Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 
 


80 
II BOB. KASBGA OʻQITISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI 
2.1. Oʻqitishning rivojlanish tarixi 
Kasbiy psixologiya 1800-yillarda yaratilganidan buyon mustaqil fan 
sohasida ajoyib muvaffaqiyatlarga erishdi. 2-jahon urushidan buyon 
psixologiyaning talablarida olimlarning klinik amaliyotlari juda ham yaxshi 
muvaffaqiyatlarga erishdi. 1961-yillarda Amerika Psixologlari Assotsiyasining 
soʻnggi prezidenti E.L.Kelly Professional psixologlar uchun 1-ruxsatnomani 
Amerika Qoʻshma shtatlarida qabul qilingan.
1
 
Hozirgi davrda kasbiy psixologiyaning muhim vazifalaridan biri - oʻquv 
maskanidagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini 
ishlab chiqishdan iborat boʻlib, bu xil yangi ta’lim dasturiga oʻtish munosabati 
bilan bogʻliqdir. Kasbiy ta’lim psixologiyasi shu bilan birga oʻquvchilar 
shaxsining tarkib topish jarayonini turli tarbiyaviy tadbirlarning oʻquvchilarga 
koʻrsatadigan 
ta’sirini 
oʻrganadi 
hamda 
oʻquvchilarning 
oʻz-oʻzini 
tarbiyalashning psixologik asoslarini tadqiq etadi. Sрuningdek, kasbga 
oʻqitishning asosida oʻqituvchi shaxsini, uning pedagogik faoliyat xususiyatlari
ham oʻrganiladi. Bunda oʻqituvchining ta’lim–tarbiya ishlaridagi yutuqlarni 
ta’minlovchi sifatlariga urgu berish bilan birga, uning bilim, koʻnikma, malaka 
va qobiliyatlarining tarkib topishi hamda taraqqiyotining psixologik jarayonlari 
aniqlanadi. Kasbiy psixologiya fanini oʻrganish ham nazariy, ham amaliy 
ahamiyatga ega boʻlib, u boshqa fanlar singari taraqqiyotning umumiy 
tamoyillariga: oliy nerv faoliyati va psixofiziologiya qonunlariga, bu sohada 
tuplangan ilmiy ma’lumotlarga tayanib, inson psixikasining kechishi, 
rivojlanishi, oʻzgarishi yuzasidan bahs yuritadi.
Ta’lim va tarbiya bilan bogʻliq dastlabki pedagogik-psixolgik 
mazmundagi asarlar XIX asrning boshlarida vujudga kelgan boʻlishiga qaramay, 
uning mustaqil fan sifatida rivojlanishi va karor topish yuli ancha murakkab 
kechgandir. Oʻtmishda ajdodlarimiz insonning psixologik qonuniyatlarini, 
muayyan ilmiy yoʻnalishda oʻrganmagan boʻlsalar-da, biroq allomalarning 
qoʻlyozmalarida mazkur holatlarning namoyon boʻlishi, inson kamoloti 
1
T. Melchert. Fondations of Professional psychology. 2011. 1-bet.


81 
borasidagi qimmatli fikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat kasb etadi. Jumladan, 
Abu Nasr Forobiy pedagogik faoliyat masalalarini va ular bilan bogʻliq boʻlgan 
psixologik, fiziologik muammolarni ijobiy xal etishda insonni har tomonlama 
yaxlit va oʻzaro oʻzviy bogʻliq boʻlgan qismlardan iborat, deb aytadi. Forobiy 
mavjudotni bilishda ilm–fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, uningcha 
inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tugʻilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, 
ma’naviyligi, ruhi, intellektual va ahloqiy hislatlari, harakteri, dini, urf-odatlari, 
ma’lumoti tashki muhit, boshqa insonlar va shu kabilar bilan muloqotda vujudga 
keladi, inson oʻz faoliyati yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi. Uning 
aqli, fikri, ruhiy yuksalishning eng etuk maxsuli boʻladi, deb ta’kidlaydi. 
Oʻqituvchi shaxsining psixologik xususiyatlari masalasida Abu Nasr Forobiy: 
―Oʻqituvchi aql-farosatga, chiroyli nutqga ega boʻlishi va oʻquvchilarga 
aytmoqchi boʻlgan fikrlarini toʻla va aniq ifodalay olishni bilmogʻi zarur‖, 
―Oʻqituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga oʻxshaydi, 
shu sababli oʻqituvchi eshitgan va koʻrganlarining barchasini eslab qolishi, aql- 
farosatga, chiroyli nutqga ega boʻlishi, oʻquvchilarga aytmoqchi boʻlgan 
fikrlarini toʻla va aniq ifodalab berishni bilmogʻi lozim. Shu bilan birga oʻz or-
nomusini qadrlashi, adolatli boʻlishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning 
yuksak darajasiga ega boʻladi va baxt choʻqqisiga erishadi , deb ta’kidlaydi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin