2.1.2. Oʻquv faoliyatining psixologik mohiyati
Oʻqitish(ta’lim)da muammolar mavjudmi?
Ta’limot oʻtmishdan farq qiladimi? Qanday? Bu muammo juda muhim
ahamiyatga ega. Chunki, birinchidan, ta’limning mazmuni nihoyatda
murakkablashib, xajmi esa gʻoyat kattalashib ketgan. Uning muvaffaqiyatli
oʻzlashtirilishiga erishish uchun oʻquvchilarning oʻquv faoliyatini kuchaytirishi
lozim. Ijobiy tuygʻular oʻquv mehnatining samaradorligiga kuchli ta’sir etadi.
Hafsala bilan bajarilgan begʻaraz munozara paydo boʻladi, bahslashiladi, befarq
qaragan yoki undan ham beshbattar, salbiy munosabatda boʻlishgan ishga esa
hech qanday xafsala boʻlmaydi. Jamiyatimizdagi mehnat - ijod, quvonch
manbai. Oʻquv maskani oʻquvchilarida oʻquv mehnatiga ijodiy munosabat
uygʻotib, mehnatning xaqiqiy ijodga, quvonch manbaiga aylanishiga
koʻmaklashishi kerak.
Qadimda greklar juda ajoyib iborani qoʻllaydilar: "Talaba -toʻldirilib
turilishi kerak boʻlgan idish emas, balki yoqib turilishi lozim boʻlgan
mash’aldir". Bu fikrning tagida chuqur ma’no bor. Zero, oʻqituvchi biz yuqorida
ta’kidlab oʻtgan ta’lim metodlari muammoli ta’lim, qisman izlanish metodi va
tadqiqot metodlaridan keng qoʻllanishi kerak. Ta’lim jarayonini bugungi
1
Kelvin Seifert Educational Psychology 2009. 12-bet.
90
kundagi asosiy talablaridan biri erkin fikrlovchi, mustaqil tafakkurga ega
boʻlgan shaxsni shakllantirish boʻlib, yuqorida aytib oʻtgan metodlardan
foydalanish uchqunlardan katta mash’allar paydo boʻlishini ta’minlab beradi.
Ta’lim jarayonida oʻquvchilarning bilishga qiziqishlari gʻoyat katta rol
oʻynaydi. Ma’lumki, qiziqish oʻquvchilarning emotsional bezagi, biror buyumni,
biror faoliyatni tanlash munosabati va yoʻnalishidir. Ma’lumki, psixologiyada
qiziqishning ikki turi oʻquvchilarning ta’lim jarayonida aniqlanadi. Birinchisi,
bevosita qiziqish, ikkinchisi bilvosita qiziqish. Har bir oʻqituvchi oʻz
oʻquvchilarida oʻz faniga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga harakat
qiladi. qiziqishlar orqali oʻquvchilarda ta’limga aktiv munosabat namoyon
boʻladi. Psixologiyada qiziqish - bu shaxsning oʻzi uchun qimmatli yoki yoqimli
boʻlgan muayyan narsa yoki hodisalarga munosabatidir. Qizikishlar shaxsning
muhim va individual xususiyatlaridan biri boʻlib hisoblanadi. Qiziqishlar
oʻquvchilar hayotida katta rol oʻynaydi. Ular oʻquv faoliyatini faollashtiruvchi
asosiy turtkilar - motivlaridir. Qiziqishlar ta’lim maskanlari oʻquvchisiga fan
asoslarini durustroq oʻzlashtirib olishlariga, aqliy qobiliyatlarning oʻsishiga,
bilim doirasining kengayishiga imkon beradi. Oʻqituvchilarning vazifasi
oʻquvchini dastlab qiziqtirib qolgan ishning oʻzi bilan shugʻullanishga majbur
qilish emas, balki undagi qiziqishlarni chuqurlashtirish va kengaytirish,
ta’sirchan qilish, qiziqishlarining markaziga aylanib qolgan faoliyat bilan
shugʻullanish istagiga, mayliga aylantirishdir. Oʻquvchilarning muayyan
maqsadni koʻzlab ish tutishida, qiyinchiliklarni enga olishida, ishdan
chalgʻitadigan narsalar bilan shugʻullanishdan oʻzini tiya olishida, unda oʻqishga
ishtiyoq tarkib toptirishda namoyon boʻladigan iroda ta’lim jarayonida alohida
ahamiyat kasb etadi. Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, iroda bu
shaxsning oʻz oldiga qoʻygan maqsadining aniqligi, uni amalga oshirish uchun
intilishi, maqsad yoʻlida ma’lum bir qarorga kelish tezligi va uni oʻz vaqtida ijro
etishi bilan belgilanadigan sifatidir.
Ta’lim jarayonida oʻquv materialiga boʻlgan diqqatning barqaror
boʻlishida irodaviy zur berishning ahamiyati nihoyatda kattadir. Ta’limda iroda
oʻquvchida oʻquv maskani va uyda oʻtkaziladigan mashgʻulotlarga tayyor
turishda namoyon boʻladi. Oʻquv materialini oʻrganish - eslab qolish va
91
oʻquvchining irodaviy zoʻr berishganiga bogʻliq. Iroda oʻquvchilarning fikrlash
faoliyatlarida - masalani echishga, qoʻyilgan savolga javob topishga va
hokazolarga intilishida namoyon boʻladi. Ular oʻquvchilarda koʻnikma va
malakalarni hosil qilishda ham tarkib topadi. Psixologlar olib borgan
tadqiqotlarda oʻquvchilar tomonidan berilgan materialning oʻzlashtirilishi koʻp
jihatdan irodaning tarbiyalanishiga bogʻliqdir. Irodaviy aktivlik ta’limning zarur
shartidir. Ta’lim muassasasidagi ta’lim jarayonining oʻzi oʻquvchilardan
irodaviy oʻstirish omillaridan biridir. Bunda oʻquvchilarning kundalik rejimi,
oʻqish va okilona dam olishni bir-biri bilan toʻgʻri almashtirib turish katta rol
oʻynaydi. Ta’lim jarayonida bilish jarayonlarini shakllantirishga alohida e’tibor
berish lozim. Zero bilish jarayonlari juda murakkab faoliyat boʻlib, unda jonli
mushohadadan abstrakt tafakkurga, abstrakt tafakkurdan amaliyotga oʻtiladi, ana
shundan soʻng ob’yektiv haqiqat bilib olinadi. Binobarin, biz birinchi navbatda
koʻrib chiqishimiz lozim boʻlgan narsa oʻquv materalini idrok qilish jarayonidir.
Umumiy psixologiya kursidan ma’lumki, idrok bu narsa va hodisalarni sezgi
organlariga ta’sir etishi natijasida ularning kishi psixikasida yaxlit obrazini
paydo boʻlishi boʻlib, idrok etish jarayoni ta’limda turli formalarda
oʻqituvchining ogʻzaki xikoya qilishida, suxbat oʻtkazishda, leksiya oʻqishida,
koʻrgazmali qurollar koʻrsatish, ekskursiyalar oʻtkazish, axborot va pedagogik
texnologiyalaridan foydalanish, oʻquvchining oʻziga darsliklar hamda boshqa
qoʻllanmalarni oʻqitish tarzida oʻtishi mumkin. Shuni alohida ta’kidlash lozimki,
idrokni tarkib toptirishda oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish
nihoyatda muhimdir. Chunki, fazoni, vaqtni va harakatlarni idrok etishda ham
yosh xususiyatlarda turli farqlar mavjud boʻladi.
Biz bu energiyalarini motivatsiya termini yoki bazida oʻrganish uchun
motivatsiya deb ataymiz. Koʻrib turganimizdek, motivatsiyadagi turli-
tumanliklar sinfxonalardagi tafovutning muhim sababi avvalgi bilimlarni,
qobiliyatni, oʻqishdagi rivojlanishni farqlashda taqqoslanuvchi ahamiyat kasb
etadi. Maktabdagi oʻqish vaqti kelganida, aksariyat hollarda, oʻquvchilarning
motivatsiyasi muhim rol oʻynaydi, chunki oʻquvchilarning oddiy darsda ishtirok
etishlarini oʻzlari xohlashlari kafolatlanmagan (albatta). Bu oʻquvchilarning
92
yosh odamlarni maktabga borishini talab qiluvchi jamiyatda yashashlarining
belgisidir.
Zamonaviy ta’lim majburiy boʻlar ekan, oʻqituvchilar oʻquvchilarning
oʻqish uchun motivatsiya hosil qilishga ishontirish mas’uliyatini oladilar.
Qanday qilib boʻlsa ham oʻqituvchilar oʻquvchilarning qilishi shart boʻlgan
ishlarini xohlab bajarishga koʻndirishlari shart. Tushunish va oʻquvchilarning
oʻqish borasida motivatsiyalariga ta’sir koʻrsatish bu bobning eng asosiy
maqsadidir. Baxtimizga, koʻrib turganimizdek, oʻquvchilarning tanlovini, orzu-
havasini va urinishlarini hurmat qilishni amalga oshirish uchun yoʻllar bor.
Motivatsiyaning oʻziga oʻxshab uning nazariyalari ham turli-tumanlikka toʻla.
Farqlardagi tafovutlarni ajratish uchun, quyidagi asosiy motivlar nazariyasini
koʻrib chiqamiz.
(1)-maqsadni belgilovchi motivlar;
(2)-qiziqish motivlari;
(3)- muvaffaqiyat eltuvchi yoki qochuvchi motivlari;
(4)- ishonch motivlari;
(5)- irodaviy motivlar deb ataymiz.
1
Dostları ilə paylaş: |