Taxlil – tafakkur qilish usuli, bunda murakkab ob'ektlar qismlarga bo’linib
o’rganiladi.
Taqqoslash – narsa va xodisalar o’rtasidagi o’xshashlik va tafovutlarni
aniqlashga asoslangan fikrlash operatsiyasi.
Trening – mashq qilmoq, guruxlarda muloqotning samarali tashkil etish
usuli bo’lib, shaxsning muloqotga o’rgatish va obro’li bo’lishini rivojlantirish
maqsadida o’tkaziladi.
Temperament – shaxsning individual-psixologik xususiyatlari majmui
bo’lib, u kishida faoliyat va xulq-atvorning dinamik va emotsional tomonlari bilan
xarakterlanadi.
Tobe shaxs – muloqot va boshqa jarayonlarda shaxsda ko’nikuvchanlik,
boshqa kishilarga bog’liqlik, fikriga bo’ysunish xususiyatlarining tarkib topishi.
Umumlashtirish – voqyelikdagi narsa va xodislarni umumiy va muhim
belgilariga qarab fikran birlashtirishdan iborat tafakkur jarayoni.
Uyushganlik - guruh a'zolarining bir-birlarini yaxshi bilishlari, birbirlarining
dunyoqarashlari, hayotiy prinsiplari, qadriyatlarini anglashlari.
Ustanovka – yo’nalish, kishining tevarak-atrofdagi odamlarga va ob'ektlarga
nisbatan qanday munosabatda bo’lish, ularni idrok qilish, ularga baho berish va
ularga nisbatan xarakatining tayyorlik xolati.
Faoliyat – insongagina xos, ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli
paydo bo’ladigan va tashqi olam bilan kishining o’z-o’zini bilishga, uni qayta
qurishga yo’naltirlgan faolligi.
Faollik – tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak muhit bilan o’zaro
ta'sirda bo’lishida namoyon bo’ladi.
Flegmatik – temperament turlaridan biri bo’lib, harakatlar sekinligi,
barqarorligi, emotsional xolatlarning tashqi ko’rinishlari kuchli emasligida
namoyon bo’ladi.
Xarakter – kishidagi barqaror psixik xususiyatlarining individual birligi
bo’lib, shaxsning mehnatga, narsa va xodisalarga, o’ziga va boshqa kishilarga
munosabatlarida namoyon bo’ladi.
Harakat – maqsadga muvofiq yo’naltirilib, ongli ravishda amalga
oshiriladigan harakatlar yig’indisi. H. Ongli faoliyatning tarkibiy qismlari va
motivlaridan biridir.
Xulosa chiqarish – tafakkurning mantiqiy shakllaridan bo’lib, bir qancha
xukmlar asosida ma'lum xulosa chiqariladi. X.ch. induktiv, deduktiv va analogik
turlarga ajratiladi.
Xolerik – temperament turi bo’lib, xissiyot jo’shqinligi, kayfiyatning tezda
o’zgarishi, hissiyotning muvozanatsizligi va umuman xarakatchanligi bilan ajralib
turishi xosdir.
Shaxs – ijtimoiy munosabatlarga kiruvchi va ongli faoliyat bilan
shug’ullanuvchi betakror odam.
Shaxs ijtimoiylashuvi - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot -
faoliyat jarayonida uni faol tarzda o’zlashtirish jarayonidir.
Shaxslararo munosabat – muloqot jarayonidagi o’zaro ta'sir etish natijasida
ro’y beradigan ijtimoiy-psixologik hodisalar.
Shakllar – bevosita va bavosita tur bo’lib, yuzma-yuz yoki vosita orqali
amalga oshishi ko’zda tutiladi.
Shakllanganlik - odamlarning nima uchun jamoalarda ishlashi, odamlar
ichida bo’lishi bilan bog’liq psixologik jarayon.
Shartli – odamlarning turli belgi, faoliyat shakllariga ko’ra biror guruhga
taalluqli deb qarash.
Emotsiya – odam va hayvonlarning sub'ektiv ifodalangan ichki va tashqi
qo’zg’oluvchilar ta'siriga javob reaksiyasi.
Egotsentrizm – men, markaz ma'nosida individualizm va egoizmning eng
tuban turi.
Ekstrovert shaxs – shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida o’z ichida
kechayotgan fikrlarini bayon etish ehtiyojining yuqoriligi.
Dostları ilə paylaş: |