Dj. Raven (2003) tadqiqotlari kompetentlikning tuzilishli - funksional
konsepsiyani asoslashga imkon berdi va u quyidagilarda aks etadi:
1. Eng avvalo, shaxs qadriyatlari, ijtimoiy-siyosiy ishonchi va fikrini
aniqlovchi shaxs motivatsion-qadriyatlar sohasini tizimli ravishda namoyon
boʻlishi va shakllanishining ahamiyati.
2. Shaxsiy qadriyatlarning mexnat jarayonini tashkil qilish va mazmuniga
nisbatan bevosita qiziqish, liderlik, tashkilotchilik kabi xususiyatlarda aks etishi.
3.
Kompetentlikning
tabiati
kognitiv,
emotsional
va
irodaviy
jarayonlarning, individning maqsadga erishishini ta’minlovchi masalalarni
echishga, xal qilishga tayyorligini baholash mezoni va namoyon boʻlishiga
asoslangan boʻladi.
3. Kompetentlik faqatgina oʻzining faol komponentlari hisobiga emas,
balki yangi hayotiy vaziyatlarda namoyon boʻlishi mumkin boʻlgan passiv
komponentlari hisobiga xam shakllanib boradi.
4. Kompetentlik oʻzining bir-biridan mutlako mustaqil, lekin bir- birini
oʻrnini axamiyatli darajada samarali xulk-atvor omili sifatida egallab tura
oladigan, koʻp sonli komponentlari yordamida aniklanadi.
Kompetentlikning tarkibiy qismlari qatoriga kognitiv, emotsional,
irodaviy sifatlardan tashqari oʻziga ishonch (oʻzining kasbiy bilimlariga, liderlik
qobiliyatiga va b); qaror qabul qilish va uning ijrosini boshqarish malakasiga
ega boʻlish; qiziqarli umumiy maqsadlarni qidirish, anglash va qaytarma aloqani
qoʻllashdagi
samarali
faoliyat;
oʻzini oʻzi boshqarish, oʻzini oʻzi
takomillashtirish qobiliyatlariga ega boʻlish; oʻzini oʻzi nazorat qilish,
232
moslashganlik,
murakkab
muammolarni
xal
qilishga
tayyorlik
va
tavakkalchilikka moyillik, qat’iyatlilik, kasbiy mas’uliyatlilik va boshqalarni
kiritishimiz mumkin.