Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Oʻqitishning afzallik jihatlari. 
Nega oʻqituvchi boʻlmoqchisiz? Javoblar qisqa va oson: 

yoshlardagi oʻsishning turli-tumanligi va oʻrganishdan ularning 
quvonchlariga guvoh boʻlasiz 

oʻzingiz va boshqalar uchun butun hayot davomida oʻqib-oʻrganishni 
ta’minlash 

fikrlash va qiziqarli qilish , yoshlar uchun hayot faoliyatini yuzaga 
keltirish uchun boʻlgan chaqiriqlarni oʻz tajribasiga koʻra bilish 
Bu yerda albatta, oʻqitishning yuqorida aytib oʻtilgan qiymatlaridan 
tashqari boshqa koʻproq jihatlar ham bordir. Masalan, tasavvur qiling, “yoshlar” 
yuqoridagilardan foydalanishlari mumkin. Ular bir sinfning oʻzida olti yosh 
boladek, boshqasida oʻn olti yosh yoki undanda katta boladek tutishlari mumkin. 
Ular boy yoki kambagʻal yoki qandaydir boshqacha iqtisodiy sharoitda 


82 
boʻlishlari mumkin. Ular turli etnik qatlamlardan kelib chiqqan boʻlishlari 
mumkin. Ularning birinchi tillari ingliz tili yoki boshqa til boʻlishi mumkin. Bu 
yerda barcha turdagi ehtimolliklar mavjud. Lekin muayyan turdagi talabalar kim 
boʻlishidan qat’i nazar ular inson boʻlishda imkoniyatlari bor: iqtidorlar va 
shaxsiy xususiyatlar oxirigacha ehtimol amalga oshirilmagandir, rahbar va 
mutaxassislarning yoki boshqalarning tarafdorlarining jamiyatdagi ishtirokini 
oshirish. Oʻqituvchining ishi – aslida Oʻqituvching majburiyatlaridir, va unga 
oʻziga xos boʻlgan yoshlarning imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish kiradi. 
1
Abu Rayxon Beruniy ta’lim va tarbiyaning maqsadi, vazifalari va mavqei, 
inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma’noda insonparvarlik 
va insonshunoslik zamirida yaratilgan. Bilim va tarbiyaning tabiatga uygunlik 
tamoyillarini mutafakkirning barcha asarlarida kuzatish mumkin. U insonni 
tabiatning bir qismi deb ta’kidlaydi.
Beruniy ta’lim jarayonining mohiyatiga chuqur kirib borib, bolalarning 
yosh xususiyatlarini hisobga olish asosida qurilgan oʻqitish samarali boʻlishini 
uqtiradi. Beruniy pedagog ijodida inson va uning baxt–saodati, ta’lim–tarbiyasi, 
kamoloti bosh masala boʻlgan. Oʻrta asrda yashab, ijod etgan donishmand, 
tabobat ilmining doxiysi Abu Ali ibn Sino inson ruhiyati, tana va kalbning 
birligi, inson organizmining tuzilishi, undagi nerv faoliyati va ularning 
tarmoklanishi, holatlari haqidagi qimmatli ma’lumotlari hozirga qadar 
tibbiyotning muhim negizini tashkil etadi. Abu Ali ibn Sinoning fikricha: 
―...Oʻqituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgoʻy va bolani tarbiyalash 
metodlarini, ahloq qoidalarini yaxshi biladigan odam boʻlmogʻi lozim. 
Oʻqituvchi oʻquvchining butun ichki va tashki dunyosini oʻrganib, uning aql 
qatlamlariga kira olmogʻi lozim. 
Yusuf Xos Xojib ijodining bosh masalalaridan biri - komil insonni 
tarbiyalashdir. U oʻz asarlarida eng komil, jamiyatning oʻsha davrdagi 
talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan boʻlsa, shu 
asosda u oʻz tamoyillarini izchil bayon etadi. «Qutadgʻu bilig» («Saodatga 
Kelvin Seifert Educational Psychology 2009, 8-bet. 


83 
yoʻllovchi bilim») asari ta’lim va tarbiya, ma’naviy kamolotning yoʻl– 
yoʻriqlarini, usullarini, chora-tadbirlarini oʻzida mujassamlashtirgan, ahloq va 
odobga doir ma’naviy manbadir. Abduraxmon Jomiyning «Bahoriston», 
«Xirandnomai Iskandari», «Tuhfat-ul-axror» va boshqa asarlarida ilm-ma’rifat, 
ta’lim-tarbiya, kasb- xunar oʻrganish, inson ijobiy fazilatlari haqidagi fikrlari 
ifodalangan. Ta’lim va tarbiya jarayonida tarbiyachi va oʻqituvchi shaxsi eng 
muhim omil boʻlganligi tufayli Nasriddin Tusiy ―Oʻqituvchilarni tarbiyalash 
toʻgʻrisida degan asarida shunday ifodalaydi: ―Oʻqituvchi munozaralarni olib 
borishni, rad etib boʻlmaydigan darajada isbot qilishni bilishi, oʻz fikrlarining 
toʻgʻriligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan 
boʻlishi lozim... Oʻqituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaharxandali, 
qoʻpol yoki qattiq boʻlishi mumkin emas. Dars paytida oʻqituvchi oʻzini tuta 
olmasligi ishni buzishi mumkin....
Alisher Navoiyning «Xazoyin-ul-maoniy», «Maxbub-ul-qulub» va boshqa 
shu singari asarlarida etuk, barkamol insonning ahloqi, ma’naviyati, oʻzgalarga 
munosabati, iste’dodi va qobiliyati toʻgʻrisida qimmatli mulohaza lar yuritilgan. 
Ana shu psixologik mezonlar ijtimoiy adolatning karor topishi uchun muhim 
ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan. SHu bilan birga oʻqituvchi mexnatini 
xolisona baholab: ―Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga (muallimga) 
qulluq qilsa arziydi‖, deydiki, bu orqali ta’lim va tarbiya jarayonidagi oʻqituvchi 
shaxsining markaziy shaxs sifatida koʻradi. Shuningdek, Navoiy asarlarida yosh 
avlodni barkamol inson sifatida shakllanishida ota-onaning roli, ayollarning 
iffatliligi, kishilarning kamtarligi haqidagi fikr-mulohaza lari alohida oʻrin 
egallaydi. Navoiy «Hamsa»sining har bir dostonida bukilmas iroda, qat’iyatlilik, 
itoat, insonparvarlik tuygʻulari, ijodiy hayolot, insonning murakkab ichki 
kechinmalari mohirona yoritilgan. Shuningdek, bu borada Mahmud Qoshgʻariy, 
Ulugʻbek, Naqshbandiy, Ogahiy singari buyuk Sharq mutafakkirlarining yoshlar 
tarbiyasiga, oʻqituvchi, tarbiyachining jamiyatdagi oʻrni, ahloq-odob, fe’l-atvor, 
oilaviy hayot, shaxslararo munosabatlarga doir qarashlari ularning asarlarida 
ravon va ixcham bayon etilganligini ta’kidlash mumkin.
Nimani oʻrgatishingizdan qat’i nazar siz yangi gʻoya va qobiliyatlarni 
samarali bogʻlovchi murakkab faoliyatlarni loyihalash va instrumentlashdan 


84 
qoniqish hosil qilishga tayyor boʻlishingiz kerak. Musobaqalashishga boʻlgan 
chaqiriqlar koʻplab oʻqituvchilarni jalb qiladi, negaki ular bu yerda toʻgʻri 
mushohada yurita olishlari va san’atkorliklarini eng sodda va odatiy yoʻllar bilan 
koʻrsata oladilar. Sizning talabangiz sizning rejalashtirish va boshqarish 
qobiliyatingizga bogʻliq boʻladi, ular shuni qanday qila olishlarini ba’zida 
oʻzlariga tasavvur qilsalar ham. Oʻqituvchilar gʻoyalarni qanday qilib tushunarli 
tushuntirishni, yangi materiallarni togʻri ketma-ketlikda va muvofiq tempda 
berishni, avval bilganlari va yangi oʻrganganlari orasidagi aloqalarni 
yoʻnaltirishni bilishda sizga muhtojdirlar. Shunga qaramay, bu qobiliyatlar 
mutaxassisdan butun umrini talab etadi, ular hatto boshlangʻich oʻqituvchilar 
tomonidan muvafaqqiyatli mashq qilinishi mumkin va ular oʻqitishning darsdan 
tashqari vaqtida davom ettirilib bir maromda rivojlantiriladi. Boshlanishidan 
keyin toʻgʻri boʻlishiga qaramay, oʻquv kursining aloqasi va loyihasidagi 
mahorat ishning asosiy “daromad”laridan biridir. 
Auditoriya hayotining juda murakkabligi oʻqitishni hech qachon zerikarli 
boʻlmasligini amalda kafolatlaydi. Siz hech boʻlmaganda biron-bir yangi va 
havotirga soluvchi jihatlarni kutasiz ularning esa, boʻlishi shartdir. Talaba siz 
koʻrishingiz mumkin boʻlmagan mohiyatni sizga koʻrsatadi yoki siz shuni sizga 
koʻrsata olishiga ishonchiz komil boʻlganda muvafaqqiyatsizlikka uchraydi. 
Faoliyat kutilganidan yaxshiroq yoki yomonroq yoki faqatgina boshqacha 
boʻlishi mumkin. Oldinlari nega muayyan turdagi talaba oʻzini oʻzi 
xohlaganidek tutishini va kelajakda talabaning oʻzini tutishini yanada foydali 
qanday foydali ta’sir qilishini oʻylash boshlanganini tushundingiz. Maxsus 
maqsadli oʻqitishni oʻrgatishdan soʻng, siz buni avvalgi oʻylaganlarizga 
qaraganda farqli tushunganingizni va hokazolarni bir necha marotaba tasavvur 
qildingiz. Ish har doim bir xil boʻlib qolavermaydi; u davomli ravishda 
rivojlanib boradi. Oʻqitishda qanchalik uzoq qolsangiz, yangiliklar bilan bogʻliq 
kasbingiz boʻladi. 
1
Oʻquv faoliyati bu shunday faoliyatki, unda shaxsning psixik jarayonlari 
shakllanadi va rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyatlar yuzaga keladi.
1
Kelvin Seifert Educational Psychology 2009 8-bet 


85 
Oʻquv faoliyati insonning butun hayoti davomida namoyon buluvchi 
uzluksiz jarayondir. Rus psixologi A.N.Leontev inson faoliyatining psixik va 
amaliy shakllari mavjudligini, bola ongi aynan oʻquv faoliyatida oʻsishini 
ta’kidlaydi. D.B.Elkonin esa oʻquv faoliyatining xususiyatlarini koʻrsatib, uni 
mohiyatiga, mazmuniga va oʻzini namoyon boʻlish shakliga koʻra ijtimoiyligini 
ta’kidlaydi. Oʻquv faoliyati bu shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo 
oʻquvchida oʻzgarish yuz beradi. Uning mahsuli turli motivlar asosida, qurilgan 
boʻlishi darkor. Bu motivlar bevosita oʻquvchi shaxsining oʻsishi va rivojlanishi 
bilan bogʻliq boʻlishi kerak.
Oʻquv faoliyati ta’lim, oʻqish va oʻrganish degan tushunchalar bilan 
bevosita bogʻliqdir. Ta’lim oʻqituvchi va oʻquvchi hamkorligidagi oʻquv 
faoliyati, oʻqituvchining bilim, koʻnikma va malakalarini oʻquvchilarga 
oʻrgatish jarayonidir. Ta’lim jarayoni bevosita muayyan axborotni, harakatlarni, 
xulq- atvorning shakllarini oʻzlashtirishga qaratilgandir. Oʻqish va oʻrgatish 
tushunchalari oʻquv faoliyati bilan bogʻliq boʻlib, ular bilim, koʻnikma va 
malakalarni oʻzlashtirishga, oʻrgatishga xizmat qiladi. Oʻquv faoliyatining besh 
elementi mavjud: 1. Oʻquv motivlari. 2. Oʻquv topshiriklari. 3. Oʻquv 
harakatlari. 4. Oʻqituvchining nazorati. 5. Oʻqituvchining baholashi.
D.B.Elkoninning ta’kidlashicha, oʻquv faoliyatining shakllantirilishi bu 
faoliyat ayrim kishilar bajarilishini asta -sekinlik bilan oʻquvchining oʻziga 
oʻqituvchining ishtirokisiz mustaqil bajarish uchun oʻtkazilishidir. Ta’lim 
jarayoni alohida tashkil etiladigan hamda boshqariladigan faoliyat boʻlib, u 
oʻquvchilarning oʻquv faoliyatlarini tashkil etadi va ularni boshqaradi. Ta’lim 
jarayoni besh elementdan iborat: 1. Ta’limning maqsadi - nima uchun oʻqitish 
kerak? 2. Ta’limning mazmuni - nimaga oʻqitish kerak? 3. Ta’limning 
metodlari, usullari va pedagogik muloqot yoʻllari. 4. Ta’lim beruvchi. 5. 
Oʻquvchi.
Ta’lim jarayonini tashkil etish: ideal va amaliy faoliyatning u yoki bu 
turini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur boʻlgan tashqi olamning muhim 
ahamiyatli xossalari xususidagi axborotning oʻzlashtirilishi: - faoliyatning ana 
shu barcha turlari tarkib topgan usullari va jarayonlarining oʻzlashtirilishiga; - 
maqsadga muvofiq keladigan usullar va jarayonlarni toʻgʻri tanlash va 


86 
foydalanishga bogʻliq. Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati: 1. Motivatsiya. 2. 
Ma’lumot usullari. 3. Ma’lumotning tushunarliligi. 4. Xotira. 5. Ma’lumotni 
qoʻllash. Ta’lim va ta’lim jarayonida bolani rivojlanish muammosi psixologik 
markaziy masalalardan biridir.
Oʻquv faoliyati motivlarining paydo boʻlishi va ularni shakllantirishga
doir qator nazariyalar ishlab chiqilgan boʻlib, ulardan biri: 1. Aqliy hatti-
harakatlar, bilimlar, malaka va koʻnikmalarni bosqichma- bosqich rivojlantirish 
nazariyasi (P.Ya.Galperin). P.Ya.Galperin nazariyasi boʻyicha bilimlarni 
oʻzlashtirish jarayoni olti bosqichni boshidan kechirib, ularga: 1. Motivatsiya. 2. 
Tushuntirish. 3. Moddiy formadagi hatti-harakatlarni bajarish. 4. Baland ovozda 
hatti-harakatlar va vazifalarni bajarish. 5. Bajariladigan hatti-harakatlarni ichki 
rejada ovoz chiqarmay bajarish. 6. Faoliyatni fikran bajarish kiradi. Ushbu 
nazariyada ta’limning uchta asosiy turlari ajratiladi: - birinchi turda - hatti-
harakatlarni oʻzlashtirish xatolar bilan kechadi, berilayotgan material yetarli 
darajada anglanilmaydi, ta’lim oluvchi ta’limning asl mohiyatini tushunib 
etmaydi; - ikkinchi turda - materialni nisbatan dadil va toʻla tushunilishi va 
material bilan bogʻliq tushunchalarni ajratilishi bilan xarakterlanadi; - uchinchi 
tur - tez, samarador va bexato hatti-harakatlarni oʻzlashtirilishini ta’minlab 
beradi. 
V.V.Davidov nazariyasi. Ushbu nazariya kichik maktab yoshidagi 
oʻquvchilarni ilmiy tushunchalarni oʻzlashtirilishini targʻib qiladi. Bunda 
oʻquvchilar tomonidan ta’lim jarayonida nazariy tushunchalar tizimini 
oʻzlashtirilishi lozim boʻlib, bu oʻz oʻrnida xususiydan umumiy bilimlarga 
oʻtilishni ta’minlaydi. Qator nazariyalar muammoli ta’lim bilan bogʻliq boʻlib, 
L.V.Zankov va A.M.Matyushkin tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ta’limda 
muammoli darslarni tashkil etishga qaratilgandir.
Ta’limning psixolik asoslari muammosi koʻpgina masalalarni qamrab 
oladi. Ta’limning muvaffaqiyati bir qator psixologik omillarga bogʻliq boʻladi. 
Avvalo oʻquvchining oʻqishga boʻlgan munosabatiga toʻxtaylik. Bu munosabat 
diqqatda, his-tuygʻularda, qiziqishlar va irodada, shuningdek, shaxsning tutgan 
yoʻlida namoyon boʻladi. Ta’lim jarayoni avvalo oʻquvchilar diqqatini yoʻlga 
solishni talab etadi. Darslarda koʻrgazmali qurollardan, texnik va EXM 


87 
vositalaridan foydalanish ta’lim oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradi. 
Ta’lim jarayonida ta’lim beruvchining vazifasi darsda ishlash holatini yuzaga 
keltirishgina emas, balki oʻquvchilarning darsda oʻtiladigan materialini idrok 
etishga tayyor turishlarini kuzatish hamdir. Dars jarayonida oʻquvchilarning 
diqqati oʻzgarib turadi. Oʻqitish jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish va 
oʻquvchilar diqqatini materialning asosiy jihatlariga jalb etish hamda ularni 
takrorlash kerak. Ta’lim jarayonining samaradorligi koʻp jihatdan oʻqituvchi 
tomonidan beriladigan koʻrsatmalarga ham bogʻliq. Oʻqituvchining roli shundan 
iboratki, u oʻquvchilarga tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, 
nimani umrbod esda olib qolishi kerakligini, nimani butunlay esda olib 
qolmasdan, faqat tushunib olish kifoya qilishini, nimani soʻzma-soʻz esda olib 
qolishni, nimaning ma’nosini oʻz soʻzlari bilan aytib berish uchun esda olib 
qolish zarurligini koʻrsatib oʻtishi lozim. Kuzatishlar koʻrsatadiki, bunday 
koʻrsatmalar berilmaganda, oʻquvchilarda koʻpincha notoʻgʻri tasavvurlar 
vujudga keladi. Oʻqitishning emotsionalligi ta’limning muvaffaqiyatliligini 
ta’minlovchi omillardan biridir. Ta’lim berish jarayoni emotsional jarayon. Agar 
oʻquvchilarga berilayotgan axborot ularda hech qanday his-tuygʻu uygʻotmasa, 
uni oʻquvchilar yaxshilab esda olib qolmaydilar. Gap oʻquvchilarning psixik 
holatlari, ya’ni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida ham borishi 
kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, optimistiq kayfiyat oʻquv faoliyatini juda 
samarali qiladi. Oʻquvchilar emotsional ruhdagi materialni durustroq oʻzlashtirib 
oladilar. 
Oʻtkazilgan 
tajribalarda 
oʻquvchilar 
hech 
qanday 
his-tuygʻu 
uygʻotmaydigan materialga qaraganda, emotsional ruhdagi materialni yaxshiroq 
eslab qolishlarini koʻrsatadi. Oʻqituvchi oʻquv jarayonining emotsional tomoni 
haqida gʻamxoʻrlik qilishi kerak. 
Bu oʻrinda oʻquvchi-oʻsmirlarning oʻqishga boʻlgan motivatsiyasini 
uygʻotish maqsadga muvofiqdir. Hali hech qancha boʻlgani yoʻq, Barbara Fuller 
ismli oʻqituvchi boshlangʻich bosqichdagi oʻquvchilarga umumiy bilimni 
oʻrgatdi va uning darslaridan biri oʻrgimchak va hashorotlar haqida edi. U 
darsining bir qismi sifatida oʻquvchilardan oʻzlarining uylaridan yoki 
xonalaridan hashorot va oʻrgimchaklarni qidirishini buyurgan. Ular tirik 


88 
mavjudotlarni maktabga olib kelishdi, oʻzlarining jurnallaridagi savollarga javob 
berishdi, soʻng oʻzlarining topilmalari haqida auditoriyaga qisqacha ogʻzaki 
ma’lumot berishdi. Baholash halol tarzda boʻlgandek tuyuldi, lekin, Barbara 
oʻquvchilarning darsga turli xil yoʻllar bilan javob berganini aniqladi. Quyida 
Barbaraning talabalarni qanday javob berganini tasvirlagani keltirilgan: 
“Esimda Joze boshlashni kutib turolmadi va baholashni tugashini ham 
kutib turolmadi. Har kuni u 25 xil turdagi oʻrgimchak va hashorotlarni olib 
keldi. Har kuni u hashorotlarning rasmlarini oʻzining jurnaliga chizdi va ular 
haqida izoh yozdi. Oxirida u 3-kurslar ichida eng yaxshi ogʻzaki namoyish 
koʻrsatdi. U buni “Ular bizlardan oshib ketdi” deb atadi. Qaniydi men uni 
koʻrganimda, u juda bosiq va zavqqa toʻlgan edi. 
Shundan soʻng hatto uni qiziqtirmasa ham hamma narsada eng yaxshi 
boʻlishni istaydigan qiz – Lindsey chiqdi. U ishni ozgina sekin – bir qancha 
hashorot va bittagina oʻrgimchak olib kelgan holda boshladi. Lekin u 
boshqalarning nimalar va qanchadan olib kelayotganiga koʻz tashladi. U 
Jozening qancha hashorot olib kelayotganini koʻrib, oyoqlarini qoʻliga olib, 
Jozening darajasiga etishishga kirishdi. U Joze olib kelganidek turli xil hashorot 
olib kelish oʻrniga, koʻpdan-koʻp bir xil hashorot – deyarli 20 ta oʻlgan uy 
pashshalarini olib keldi, huddi men eslaganimdek! Uning prezintatsiyasi yaxshi 
edi – unga yomon baho qoʻyolmasdim, lekin u Jozenikidek yaratuvchan yoki 
farosatli emas edi. Oʻylashimcha u uning materiallariga nisbatan koʻproq 
baholandi. 
U erda shuningdek umidsizlanayotgan Tobias bor edi. U ishini zoʻrgʻa 
bajargan. Men uni boshqalarning hashorotlar kolleksiyasini va jurnallarini 
koʻrayotganini payqadim. U aldamayotgan edi, men ishonaman. Shunchaki u 
ishining darajasi qanday ekanligi va yutqazmaslik uchun nima qilish kerakligini 
aniqladi. U aksariyat oʻquvchilarga nisbatan kamroq hashorot olib kelgan edi. 
Shuningdek u jurnalidagi savollarga qisqacha javob bergan edi va eng qisqa 
ogʻzaki ma’lumot berdi. 
Nihoyat Zoey. U ancha shoshqaloq edi! Men uni ustidan na kulishni, na 
yigʻlashni bilmasdim. U topshiriqni bajarishga qarshilik qilmadi, lekin boshqa 
oʻquvchilar bilan muloqot qilishni xohladi. Shuningdek u osongina chalgʻitildi 


89 
va ishini namoyish qilayotgan vaqtda jurnalidagi ma’lumotlarni aytishni esidan 
chiqarib qoʻydi. Mana uni nima saqlab qoldi – mana uni yuqori ball olishiga 
sabab boʻldi – shuki u ishini 2 ta qiz bilan oʻzaro fikr almashib tugatdi. Qolgan 2 
ta qiz topshiriqni juda ajoyib tayyorlagan – ajoyib hashorotlar toʻplami, 
jurnaliga yaxshi ma’lumotlar yozilgan va ogʻzaki prezintatsiyasi ham qiziqarli 
edi. Shuning uchun Zoey ular bilan suhbat qurishga urinsa, suhbat qanday yoʻl 
bilan boʻlsa ham tugallandi. U qizlarga uning fikrini qoʻllab-quvvatlagani uchun 
rahmat aytdi. Zoey ularning yordamisiz nima qilardi, bilmadim”. 
Barbaraning xotirasi ma’lum qilishicha, oʻquvchilar ilmiy faoliyat bilan 
shugʻullanishda turli xil nazariya va urinishlarni koʻrsatishdi – shaxsiy fikrlar va 
urinishlar qaysiki energiyalarini turli xil yoʻllar bilan yoʻnaltirilgan. 
1

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin