Ekvivalent sinf baholari. Ekvivalent sinf bahosi oʻquvchilarning test natijalarini sinf bosqichi va
oʻquv yili oylariga asoslangan holda koʻrsatadi (Popham, 2005, p. 288). 3.7
ekvivalent sinf bahosi natija oʻquv yilining 7-oyida oʻqiyotgan 3-sinf
oʻquvchisiniki ekani kutiladi. Sinf ekvivalentlari davomiy sinf bosqichlari bilan
ta’minlaydi shuning uchun oʻsib boruvchi baholar deb atalsa boʻladi.
Sinf ekvivalentlari hammaga ma’lum boʻlib tushunish osondek tuyuladi,
biroq odatda notoʻgʻri tushuniladi. Agar 4-sinf oʻquvchisi Jeyms, oʻqish
qobiliyatidan test topshirib 6.0 ball olsa; bu Jeyms 6-sinf dasturidagi mashqlarni
qila oladi degani emas. Bu Jeyms 4-sinf uchun testda 6-sinf oʻquvchisi ishlashi
kutilganidek natija koʻrsatganini bildiradi. Test oluvchi kompaniyalar sinf
ekvivalentlarni bir testni bir nechta bosqich oʻquvchilariga berib hisoblashadi.
Masalan, 4-sinf uchun moʻljallangan test 3- va 5-sinfdan ham olingan boʻlardi.
Xomaki baholar diagrammada belgilanadi va trend chizigʻi oʻrnatiladi, undan
sinf ekvivalentlarini oʻrnatishda foydalaniladi. Xatolikka e’tibor bering: trend
chizgʻi topilmagan asosli manba sinf bosqichlaridan oshadi, bunday amalga
oshirilgan test 5.0 dan yuqori yoki 3.0dan past sinf ekvivalenti faqat kutilgan
trend chizigʻiga asoslanadi.
Sinf ekvivalenti baholari shuningdek test qilinayotgan asosiy masalaga
har bir bosqichda bir xil miqdorda urgʻu beriladi va mazmunni tushunib borish
oʻzgarmas darajada yaxshilanib boradi (Popham, 2005). Koʻpchilik test
oluvchilarning ogohlantirishicha, sinf ekvivalentlari baholari ma’lum darajadagi
ishonchsizlik bilan qabul qilinishi kerakligi haqida ogohlantirishadi va ota-
onalar odatda ular haqida notoʻgʻri tasavvurga ega boʻlishadi. Yuqori natijalarga
erishuvchi oʻquvchilarning ota-onalari bolalari yutugʻining darajasi haqidagi
tuygʻuni oshirishgan boʻlishi mumkin.