha fundamental bilimlar beradigan, o’qish muddati to’rt
yildan kam bo’lmagan tayanch oliy ta'limidir.
Bilish, anglash-dunyo xaqidagi yangi bilimlar xisoblanadigan sub'ekt va
ob'ektning o’zaro ta'sirini, voqyelikning ruxiyatda qayta ta'sir etilishi va aks ettirish
jarayonidir.
Dars- ma'lum maqsad asosida , belgilangan vaqtda aloxida, bir xil yoshdagi
o’quvchilar, yoshlar bilan o’qituvchi raxbarligida olib boriladigan ta'lim jarayoni.
Darslik- maxsus ravishda o’quvchilar uchun yozilgan kitob darslik deb
ataladi.
Jamoa-insonparvrlik va javobgarlik ma'suliyatlariga bog’likligi bilan
xarakterlanadigan munosabatlar xamda xamkorlikdagi ijtimoiy ijobiy faoliyatiga
asoslangan, kishilarning tashkil etilgan umumiyligi, jamoasidir.
Idrok- mazkur muddatda sezgi organlarida ularning bevosita ta'sir etishi
davomidagi bir butun xodisalar yoki narsalarning inson ongida aks etishidir.
Maqsad-bo’lg’usi natijalar xaqida xar doim aqlan o’ylab qurilgan,
rivojlantirilgan xayoliy tasavvurlar, kelgusidagi rejalar.
Shaxs dinamikasi - kishiipng ontogenetik rivojlanishini o’z ichiga olgan
xolda sub'ektning xususiyatlari va sifatining vaqtga nisbatan o’zga-rish jarayoni.
Shaxsiy fazilat - shaxs tomonidan o’zining axloqiy, ruxiy va ishchan-lik
qobiliyatining ijtimoiy axamiyatini, jamiyatdagi o’rnini anglay olish xususiyati.
E'tikod - shaxs amal qiladigan bilim, tamoyil va xodisallarning qalban va
asosli ishonch bilan bog’langan, uning atrof-muxitga xamda o’zining xattixarakatlariga
bo’lgan sub'ektiv munosabati.
Evristika ilmiy tadqiqotning mantiqiy usullari va metodik ko’rsatmalari.
Empirik - tajribaga asoslangan.
Empirik bosqich tadqiqot ob'ekti to’g’risida xar tomonlama tasavvur xosil
qilish, ta'lim amaliyoti, ilmiy bilimlar saviyasi va xodisalar moxiyatiga erishishga
bo’lgan talab o’rtasidagi ziddiyat, ilmiy muammoni nomlash.
Estetik tarbiya - go’zallikni xis qilish, atrof-muxitdan go’zallikni payqay
olish va tushunishga bo’lgan qobiliyatni tarbiyalash.
Extiyoj - individning biror narsa-xodisaga muxtojligi va kishining ruxiy
quvvati xamda faolligi manbai xisoblanadigan asosiy xususiyati.
Dostları ilə paylaş: |