215
masalasida foydalanilganda ancha chalkash ekaniga deb oʻylashadi. Koʻpchilik
psixologlar
va
test
oluvchi
ekspertlar
qarashlarni
farqlashgan
va
standartlashtirilgan testlar oʻquvchi natijalari haqida ma’lumot
berishi va test
natijalari qanday talqin qilinib foydalanishi orasida ma’lum tafovutlarni
qoʻyishgan. Bu farqli qarashda standartlashtirilgan test bilan bogʻliq koʻpgina
muammolar ularning ancha yuqori maqsadda masalan, bir test natijasini biror
dasturga qabul qilinish, oʻqishni tugallash yoki litsenziya olish hamda butun bir
maktabni yaxshi natijali yoki past natijali deb baholash uchun ishlatiladi.
Standartlashtirilgan testlar xolismi?
Koʻp millatli jamiyatda bir muhim savol quyidagicha: standartlashtirilgan
testlar ma’lum
ijtimoiy sinf, irqiy v etnik guruhlar uchun yon bosadimi? Bu
savol tuyulganidan koʻra ancha murakkabroqdir, chunki yon bosish turli
ma’nolarga ega. Yon bosishning har kungi ma’nosi odatda ilgari kamroq ilmiy
manbalarga ega boʻlgan nochor oʻquvchining olishi mumkin boʻlgan
standartlashtirilgan testlar natijasining adolatliligidir. Masalan, koʻp mehnat
qilgan ammo yashaydigan tumanidagi yomon maktablar
va uyida bilim olish
uchun manbalarning yetarli boʻlmagani sabab cheklangan ta’lim imkoniyatiga
ega boʻlgan yuqori maktab oʻquvchisi Duayn birgina testdagi natijasi uchun
maktabni bitira olmasligi kerakmi. Ta’lim olish uchun manbalarning yoʻqligi
uning aybi emas edi va agar unga muhitni oʻzgartirish imkoni (masalan, kollejga
borish) berilganda uning natijalari ancha yaxshilangan boʻlardi. Bu jihatdan test
natijalari ijtimoiy tengsizlikni koʻrsatadi va uncha imtiyozga ega boʻlmagan
oʻquvchilarni jazolashi ham mumkin, hamda meros qilib olingan qobiliyatning
ifodasi sifatida notoʻgri talqin qilinadi. Tadqiqotchilar odatda yon bosishni
ancha texnik tomondan oʻrganadilar va 3 ta muhim jihat muhokama qilinadi:
predmetning
mazmuni va formati, bashoratlarning toʻgʻriligi va stereotip
tahdidi.
Predmetning mazmuni va formati: Test elementlari ba’zi guruhlar uchun
boshqalaridan koʻra qiyinroq boʻlishi mumkin. Ijtimoiy sinfga yon bosish
misolini tanlovli savolda talabalardan field soʻzining tarjimasi soʻralganda
koʻrish mumkin. Talabalardan kursivda yozilgan bosh gaplarni oʻqish va field
soʻziga mos javobni tanlash soʻralgandi (Popham 2004, p. 24):
216
Professionallarning bolalari field (soha ma’nosida) soʻzining bu ma’nosini
shifokorlar, jurnalistlar va huquqshunoslarda “soha” boʻladi deb,
hisobchi va
oddiy ishchilarda esa “job” (ish) boʻladi deb qabul qilishadi, shuning uchun
ularning bolalari field soʻzining bu ma’nosini bilishi ehtimoldan yiroq (toʻgri
javob D).
Test qiluvchi kompaniyalar bu turdagi mazmun bilan bogʻliq
muammolarni turli sohadagi test tuzuvchilarni ishga olish va ma’lum guruhlar
ba’zi elementlarni qiyinroq yoki osonroq deb qabul qilishini statistik oʻrganish
orqali kamaytirishga harakat qilishadi. Biroq muammolar hali ham mavjud va
SAT verbal testlarining yaqindagi analizi ma’lum qilishicha oq tanlilar osonroq
savollarda,
Afrika-Amerikaliklar, Ispan-Amerikaliklar va Osiyo-Amerikaliklar
esa qiyinroq savollarda yaxshiroq natijalarga erishar ekan (Freedle, 2002). Bu
tafovutlar unchalik katta boʻlmagani holda, ular test natijalariga ta’sir qilishi
mumkin. Tadqiqotchilarning fikricha, kundalik
muloqotda ishlatiladigan
soʻzlarni ichiga olgan oson savollar turli madaniyatlarda turlicha ma’noga ega
boʻlishi mumkin, murakkab soʻzlar esa (masalan, vehemence, sycophant)
kundalik muloqotda ishlatilmaydi va bunday ma’no farqlariga ega emas. Test
formati ham test natijalariga ta’sir qilishi mumkin. Ayollar odatda oson
savollarda yaxshi natija koʻrsatadilar va SAT yaqinda insho komponentini
qoʻshganda, ayollarning umumiy verbal SAT natijalari
erkaklarnikidan ancha
yaxshilangan.
Dostları ilə paylaş: