Pedagogik jarayon tamoyillari - pedagogik faoliyatni tashkil etishning
asosiy talablari bo’lib, u pedagogik jarayonning yo’nalishini ko’rsatadi va uning
qonuniyatlarini ochib beradi.
Pedagogik ixtisoslik - ta'lim natijasi o’laroq bilim, malaka va ko’nikmalar
majmuidan iborat bir kasbiy gurux doirasidagi faoliyat turi.
Pedagogik ixtisoslashish - pedagogik ixtisoslik doirasidagi faoliyatning bir
turi.
Pedagogik malaka - muayyan toifadagi vazifalarni xal qilish imkoniyatiga
ega bo’lgan mutaxassisning kasbiy pedagogik tayyorgarligi darajasi va turi.
Pedagogik masala - pedagogik jarayonning asosiy birligi, o’ziga xos
tizimidir. U voqyelikni bilish va qayta yaratish zaruriyati bilan bog’lik tafakkur
qilinadigan pedagogik vaziyatdir. Ta'lim qatnashchilarining ma'lum bir maqsadini
ko’zlagan ta'lim va tarbiyadagi moddiylashtirilgan vaziyatdir.
Pedagogik maxorat - pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish,
xarakatga keltira olish (A.S. Makarenko), pedagogik jarayonning yuqori
samaradorligini belgilovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari sintezi.
Pedagogik mulokot - ta'lim oluvchilarning maqsadlari xamda ularning
birgalikdagi faoliyatlari mazmunidan kelib chiqadigan o’zaro aloqalarni o’rnatish
va rivojlantirishni, bir-birini anglash va qo’llab-quvvatlashni tashkil etishning ko’p
qirrali jarayoni.
Pedagogik takt - shaxslar faoliyatinish turli doiralarida ular bilan muloqotda
bo’lishning pedagogik tamoyili, o’lchovi, talabalar bilan ularning shaxsiy
xususiyatlarini xisobga olgan xolda to’g’ri muloqotda bo’la olish malakasi.
Pedagogik texnika –
1) xar bir ta'lim oluvchiga va jamoaga pedagogik ta'sir o’tkazishning samarali
qo’llash uchun zarur bo’lgan malaka va kunikmalar majmuasi;
2) xar bir ta'lim oluvchi va jamoaning faolligini pedagogik jixatdan ta'minlash
uchun zarur bo’lgan malaka va kunikmalar.
Pedagogik tizim - shaxsni rivojlantirish va yaxlit pedagogik jarayonni
birlashtirgan ta'limning o’zaro bog’langan tashkiliy tuzilmasi.
Pedagogik faoliyat - ta'lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan
ijtimoiy faoliyatning aloxida turi.
Pedagogik uyin - bilim olishga qaratilgan va ma'lum bir pedagogik natijani
ko’zlagan xamda ta'lim jarayonida muayyan maqsadni amalga oshiruvchi faoliyat
turi.
Pedagog nuqtai nazari (pozitsiyasi) - pedagogning dunyoga, pedagogik
voqyelikka va pedagogik jarayong'a bo’lgan intellektual va xissiy munosabati.
Pedagogik xaqqoniylik – o’qituvchining obektivlik mezoni, uning ma'naviy
tayyorgarlik darajasi.
Proektiv malaka - malakaning maxsus turi bo’lib, kutilgan pedagogik
natijalarni aniq ta'lim va tarbiya rejalarida aks ettiradi.
Preskreptiv - me'yoriy.
Psixologiya - I) shaxsning ob'ektiv borlikni faol aks ettirish jarayonini
o’rganuvchi fan; 2) ma'lum bir faoliyat turining o’zaro shartlangan psixik
jarayonlar tuplami; 3) psixika, xarakter xususiyati, ko’ngil xazinasi.
Ratsionalizatsiya - metodlarni yoki biror ish - xarakatni takomillashtirish.
Releksatsiya - kuchli xayajon va jismoniy zuriqishdan so’ng yengil yurish,
tinchlanishning umumiy xolati.
Retrospektiv - o’tmishga murojaat etish.
Ruxiy pedagogik tayyorgarlik - pedagogikaning metodologik acoclari va
kategoriyalarini, shaxsniig ijtimoiylashuvi va taraqqiyoti qonuniyatlari, ta'lim va
tarbiyaning moxiyati, maqsadi va texnologik g’oyalarini bilish.
Suxbat - kuzatuv juda yetarli darajada aniq, bo’lmagan zarur axborotni olish
uchun qo’llanadigai tadqiqot metodi.
Dostları ilə paylaş: |