66
Anketa metodi
Umumiy psixologiyada keng qoʻllaniladigan metodlardan biri boʻlib,
unda odamlarning psixologik xususiyatlari narsa
va hodisalarga nisbatan
munosabatlari oʻrganiladi. Anketa odatda 3 xil boʻlib, birinchi xilida
anglashilgan motivlarni aniqlashga moʻljallangan savollardan iborat boʻladiki,
ikkinchi xilida esa faqat bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir
nechtadan tayyor javoblar ham beriladi. Uchinchi xil anketada sinaluvchiga
havola qilinganda kamida toʻrt besh toʻgʻri javoblari ballar yordamida
baholanadi. Anketa metodidan odamlarning layoqatlarini
muayyan sohaga
qiziqishlari, qobiliyatlari, oʻziga, tengdoshlariga katta va kichiklariga
munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning
xarakter
hislatlari, xulq atvorlarini tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin.
Tarqatilgan anketalar yigʻib olinib, elektron hisoblash mashinalari
dasturiga muvofiqlashtirib atroflicha amaliy xulosalar chiqariladi. Anketa
metodiinson psixikasining ayrim tomonlarini oʻrganish
uchun boy material
toʻplash imkonini beradi, lekin unda olinadigan ma’lumotlar doimo xolisona
xususiyatga ega boʻlavermaydi. Bunga yoʻl qoʻymaaslik uchun anketa ichidagi
nazorat vazifasini bajaruvchi toʻgʻri va qarshi savollarni
puxta ishlab chiqarish
kerak.
Quyida anketa varaqasidan namuna keltirib oʻtamiz.
1.
Kursingizda eng yuqori obroʻga ega boʻlgan talaba qaysi?
2.
Sizningcha, kursdoshlaringiz ichidan kim mehr, his – tuygʻusini uygʻota
oladi?
3.
Oʻqish bilan bogʻliq muammolar yuzasidan siz kimga murojaat qilishni
xohlar edingiz?
4.
Shaxsiy kechinmalaringiz haqida siz kim bilan fikr almashishni xohlar
edingiz?
5.
Oʻrtoqlaringiz ichidan kimni uyingizga mehmonga astoydil taklif qila olasiz?
6.
Kursdoshlaringiz
ichida
kim
bilan
mashgʻulotlarga
birgalikda
tayyotayyorlanishni yoqtirasiz?
7. Qaysi kursdoshingiz bilan suhbatlashishni aslo yoqtirmaysiz?
Dostları ilə paylaş: