O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 2 Mb.
səhifə36/96
tarix02.01.2022
ölçüsü2 Mb.
#47455
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   96
O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi n-fayllar.org (1)

TA`LIMNI TASHXIS ETISH

Reja:

  1. Ta'lim natijalarini tekshirish va baholashga qo'yilgan talablar.

  1. O'qituvchi nazorati va ta'lim oluvchilar faoiiyatini baholash-


    ning uyg'unligi.
  1. Bilimlarning natijalarini baholashda pedagogik testlarning roli.


  2. Baholash mezonlari va ulardagi xatoliklar.


5. O’quvchilar bilimini tashxis qilish didaktik tushuncha sifatida

6. O’quv faoliyatini nazorat qilish va baholashda o’quvchilarning ruhiy holatini hisobga olish


Mavzuning maqsadi:ta'lim oluvchilarni o'z bilimlarini tashxis qilish orqali o'z intel-lektual salohiyatlarini bashorat qilish va o'z-o'zini boshqarishga o'rgatish.

Mavzuning vazifalari:

  1. Ta'limni o'zlashtirish natijasi nima uchun kerakligini asoslash


    va u orqali ta'limda rejalashtirishning zaruriyligini bayon qilish.
  2. Baholash mezonlari va ulardan amaliyotda foydalanishning


    ahamiyatini ta'lim oluvchilar ongiga singdirish.
  3. Ta'lim natijalarini rasmiylashtirish jarayonidagi ta'lim beruvchi


    va ta'lim oluvchi faoliyatining uyg'unligini yoritish.
  4. Ta'lim natijalarini hisobga olishda reyting tizimining joriy eti-


    lishini ta'lim oluvchilar ongiga slngdirish.

5Ta'lim natijalarini baholash mezonlari va ularning amaliy aha-


miyatlarini baholashni ta'lim oluvchilarga o'rgatish.

Mavzu bo'yicha tayanch iboralar: bilim, o'zlashtirilgan bilimlar, baholash, mezon, test, boshqarish, ta'lim natijalari.

7.1. Ta'lim natijalarini tekshirish va baholashga quyilgan talablar

Tashxis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demak. Tashxissiz didaktik jarayonni sama-rali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas.

Ta’lim olganlikni tashxislash orqali erishil-gan natijalar va ta’lim olganlik ajratib olina-di. SHuningdek, ta’lim olganlik tashxislash vaqti-da belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi sifatida ham qaraladi. Didaktik tashxislashning maqsadi o’quv jarayonida kechadigan barcha jihatlar-ni uning mahsuli bilan bog’liq holda o’z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.



Nazorat -(ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, o’lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o’lchash esa tekshirish deb ataladi. O’qituvchi o’qitish bilan bir vaqtda o’quvchilarning o’rganilayotgan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga xarakat qilishini va uni amalda qo’llash malaka-larini egallashini hisobga olib borishi kerak.

Hisobga olish – bu o’qitishning muayyan bir davrida talabalar va o’qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash.

Baholash va uning o’ziga xosliklari

Tekshirishdan tashqari nazorat o’z ichiga baholashni (jarayon sifa-tida) va bahoni (natija sifatida) ham oladi. Baholash deb bilim, ko’nikma va malakalarni o’quv dasturida ko’rsatilgan etalon (ko’rstakich, qolip, o’lcha-gich)lar bilan solishtirishni aytamiz. Baho deb baholashning ball shaklida ko’rsatilgan son jihatdan o’lchamiga aytiladi.

Bahoni amalda egallangan bilim, ko’nikma va malakalar bi-lan davlat ta’lim standartiga ko’ra o’zlashtirilishi belgilangan bilim, ko’nikma va malakalar umumiy hajmi o’rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta’riflash)dan ta’lim darajasining miqdoriy mazmuni kelib chiqadi. O’zlashti-rish (ta’lim samaradorligi) ko’rsatkichi B’A/T*100% nisbat asosida hisoblanadi. Bunda:

B – o’zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi;

A – amalda o’zlashtirilgan bilim va malakalarning hajmi;

T – o’zlashtirish uchun taklif etilgan bilim va malakalarning to’liq hajmi.

Hisobga olish va uning o’ziga xosliklari

O’qituvchi o’qitish bilan bir vaqtda talabalarning o’rganilayotgan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga xarakat qilishini va uni amalda qo’llash malakalarini egallashini hisob-ga olib borishi kerak. Hisobga olish – bu o’qitishning muayyan bir davrida o’quvchilar va o’qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosa-lash.

Hisobga olish natijasida o’qituvchi ham, talaba ham o’zlarining keyingi bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini belgilaydi. O’zlashtirishni hisobga olish talabalarning bilish faoliyatini rag’batlantirib, ma’lum bir harakatlarni bajarish uchun uning irodasini tarbiyalaydi. SHuningdek, o’zlashtirishni hisobga olish o’qituvchining faoliyatni ham tashkil etadi. O’qitish metodlari va shakllarining tabora takomillashuvi natijasida baho o’qituvchining pedagogik mahorati ko’rsatkichiga aylanmoqda va o’qituvchining o’z malakasini oshirib borishida muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.

Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari

Xolislik (ob’ektivlik) tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagog-ning barcha ta’lim oluvchilarga do’stona munosabati hamda bilim, malakalarni baholashning aniq ko’rinishda belgilangan mezonlaridan iborat.

Tizimlilik (sistemalilik) tamoyilining talabi shundan iboratki, tashhislash nazoratini ta’lim jarayoni-ning barcha bosqichlarida – bilimlarni boshlang’ich idrok etishdan to amalda qo’llashgacha bo’lgan bosqichlarida olib borish kerak.

Ko’rgazmalilik (oshkoralik) tamoyili avvalo barcha ta’lim oluvchilarni aynan bir hil mezonlar bo’yicha ochiq sinovdan o’tkazishni anglatadi.
Bo'lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ta'lim oluvchilarning bilimlarini nazorat qilish o'ta muhimdir. To'g'ri tashkil etilgan ta'lim jarayonida egallanishi lozim bo'lgan nazariy materiallar bo'yicha olinayotgan bilimlarni yanada mukammallashtirish va eng asosiysi ta'lim oluvchilarning intellektual salohiyatlarini yuksaltirish uchun turli vositalarni tanlash imkoni vujudga keladi. Ta'lim natijalarini nazorat qilish vositalari - o'rganilayotgan fan (mavzu) bo'yicha shakllantirilgan ma'lumotlar bazasi (bilimlar banki)dan ta'lim beruvchi tomonidan tayyorlangan (tuzilgan) top-shiriqlar, savollar, test-savollar va shu kabilar va ulardan foydalanish vositalaridir. Bunday jarayonlarda natijalarni o'zlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Natijalarni o'zlashtirish - bu olingan natijalarni amaliy o'zlashtirishga tayyorlash jarayonidan, ya'ni iste'mol uchun tayyorlash-dan iboratdir. Bunda ta'lim beruvchi ishtiroki muhim rol o'ynaydi, chunki kerak bo'lganda ayrim zaruriy tuzatishlar kiritish har kimning ham qo'lidan kelavermaydi. Umuman olganda ta'lim-tarbiya jarayonida bilim, ko'nikma va malakalar shakilanganligini nazorat qilish muhim o'rin egallaydi. Xususan, nazorat quyidagi funksiyalarga ega:

1. Nazoratning diagnostik funksiyasi. Nazorat natijasi orqali bilim,


ko'nikma va malakalarning shakllanganlik darajasi aniqlanadi.

2. Nazoratning ta'lim oluvchilardagi bilim olishga boigan ishtiyoqini o'stirish funksiyasi.

3. Nazorat jarayonida ta'lim oluvchilarning shaxsiy jihatlari shakllantiriladi va eng asosiysi, rivojlantiriladi. '

4. Ta'lim funksiyasi.

5. Nazoratning tarbiyaviy funksiyasi.




Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin