Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Xotira turlari
. Psixik faollikga koʻra xotira 
ixtiyoriy va ixtiyorsiz boʻlishi mumkin. Faoliyat maqsadiga koʻra – harakat, 


117 
emotsional, obraz va soʻz –mantiq xotiraga ajratiladi. Muddatiga koʻra uzoq 
muddatli, qisqa muddatli va operativ xotira turlariga boʻlinadi. Ixtiyorsiz xotira 
esda olib qolish va esda saqlash oraligʻida biror bir maqsadsiz yuz berishi 
bogʻliq xotiradir. Ixtiyorsiz xotira- maqsad qoʻyiladi, material tanlanadi va 
maxsus usullar asosida xotirada saqlanib qolinadi. Harakat xotira – esda olib 
qolish, esda saqlash va esga tushirishlar harakat bilan bogʻliq boʻladi. “Oltin 
qoʻllar” yaxshi xotira misolidir. Emotsional xotira- his tuygʻuga asoslangan 
xotiradir. (Masalan, u ma‘ruza qilayotganda undash, qoʻrquv, ishonchsizlikni 
eslab qoladi.) Obraz xotira – tasavvurlar, tabiat hayotiga bogʻlangan xotira. 
Masalan, rus rassomi N.N.Ge Petr 1 ning saroyiga borib, bir koʻrishdayoq 
xonaning barcha koʻrinishlarini esda saqlab 
qolgan. Eydetik xotiraga (yunon. Eidos –obraz, 
tur)ega boʻlgan kishilar kam uchraydi. Bu xotira 
turida idrok qilingan obrazlar aniq va ravshan 
boʻlib saqlanadi. mantiq xotira – xotira asosida 
fikrlar, soʻzlar, tushunchalar yotadi. (pedagogik 
faoliyatning asosiy xotira turi). Qisqa muddatli 
xotira – juda qisqa esga olib qolish va esga 
tushirish bilan bogʻliq xotira. Uzoq muddatli 
xotira turli ma‘lumotlarni inson tomonidan uzoq 
muddatga saqlanishida ifodalanadi. U juda koʻp 
qaytarish va esga tushirish evaziga yuzaga keladi. Operativ xotira- uzoq muddat 
xotirada saqlanib zarur vaqtda esga tushirish bilan bogʻliq boʻlgan xotira turidir. 
(masalan, matematik misollarni echishda, operativ xotiraning roli juda katta) 
Genetik xotira turi mavjud boʻlib, u genotip bilan shartlashgan boʻlib, avloddan-
avlodga oʻtadi. Xotiraning individual xususiyatlari Psixologiyada xotiraning 
quyidagi individual turlari ajratiladi – ko„rish, eshitish, motor va aralash. 1) 
koʻrish turi – koʻrish orqali materialni tez eslab qolish. 2) Eshitish turi- eshitish 
orqali materialni yaxshi esda olib qolish. 3) Motor turi- odamni qayta takrorlash 
yoki yozib orqali esda olib qolishidir. 4) Aralash turi – bunda koʻrish eshitish, 
koʻrish-motor, eshitish motor turlari haqida gapirish mumkin. Hayol –ong 
faoliyati boʻlib, mavjud tasavvurlar orqali yangi, hayotida mavjud boʻlmagan 


118 
obrazlar, ob’yektlarni yaratishdir.Hayolning funksiyasi – oʻtgan tajriba 
natijalarni qaytma ishlashdir. Hech narsasiz hayol mavjud boʻlishi va yaratilishi 
mumkin emas, ushbu tasavvurlar xotira tasavvurlaridan farq qiladi va hayol 
tasavvurlari deb ataladi. Agglyutinatsiya – bir necha predmetlarni qismlarini 
alohida bir yagona obrazda birlashtirish (yopishtirish)dir. Akksentrlashtirish – u 
yoki bu xususiyatlarga urgʻu berish orqali yangi obrazlarni yaratish. Masalan, 
Bahodirlar, 
liliputlar, 
Gulliver 
obrazlari 
bunga 
misol 
boʻla 
oladi. 
Sxemalashtirish –biror bir obrazlarni tasvirlashda umumiy bosh xususiyatlarga 
toʻxtalish. Tushlar - uyquga yuzaga keladigan ixtiyorsiz obrazlar boʻlib, ular tez 
unutilishi yoki uzoq muddati saqlanishi mumkin. Reeproduktiv hayolda aniq 
real vazifani amalga oshirish maqsad qilib quyiladi, unda fantaziya elementlari 
mavjud boʻladi. Bunday hayol xotira yoki idrokka oʻxshab ketadi. Masalan, 
Amir Temur yurishlari, badiiy adabiyotda tabiat manzaralarning ifodalanishi 
shular jumlasiga kiradi. Produktiv (ijodiy) hayol- bizning tajribamizda mavjud 
boʻlmagan obraz va ob’yektlarni yaratish bilan bogʻliq boʻlgan hayol turidir. 
Masalan, ixtirochi, yozuvchi yangi narsa yaratadi. Pedagogik fikr tarixi va 
maktab amaliyotida oʻqituvchi mahorati masalalari oʻqituvchi kasbi sharafli va 
oʻziga xos murakkab boʻlib, pedagogik mahorat fani esa ilgʻor oʻqituvchilar va 
olimlarning amaliy va nazariy bilimlarining yigʻindisidir. Sharq pedagogikasi va 
pedagogik mahorati ming yillik tarixga ega boʻlib, nazm mulkining sultoni 
A.Navoiy, A.Jomiy, Koshifiy va boshqalarning asarlarida nutq, notiqlik sa‘nati, 
madaniyati haqida, soʻz va uning inson ruhiyatiga ta‘siri haqida juda koʻp, 
qimmatli, durdona fikrlari mavjud.
Inson xotirasining yaxshi boʻlishi, ya‘ni his-kechinmalarimiz, koʻrgan - 
kechirganlarimizning mazmuni tolaroq miyamizda saqlanishi quyidagi omillarga 
bogʻliq: -esda saqlab qolish bilan bogʻliq harakatlarning yakunlanganlik 
darajasiga; - shaxsning oʻzi shugʻullanayotgan ishga nechogʻlik qiziqish 
bildirayotganligi va shu ishga moyilligiga; -shaxsning bevosita faoliyat 
mazmuni va ahamiyatiga munosabatining qandayligiga; -shaxsning ayni 
paytdagi kayfiyatiga; -irodaviy kuchi va intilishlariga. Umuman, xotiraning 
samaradorligi eslab qolishning koʻlami va tezligi, esda saqlashning davomiyligi, 
esga tushirishning aniqligi bilan bogʻlanadi. Demak, odamlar ham aynan shu 


119 
sifatlarga koʻra ham farqlanadilar: -materialni tezda eslab qoladiganlar; -
materialni uzoq vaqt esda saqlaydiganlar; -istagan paytda osonlik bilan esga 
tushiradiganlar. Ba‘zi odamlarning xotirasiga xos jihatlarni tugʻma deb atashadi. 
Toʻgʻri, oliy nerv tizimi, uning oʻziga xos ishlash xususiyatlari xotiraning oʻziga 
xos individual uslubini belgilashi mumkin. Xotiraning qonunlari shaxs oʻz 
xotirasini yaxshilash istagi boʻlsa, u xolda xotiraning sakqiz qonunini eslab 
kuyishni taqlif etamiz: 1. Anglanganlik qonuni. Oddiy, lekin murakkab qonun, 
ya‘ni berilgan materialni qanchalik chuqur anglasak, shunchalik uni mustahkam 
xotirada muhrlagan boʻlamiz. 2. Qiziqish qonuni. Anatol Frans: «Bilimlarni 
yaxshi hazm qilish uchun uni ishtaha bilan yutish kerak» deganda, albatta, 
materialga jonli qiziqish bilan munosabatda boʻlishimiz, va uni yaxshi 
koʻrishimiz kerakligini nazarda tutgan. 3. Ilgarigi bilimlar qonuni. Ma‘lum 
mavzu yuzasidan bilimlar qanchalik koʻp boʻlsa, yangisini esda saqlab qolish 
shunchalik oson boʻladi. 4. Eslab qolishga tayyorlik qonuni. Biror materialni 
eslab qolishdan avval, boʻlgusi aqliy ishga qanday hozirlik koʻrgan boʻlsangiz, 
shunga mos tarzda eslab qolasiz. 5. Assotsiatsiyalar qonuni. Bu qonun haqida 
eramizdan avval Arastu ham yozgan edi. Qonunning mohiyati shundaki, bir 
vaqtda shakllangan tasavvurlar xotirada ham yonma-yon boʻladi. 6. Birin - 
ketinlik qonuni. Harflarni alfavitdagi tartibida yoddan aytish oson, uni 
teskarisiga aytish qiyin boʻlganidek, xotirada ham ma‘lumotlarni ma‘lum 
tartibda joylashtirishga va kerak boʻlganda, tartib bilan birin-ketin tiklash 
maqsadga muvofiqdir. 7. Kuchli ta’ssurotlar qonuni. Eslab qolinadigan narsa 
toʻgʻrisidagi birinchi ta’ssurot qanchalik kuchli boʻlsa, unga aloqador obraz ham 
shunchalik yorqin boʻladi. 8. Tormozlanish qonuni. Har qanday muayyan 
ma‘lumot oʻzidan oldingi ma‘lumotni tormozlaydi.
Ta’lim atamasi koʻpgina ma’nolarga ega boʻlsa ham oʻqituvchi tomonidan 
foydalaniladigan atama uning oʻquv dasturiga, oʻqishga, shu bilan birga 
masalalariga, tayyorgarligi va yetkazilishiga munosabati ta’kidlanadi. Koʻrib 
chiqilayotgan ikkita asosiy psixologik ta’lim istiqboli – bixiveriostik va 
konstrutivistik yoʻnalishlari muhim gʻoyalarni oʻqituvchilarga taklif etgan. 
Bixevioristik nuqtai nazaridan ikkita asosiy ta’lim nazariyasi yoki ta’lim modeli 
ya’ni mustahkamlash javobgari va operant mustahkamlash muhim ahamiyatga 


120 
ega. Mustahkamlash javobgari qanday qilib avvalgi neytral assotsiatsiyalar 
talabalarda axamiyatli javob berishga chaqirish xuquqini qoʻlga kiritishi xaqida 
yoritiladi. Operant mustahkamlash qanday qilib xulq- atvor uchun oqibat va 
signallar tez-tez qaytarilib turadigan xulqni chaqirishi yoritilgan. Har qanday 
vaziyatda oʻqituvchining nuqtai nazaridan xulq-atvor reaksiyalari yoqimli yoki 
yoqimsiz boʻlishi mumkin.
Asosiy psixologik yoʻnalishlardan boshqa biri – konstruktivizm – odamlar 
tajribasi bilan va faol oʻzaro faoliyati yoʻli orqali bilimlarini qurishi haqida 
yoritadi. Konstruktivizmning psixologik versiyasi oʻquvchilarni individual 
javoblari, ularning nimaga moyilligini tadqiq qilish, ularni oʻzlashtirish va 
moslashtirish yoʻllarini ta’kidlaydi. Konstruktivizmning ijtimoiy versiyasi ancha 
ekspert boʻlib qolgan odamlar oʻquvchilar uchun yangi bilimlarni qurish 
imkoniyatlarini yaratish mumkinlini ta’kidlaydi. Ijtimoiy konstruktivizm 
oʻqituvchi roliga Blumning ta’lim maqsadlari sistematikasiga mos keladigan 
oldindan tayyorlangan ta’limiy rejalashtirishni kiritishi kerak, shu bilan birga 
oʻqituvchilar talabalarni oʻz shaxsiy ta’lim olishini nazorat qilishga undash 
uchun metabilishni ragʻbatlantirishlari lozimligi haqida gapiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin