Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

A.K.Markovaning
ta’kidlashicha, “kasbiy shakllanganlik” tushunchasi 
turli ma’nolarda: kasbning shaxsga, uning kasbiy va psixologik sifatlariga 
boʻlgan me’yoriy talablar sifatida va muayyan bir shaxsda mavjud boʻlgan va 
uning kasbiy faoliyatidagi muvaffaqiyatini ta’minlaydigan kasbiy yoʻnaltirilgan 


230 
xususiyatlar majmuining me’yorlari sifatida qoʻllaniladi”. Insonlarning bir-
biridan farq qiladigan hayot yoʻlini qonunlashtiradigan harakatlar, ishonchlar va 
hulq-atvorlarni yagona bir tizimidir. Muallif kasbiy shakllanganlikning kuyidagi 
kategoriyalarini ajratib kursatgan: “shaxsning uzini mutaxassis sifatida 
takomillashtirishi; ichki kasbiy lokus nazorati; mutaxassisning anglangan 
sifatlari, xajmi; shaxsning oʻzini mutaxassis sifatidagi toʻliq obrazi; kasb 
yordamida oʻzini oʻzi rivojlantirish va yetishmaydigan xususiyatlarning oʻrnini 
qoplash qobiliyati va h.k.”
Kasbiy shakllanganlik darajasini aniqlash uchun shaxsning sifat va 
miqdor jixatidan kasbiy tayyorgarlik darajasini, faoliyat samaradorligini, ish 
qobiliyatini, kasbiy yaroqliligini, oʻz ustida ishlashining muvafaqqiyatliligini 
aks ettiruvchi mutaxassisning “malakasi” tushunchasi qoʻllaniladi. Bu 
tavsifnomalar aniq kasbiy faoliyatning muayyan bir shaxs xususiyatlariga 
(kasbiy, psixologik, ijtimoiy va boshqa) qoʻyadigan normativ talablari bilan 
muttanosibdir. 
Yukori 
kasbiy 
malaka, 
mexnat 
sub’yekti yetukligini 
shakllanishining va namoyon boʻlishining muhim sharti hisoblanadi, vaxolanki, 
ayrim vaziyatlarda kasbiy yetuklik yetarli darajada boʻlmasa ham shaxs qator 
mexnat funksiyalarini malakali darajada bajarishi mumkin. Koʻp qoʻllaniluvchi 
“komponentlik" tushunchasi kasbiy shakllanish va kasbiy yetuklikni baholovchi 
me’yor bulib, xali aniq ta’rifga ega emas. U mexnat sub’yektiga nisbatan aniq 
faoliyat talablari yoki aynan, sub’yektning aniq faoliyatning oʻziga xos 
jixatlariga nisbatan munosabatini tavsiflovchi xususiyat sifatida qoʻllaniladi. 
Umuman olganda, bu tushuncha shaxsning qandaydir hayotiy vaziyatlarda, 
ijtimoiy va kasbiy faoliyatda avtoritarligi, shu soxa boʻyicha tushuncha hamda 
bilimlarga egaligi bilan tavsiflanadi. A.K.Markovaning fikricha, muayyan bir 
shaxsning kompetentligi uning kasbiy shakllanishiga qaraganda koʻprok 
uchraydigan tavsifnomasidir. Bunga koʻra, kasbiy kompetentlikning xilma-xil 
turlarini ajratish mumkin: maxsus (mexnat jarayonini amalga oshirishda), 
ijtimoiy (hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishda), shaxsiy (oʻzini oʻzi 
boshqarish va takomillashtirish malakalariga egalik) va boshqalar. Ayrim 
mualliflar kasbiy muloqotdagi, mutaxassis shaxsining rivojlanishidagi 
kompetentlikni xam ajratib koʻrsatadilar.


231 
Kompetentlikning yuqorida sanab oʻtilgan turlari albatta bir insonni toʻliq 
shaklda tavsiflashi shart emas, chunki, shaxs yaxshi mutaxassis boʻlishi 
mumkin, lekin oʻzini oʻzi boshqarish yoki shaxslararo kasbiy muloqot 
malakalariga ega boʻlmasligi mumkin, qolaversa, yuqori darajada kasbiy 
kompetentlikka ega boʻla turib, shaxsiy va ijtimoiy kompetentligi past boʻlishi 
mumkin. Aytish mumkinki, oʻz navbatida professionalizm darajasi sub’yektning 
professionalizatsiyani 
yoʻnalganligi, 
koʻrsatgichi 
va 
mazmuni 
hamda 
mutaxassisning professionallashuv darajasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy, psixologik, 
iqtisodiy va boshqa keng doiradagi kompetentlik bilan shartlangandir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin