Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Ixtiyorsiz diqqat
– 
kishining anglashilgan niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil boʻladi 
va qoʻllab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo boʻlishi jismoniy, 
psixofiziologik va psixik omillar bilan belgilanadi. Diqqatni kuchli 
qoʻzgʻatuvchilar baland ovoz, yorqin nur va boʻyoq, kuchli hid jalb etadi. 
Individning ehtiyojlariga muvofiq keladigan va uning uchun ahamiyatga ega 
boʻlgan qoʻzgʻatuvchilar ixtiyorsiz diqqatni qoʻzgʻaydi. Ixtiyorsiz diqqatda 
bevosita qiziqishning roli benihoya kattadir, shuningdek shaxsning umumiy 
yoʻnalganligiga ham bogʻliqdir. Ixtiyoriy ongli ravishda boshqariladigan va 
tartibga solinadigan diqqat e’tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida 
hosil boʻladi. Ixtiyoriy diqqatning oliy turi mehnat jarayonida tarkib topadi. 
Ixtiyoriy diqqatning vazifasi psixik jarayonlarning kechishini boshqarib 
turishdan iboratdir. Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqatni alohida koʻrsatish 
mumkin. Bu tushunchani fanga psixolog olim N.F.Dobrinin kiritgan. Ixtiyoriy 
diqqatdan keyingi diqqat biror narsaga uzoq vaqt davomida juda ham barqaror 
qaratilishi bilan belgilanadi, koʻproq yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy 
faoliyatni, barcha turdagi mehnatning yuksak unumdorligini asosli ravishda ana 
shunday diqqat turi bilan bogʻliq deb hisoblaydilar. Tevarak- atrof bogʻliq 
tovushlar va ranglar, xidlar va harorat, miqdor va oʻlchamlar hamda koʻplab 
boshqa 
narsalar 
toʻgʻrisida 
biz 
sezgi 
organlari tufayli bilamiz. Kishi vujudi sezgi 
a’zolari yordamida sezgilar shaklida tashqi 
va ichki muhitning holati haqida rang-barang 
ahborot olib turadi.
Ta’lim 
jarayonida 
ta’lim 
olayotganlarning har birida individual psixik 
jarayonlar, ya’ni idrok, diqqat, xotira, 
tasavvur, hayol va tafakkur namoyon 
boʻladi. 
Ular 
ta’lim 
olayotganlarning 
bilimlarni 
oʻzlashtirish 
faolligini 
aniqlaydilar. Shu bilan birga samarali bilish 
faoliyati 
bilimlarni 
oʻzlashtirish jarayoni bilan kasbiy tafakkurning 


115 
shakllanishini yaqinlashtiradi. Ta’lim olayotganlarni tarbiyalash aqliy 
rivojlanish bilan uzluksiz bogʻliqdir, unga mutaxassis faoliyatini oʻziga xos 
xususiyatlarini rivojlantirish, uning kasbiy qobiliyati, tadbirkorlik sifatlari va 
boshqaruvchanligi, ijodiy iqtidori va qiziqishlarini oʻstirish orqali amalga 
oshiriladi. Ta’lim olayotganlarning oʻquv materialini uzluksiz, sidqidildan va 
astoydil oʻzlashtirilishi natijasida mehnatga, bilimga chanqoqlik, irodaviy 
sifatlarni muntazam ravishda shakllantirish, oʻziga nisbatan talabchanlik va 
boshqaruvchilik koʻnikmalarini shakllantirish orqali erishiladi. Biroq bunday 
tarbiyaviy samaraga oʻqishni yuqori darajada tashkil etish va baho qoʻyishda 
odillikka asoslanish hamda talabchanlik orqali erishiladi. Xotira va shaxs 
tajribasining boyligi. Odam koʻrgan, his qilgan va eshitgan narsalarining juda oz 
miqdorinigina eslab qola oladi. Ma‘lum boʻlishicha, bir vaqtning oʻzida odam 
ongida 7 tadan ortiq belgiga ega boʻlgan ma‘lumotning qolishi qiyin ekan ekan. 
Bu ettita soʻz, son, belgi, narsaning shakli boʻlishi mumkin. Agar telefon 
raqamlari 8 ta belgili boʻlganda, uni yodda saqlash ancha qiyin boʻlarkan. 
Demak, ongning tanlovchanligi va ma‘lumotlarni saralab, terib ishlatishi yana 
bir psixik jarayonni - xotirani bilishimiz 
lozimligini bildiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin