233
namoyon qiladigan, malakali,
qolaversa, axloqiy-ma’naviy, etnik, madaniy,
ijtimoiy va kasbiy muhim xususiyatlarni hamda shaxsiy sifatlarni oʻzida
mujassamlashtirgan mexnat sub’yektining xususiyati deb izoxlansa maqsadga
muvofik boʻladi.
Mutaxassisning shakllanishi faqatgina chuqur va keng doiradagi bilim,
koʻnikma va malakalarga, kasbiy tajriba va maxoratga ega boʻlish bilan
cheklanib qolmaydi, balki tarbiyalanganlik, yetuk shaxs taraqqiyoti ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Kasbiy yetuklik shaxsiy ideallar, ustanovkalar, qadriyatlar,
hayot va faoliyat mazmunini ijtimoiy, psixologik muxitning kasbiy talablari
bilan muvofiqligida aks etadi.
Mutaxassis shaxsining kasbiy yetukligi quyidagi shakllarda namoyon
boʻlishi mumkin:
1. Kasb bilan bogʻlik ma’naviy qadriyat tizimini tushunish.
2. Tajriba orttirish va shaxsiy tajribani taxlil qilish.
3. Namunaviy mutaxassisning adekvat modelini
qabul qilish va unga
oʻxshash uchun oʻz ustida ishlashga intilish.
4. Oldinga qoʻyilgan maqsadga erishish uchun shaxsiy kuch va resurslarni
maksimal darajada safarbar etish.
5. Mexnatdan qonikish xissining paydo bolishi.
6. Oʻzini oʻzi rivojlantirishga intilish.
7. Shaxs xulqida buzilishlarning mavjud emasligi.
8. Shaxs organizmi va psixikasining funksional imkoniyatlari va ularning
kasbiy talablarga muvofiqdik darajasi xaqidagi tasavvurlarga ega boʻlish va
boshqalar. Faoliyat sub’yektining malakasi kasbiy yetuklikning muhim
koʻrsatkichlaridan biri hisoblanib, u oʻzining funksional imkoniyatlari va
extiyojlarini kasbiy talablar bilan muvofiqlashtiradi. Bu koʻrsatkich kasbiy
“Men-konsepsiyasi”ning uziga xosligini anglatadi. Yoshlik davrida, ayniqsa,
kasbiy yetuklik bosqichida “Men-konsepsiyasi” xar tomonlama boyitiladi, bir
tomondan-hayot va faoliyatning oʻzgaruvchan talablari, ikkinchi tomondan esa-
oʻzini oʻzi baholashning shakllanishi ruy beradi.
Dostları ilə paylaş: