Reorientatsiya bu-
Qayta kasbga yoʻllash (reorientatsiya) oʻta
insonparvarlik (gumanistik) gʻoyasida oʻz kasbini oʻzgartiruvchi yoki ishsiz
qolgan shaxs ruhiyatiga singdirishni anglatadigan jarayon.
Ishsizlik, ish oʻrnini yoʻqotish ayollarda oʻkinchili (ayanchli) his –
tuygʻular qobigʻida oʻta murakkab kechadi, goʻyoki tragediya, halokat, judolik
235
vujudga
kelganda
ham
ekstravertlik,
ham
introvertlik
xususiyatlari
uygʻunlashganday yuz beradi.
Psixologiya fanida kasb tanlashga yoʻllash (proforientatsiya) atamasi
qadim zamondan qoʻllanib kelinadi. Lekin ijtimoiy hayotning keyingi davrlarida
boshqa bir atama fanimizga kirib keldi, u reorientatsiya (qayta yoʻllash) deb
atalib, insonni yangi bir moslashmaga (koʻnikmaga) kasbga yoʻnaltirishni
bildirib keladi. Qayta kasbga yoʻllash (reorientatsiya) oʻta insonparvarlik
(gumanistik) gʻoyani kasbini oʻzgartiruvchi yoki ishsiz qolgan shaxs ruhiyatiga
singdirishni anglatadi. Ishlab chiqarishga avtomat qurilmalarning (elektron
moslamalarning, robotlarning) kirib kelishi ish oʻrinlarining qisqarishiga olib
keladi. Muassasa, tashkilot, korxona rentabelligining pasayishi ham xodimlarga
nisbatan ehtiyojning kamayishini keltirib chiqaradi. Ma’lumki, bozor
iqtisodiyoti raqobatga asoslanadi, shuning uchun testlarga bardosh beruvchi,
yuqori
malakali,
mahoratli,
bilimdon,
komil
insongina
sinovlardan
muvaffaqiyatli oʻta oladi, xolos. Oʻrta
miyona darajadagi mutaxassislar esa ish
oʻrnini yoʻqotib, vaqtincha ishsizlar
roʻyhatiga kiradi.
Reorientatsion jarayon
Ishsizlik, ish oʻrnini yoʻqotish
ayollarda
oʻkinchli (ayanchli) his-
tuygʻular qobigʻiga oʻta murakkab kechadi, goʻyoki tragediya, halokat, judolik
vujudga
kelganda
ham
ekstravertlik,
ham
introvertlik
xususiyatlari
uygʻunlashganday yuz beradi. Erkaklar esa bunday vaziyatlarga matonat bilan,
iloji boricha hissiyotlarga berilmasdan, aql-zakovat maromlariga tortilganlik
toʻygʻusi ustuvorligida namoyon boʻladi. Erkaklarda achinish, xafaxonlik
kechinmalari tarzida hukm surishi, asta-sekin uning ta’sir kuchi pasayishi
kuzatiladi. Bunda insonning ruhiy kechinmalari keskin oʻzgarishining asosiy
omillari sifatida uning ish davri va yoshi ijtimoiy muammo maydoniga chiqadi.
Yoshning ulgʻayishi yangi muhit, oʻzgacha sharoit, notanish jamoa va uning
nufuzi kabi masalalar yechimiga salbiy munosabatni keltirib chiqaradi. Mazkur
ob’yektga uzoq davr mehnat faoliyatini bagʻishlash ham frustratsiya holatini
236
harakatlantiruvchi safida asosiy rol oʻynashi mumkin. Xullas, har ikkala omil
ham frustratsiyaning manbai vazifasini oʻtaydi (bajaradi), noxush muvaqqat
kechinmalar vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi jarayonlarini uzluksiz
ravishda bajarib turadi. Hozirgi zamon mehnat birjalarida reorientatsiya (qayta
kasbga yoʻllash) ishlari olib borilishi markazlashtirilgan. maxsus xodimlar
kompyuter xotirasiga joylashtirilgan shahar, tuman boʻyicha ixtisoslar boʻyicha
yoki ixtisoslararo mutaxassislar roʻyxati (zaruriyati, ehtiyoji, talabi) bilan ish
izlab kelgan muhtoj shaxs tanishtiriladi. Aksariyat mehnat birjalarida
psixologlar yetishmaganligi tufayli tasodifiy xodim ish bilan ta’minlash, boʻsh
oʻrinlarni toʻldirish bilan shugʻullaniladi, xolos. Aslida esa bu xizmat qator
omillarni tekshirish, oʻrganishni taqozo etadi, ilmiy psixologik qonuniyatlar
asosida ish yuritishni talab qiladi, chunonchi:
1. Shaxsning fazilatlari, xarakterologik hislatlari.
2. Hissiy jabhalari va irodaviy sifatlari.
3. Insonning kognitiv va regulyativ imkoniyatlari.
4. Ehtiyoji, motivi, motivatsiyasi, motivirovkasi.
5. Kasbiy mayli, qiziqishi, layoqati.
6. Professiogramma talablariga mosligi, kasbiy yarogʻligi.
7. Iqtidori (iste’dodi), qobiliyati, salohiyati.
8. Kasbiy bilimlari, koʻnikmalari, malakalari, mahorati.
9. Umumiy saviyasi, dunyoqarashi, maslagi (e’tiqodi).
10. Salomatligi, jinsiy xususiyatlari, yoshi.
11.Izlanuvchanligi,
ijodiy
imkoniyatlari,
innovatsiyaga
nisbatan
munosabati.
12. Ijtimoiy etukligi, tashkilotchilik qobiliyati.
13. Ekstravertligi va introvertligi.
14. Yuksak insoniy tuygʻularga (axloqiy, aqliy, nafosat, praksik) egaligi.
15. Fidoiylik, altruistik, vatanparvarlik fazilatlari ustuvorligi va boshqalar.
Yuqorida sanab oʻtilgan mezonlar boʻyicha tekshirish ishlari bir necha
metodlar, metodikalar orqali koʻp seriyali tajribalar negizida amalga oshiriladi.
Buning uchun testlardan qobiliyatga, shaxsga, ijodiyotga, xotiraga shaxslararo
munosabatga (oid), maxsus ishlab chiqilgan materiallardan, maqsadli
237
vaziyatlardan, qiyinlashtirilgan topshiriqlardan, muammolardan, psixologik
treninglardan, psixodramalardan va boshqalardan foydalaniladi.
Olingan natijalar sifat va miqdor jihatdan tahlil qilingandan keyin
muayyan xulosalar chiqariladi. Xulosalar asosida reorientatsiya sub’yekti
roziligida ishga muhtoj shaxs taklif qilingan kasbga yoʻnaltiriladi. Ish joyning
masofasi, uning ekologiyasi, sangigienasi, maoshi, istiqboli, muammoli jihatlari
yuzasidan mukammal fikr almashiniladi, toki shartnoma qonuniy hujjat ekanligi
(qiymatiga) zarar keltirmasin (ba’zan kelishuvdan voz kechish holatlari ham yuz
berib turadi). Psixologik kuzatishlarning kosatishiga qaraganda, reorientatsiya
(kasb tanlashga yoʻllash) kabi bosqichlardan tashkil topgan boʻlib, ular qisqa
fursatda (muddatda) oʻtishi bilan oʻzaro muayyan darajada tafovutlanadi.
Jumladan, kasbiy maorif, kasbga yolash, kasbga saralash, kasbiy moslashish
tezkorlikda, mukammal, oʻziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ayniqsa,
kasbiy moslashish davri oziga xos tarzda kechadi, bir bosqich ikkinchisi bilan
silliq uzviy boglanib ketadi. Kasbning moddiy (iqtisodiy) tomoni, ijtimoiy
faollik (nufuzga egalik), ma’naviy ta’minlanganlik (ruhiy kotarinkilik
hissiyotining ustuvorligi) insonning qaytatdan ijtimoiy hayotdan oʻz oʻrnini
topish imkonini yaratadi, uning umrini uzaytiradi, ruhiy imkoniyatlari,
zaxiralari, potensiyasi, rezervi ishga tushishiga puxta negiz hozirlaydi.
Reorientatsiya (qayta kasbga yoʻllash) gumanistik psixologiya tamoyillarini
turmushga tatbiq etishga zarur shart-sharoitlar yaratadi. Inson omilini
qadrlashga, butun imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishga, ezgu niyat, orzu havas,
istak-xohish ushalishiga negiz vujudga keltiradi. Koʻp profilli kasb-hunar egalari
safini kengaytirishga xizmat qiladi, komillikka intilish tuygʻusini jonlantiradi,
zarur bilimlar, malakalar bilan qurollantirishga turtki beradi.
Dostları ilə paylaş: |