Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

A.A.Reanning
ta’kidlashicha, etuklik davrida “Men-konsepsiyasi” kasbiy 
faoliyat ta’sirida, koʻpgina maxsus konsepsiyalarning namoyon boʻlishi hisobiga 


234 
shakllanadi. Ular reallashib, professional maxoratning oʻsishi bilan bogʻlik 
ravishda rivojlanib boradi. Shaxs asta-sekinlik bilan oʻz imkoniyatlarini 
namoyon qiluvchi maqsadlarni tanlashda oʻta sinchkov va ishning natijasiga 
mas’uliyat bilan yondashadigan boʻlib boradi. “Shaxsning axloqiy qoidalar va 
ayniqsa, muhim shaxsiy qadriyatlar doirasida oʻzini oʻzi faollashtirish” Men- 
konsepsiyasining tub moxiyatiga singib boradi. Kasbiy yetuk shaxslarda 
ularning oʻzlari xaqidagi ma’lumotlarga asoslangan xolda oʻzini oʻzi 
baholashning kognitiv komponentlari kuchayib boradi. Oʻzini oʻzi baholashning 
emotsional komponenti esa biroz cheklanadi.
 
4.3. REORIENTATSIYA - PSIXOLOGIYANING ASOSIY MUAMMOSI 
SIFATIDA 
4.3.1. Qayta kasbga yoʻllashning psixologik mohiyati 
Psixologiya fanida kasb tanlashga yoʻllash (proforientatsiya) atamasi 
qadim zamondan qoʻllanib kelinadi. Lekin ijtimoiy hayotning keyingi davrlarida 
boshqa bir atama fanimizga kirib keldi, u reorientatsiya (qayta yoʻllash) deb 
atalib, insonni yangi bir moslashmaga (koʻnikmaga) kasbga yoʻnaltirishni 
bildirib keladi. 
Ishlab chiqarishga avtomat qurilmalarning (elektron moslamalarning
robotlarning) kirib kelishi ish oʻrinlarining qisqarishiga olib keladi. Muassasa, 
tashkilot, korxona rentabelligining pasayishi ham xodimlarga nisbatan 
ehtiyojning kamayishini keltirib chiqaradi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti 
raqobatga asoslanadi, shuning uchun testlarga bardosh beruvchi, yuqori 
malakali, mahoratli, bilimdon, komil insongina sinovlardan muvaffaqiyatli oʻta 
oladi, xolos. Oʻrtamiyona darajadagi mutaxassislar esa ish oʻrnini yoʻqotib, 
vaqtincha ishsizlar roʻyhatiga kiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin