227
❖
Psixik faollik tizimini barqarorligini ta’minlovchi, vaqtga bogʻlik
bulmagan xolda namoyon boʻluvchi rivojlanishning aloxida bosqichlarini
beqarorligi;
❖
Senzitivlik, ma’lum vaqt davomida tashqi ta’sirlarga nisbatan psixik
funksiyalarning ta’sirchanligini ortib ketishi;
❖
Taraqqiyotning divergentligi-konvergentligi - bunda psixik taraqqiyot
jarayonining serqirraligini ortishi va saralashning ortishi bilan tavsiflanadi. Bu
qonuniyatlar shaxs kasbiy shakllanishi va
uning taraqqiyoti muammosi
oʻrganilib chiqilgandan soʻng yuqoridagidek tasniflandi.
Kasbiy yetuklikni mutaxassis shaxsining shakllanishi va mexnat
sub’yektining kasbiy shakllanishi jarayoni sifatida koʻrib chiqish maqsadga
muvofiqdir. Bu jarayon mexnat faoliyatini boshqarish va amalga oshirish bilan
bogliq, lekin u faqatgina operatsional soxa taraqqiyoti, bilim, koʻnikma va
malakalarni oʻzlashtirish
bilan cheklanib qolmaydi, balki S.L.Rubinshteyn,
B.G.Ananev, B.F.Lomov, A.N.Leontev va boshkalarning tadqiqotlarini guvohlik
berishicha, shaxs ijtimoiy xulq-atvorini psixik boshqarishning funksional
tizimini shakllanishi bilan bogʻliq. Bu jarayonda shaxsning kasbiy kamolotini
asosiy qonuniyatlari xaqidagi tasavvurlarning taraqqiyoti va turli omillar
ta’sirida uning dinamikasini boshqarish muhim rol oʻynaydi, buning natijasida
shaxs oʻzini kasbiy faoliyat sub’yekti sifatida anglay
boshlaydi va kasbining
ijtimoiy axamiyatlilik darajasini tushunadi. Shaxsning kasbiy shakllanish
jarayonida aniq faoliyatning mohiyatini ochish dinamikasidagi maqsadga
yoʻnalganlik, uning imkoniyatlarini bosqichma- bosqich kashf qilinishi va uning
alohida komponentlari hamda tuzilishining oʻzgarishini muhim manbasi boʻlib
hisoblanadi. Mexnat sub’yektining kasbiy shakllanishi, shaxsning mutaxassisga
aylanish jarayonida faoliyatning operatsional tomonini egallash qobiliyatini
qidirish va yaratish, faoliyatning psixologik tizimi
komponentlarini uzaro
aloqasi va mazmunini oʻzlashtirishini oʻz ichiga oladi. Bu jarayonni
boshqarishning asosiy mexanizmlaridan biri oʻzi hakidagi tasavvurlarning
(“Men-konsepsiyasi”), “Men-mutaxassis” obrazi va mutaxassis modeli
namunasining shakllanishi,
qolaversa, bu tasavvurlarning muvofiqligi, ular
orasidagi qarama-qarshiliklarni aniqlash va taxlil qilish hisoblanadi. Koʻrsatib
228
oʻtilgan sub’yektiv modellarning roli qator tadqiqotlarda oʻz aksini topgan
boʻlib, ular: “stereotiplashgan kasbiy namunalar shaxs tajribasining toʻliq
integratsiyasiga yoʻl qoʻymaydi, bu vaziyatda kasbiy shakllanish shaxs
taraqqiyoti uchun toʻsiq boʻlib xizmat qilishi ham mumkin”, degan goyani
tasdiqlaydilar. Faqatgina
individuallashtirilgan, qolaversa, shaxsning individual
xususiyatlarini inobatga olgan xolda yaratilgan kasbiy namunagina shaxs
taraqqiyoti uchun xizmat qilishi mumkin, chunki
ular muayyan bir shaxsning
oʻziga xos xususiyatlari bilan muvofiq boʻladi.
Dostları ilə paylaş: