Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 
 
 
1
T. Melchert. Fondations of Professional psychology. 2011. 12-bet. 


48 
1.3.2. Metodlarning klassifikatsiyasi 
Kuzatish metodi 
Psixologiyada kuzatish odamning psixik hayotini oʻrganish metodi 
sifatida keng suratda qoʻllaniladi. 
Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, uning yangi shakllari, 
vositalari, usullari paydo boʻldi, xolisonalik (ob’yektivlik) darajasi ortdi, 
ishonchliligini ifodalovchi mezonlar, oʻlchovlar yaratildi. Buning natijasida 
kuzatish psixologiya fanining universal tadqiqot metodlari qatoriga kirib, uning 
barcha sohalarida qoʻllanilmoqda, ayniqsa tadbiqiyligi imkoniyatining 
yuksakligi, statistik hisoblashga beriluvchanligi xususiyati bilan boshqa 
metodlardan ajralib turadi. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda 
uning yoritilmay qolib ketgan jihatlari, tarkiblari, yordamchi jabhalari 
yuzasidan mulohaza yuritamiz. 
Kuzatish metodining texnologiyasi quyidagilardan tashkil topadi: 
-
voqelik (atrof – muhit, inson shaxsi) ni kuzatish oqimini muayyan 
qismlarga, yoʻnalishlarga ajratish (nemischa – lotincha “kvantifikatsiyalash”, 
ya’ni eng zarur, birinchi darajali jihatlarini saralash); 
-
kuzatishning koʻlami (xajmi), xususiyati va oʻziga xosligini aniqlash, 
ya’ni uning nimalarga qaratilganligini belgilab olish; 
-
kuzatish jarayonida barcha holat, hodisa, alomat va tashqi qiyofa, 
koʻrinishning oʻziga xosligini qayd qilish (ularni yozma nutqda ifodalash, ya’ni 
fransuzcha – lotincha “fiksatsiyalash”); 
-
kuzatish davomida toʻplangan omillar, ma’lumotlar, natijalarni 
matematik statistik metodlar yordami bilan hisoblab chiqish va miqdoriy tahlil 
yakunlari boʻyicha psixologik sifat talqinini amalga oshirish. 
Psixologik kuzatish olib borishdan koʻzlangan maqsad mana bulardan 
iborat: 
-
kuzatiluvchi vaziyat, holat va ob’yektni maqsadga muvofiq tanlash, 
uning oqilona ekanligiga ishonch hosil qilish; 
-
kuzatishning dasturini ishlab chiqish, uni amaliyotga tatbiq qilish, 
sxematik ifodalashni yaratish, yigʻilgan natijalarni chizma asosida aks ettirish. 
Kuzatishning ob’yekti va predmeti quyidagi tuzilishga ega: 


49 
-
kuzatishning ob’yekti – inson, guruh, jamoa va shaxslararo 
munosabatlar, emotsional – hissiy kechinmalar, xayvonot olami, shaxsning 
faoliyati, ijodiyoti, muomalasi kabilarni oʻrganishdan iboratdir; 
-
kuzatishning predmeti – insonning xilma xil holati, jarayoni, 
harakatining kuchi, jadalligi, uzluksizligi, dinamikasi, oʻziga xosligi, uning 
hamkorlikdagi harakati, undagi onglilik, ongsizlik, ongosti holatlarining 
kechishi, faoliyat va muomala kabilarni eksteriorizatsiyalashdan tashkil 
topgandir; 
-
amaliy va gnostik holatlar; nutq aktlari: ma’nosi, mazmuni, mohiyati, 
yoʻnalishi, chastotasi, ritmikasi, tempi, amplitudasi, davomiyligi, intensivligi, 
ekspressivligi, uning leksikasi, grammatikasi, fonetikasi, lingvistik qurilishi va 
boshqalar; 
-
noverbal nutq ifodasi: mimika, pantomimika va vokal mimikasi 
(musiqa ma’nosini tana a’zolari orqpli ifodalash); 
-
vegetativ reaksiyalarning koʻrinishi: rangning qizarish, oqarishi, 
terlash, nafas olishning tezlashuvi, sekinlashuvi va qiyinlashuvi. 
Kuzatishning bosqichma – bosqichliligi, tadrijiyligi (ierarxiyasi) tarkiblari 
quyidagilardan tashkil topadi: 
-
kuzatishning maqsadi, vazifalari, dasturi, qaydnomasi: bunda umumiy 
talablarga rioya qilish, kundalik, texnika vositalari (faktik holatlar), natijalarning 
tahlili, talqini va gʻoyalarni ilgari surish. 
Kuzatishni ifodalash uslublari: tajribalarda toʻplangan ma’lumotlarni 
alomat, belgi va simvolika orqali aks ettirish (piktogramma, chizgi, jadval, 
anogramma) va turli shakl, xususiyatli bayonnomalar, qaydnomalar yuzaga 
keltirish. 
Psixologiya fanida kuzatishning quyidagi turlaridan foydalaniladi: izchil, 
epizodli, dala sharoitli, laboratoriyaviy – sun’iy, tabiiy, xronologiyali, davriy, bir 
martali kabilar. 
Insonning mehnat faoliyatini kuzatishda quyidagi vositalarni qoʻllash 
maqsadga muvofiq: 
-
F. Gilbertning “Ish kuni fotografiyasi” metodikasi (rasmlarda 
ifodalangan ishchining harakatini kuzatish, koʻzdan kechirish orqali ularni tahlil 


50 
qilish (sa’i – harakatlar boʻyicha tizim vujudga keltirish, ulardagi oʻzgarishlarga 
binoan muayyan ketma – ketlikda joylashtirish); 
-
A.K. Gostevning xronokartasi (ikki yoki uch marta yarim soatdan 
smenada va smenadan keyin tekshiruv oʻtkazish); 
-
Talabalarda dars boshida, oʻrtasida va oxirida yoki boshqa 
vaziyatlarda: yordamchi yumush bilan shugʻullanish holati, dam olish, uyqu va 
shu kabilar. 
Kuzatish metodining bir necha xil shakllari mavjud boʻlib, vazifalariga 
qarab ularning har biridan foydalanish mumkin: aralishib yashirin kuzatish, 
kuzatiluvchining psixologik portretini yaratish, aralashib oshkora kuzatish 
(oʻsmirlarda yuqori natijalar beradi), hulq – atvor portretini tahlil qilish va 
hokazo. 
Kuzatilgan ob’yektni qayd qilishning turlari va vositalari mavjuddir: 
kundaliklar, foto, video, kinoapparatlarning mahsullari, voqelikning musavvir 
tomonidan faktik ifodalanishi, ta’kidlovchi, ta’birlovchi, umumlashtiruvchi 
xususiyatlar majmuasi. 
Kuzatish natijalarini umumlashtirishda ma’lumotlar miqdor va sifat 
jihatidan tahlil qilinadi, tajriba yakunlari boʻyicha gʻoyalar, umumlashmalar, 
xossalar, qonuniyatlar mexanizmlar, holatlarining ilmiy psixologik talqini 
amalga oshiriladi. 
Kuzatish yakunida toʻplangan ma’lumotlar ilmiy hisobot sifatida muayyan 
qoidalarga asoslangan holda quyidagi tartibda joylashtiriladi: kirish, 
metodikalarning tasnifi, natijalarning bosqichma – bosqich tahlili, ularning 
muxokamasi, izlanishlarning xotimasi va xulosalari, amaliy xususiyatga ega 
boʻlgan tavsiyalar, koʻrsatmalar berilishi, foydalaniladigan adabiyotlar roʻyhati 
va nihoyat ilovalar (har bir qism oʻziga xos yakunlangan, tugallangan ma’no 
anglatishi lozim). Kuzatish metodi yordami bilan xatto nizoli (konfliktli) 
vaziyatlarni kuzatish ham mumkin. Nizoli vaziyatlar turli – tuman boʻlishidan 
qat’i nazar kuzatish jarayonida ushbu holatlarga e’tibor berish zarur: nizoning 
mohiyatiga kirish, nizoning kuchayishi va uning tashqi va ichki omillari, nizoni 
pasaytirishga qaratilgan ta’siroʻtkazuvchi vositalardan foydalanganlik, nizo 


51 
yechimining topilishi, nizoli vaziyat bartaraf qilingandan keyin sixologik 
holatning tasnifi. 
Kuzatish jarayonida R. Beylzaning interaksiya metodikasini (bahs – 
munozara jarayonida oʻzaro ta’sir oʻtkazish imkoniyatini aniqlash uchun) 
qoʻllash ijobiy natijalar beradi: 
-
umumiy muammo mohiyatiga guruh a’zolarini yoʻnaltirish; 
-
guruh a’zolari tomonidan muammoni echish yoʻllarini baholash; 
-
bahs (munozara, diskussiya) jarayonini nazorat qilish; 
-
umumiy fikrga kelish uchun guruhiy qaror qabul qilish; 
-
muammo yechimiga erishishdagi guruh a’zolarining birdamligi va 
hamjixatligi. 
Kuzatish yakunlari boʻyicha umumpsixologik xulosalar chiqarish, milliy, 
etnopsixologik, hududiy xususiyatlarni qat’iy ravishda sharxlash, yosh davrlari, 
jinsiy xususiyatlariga taalluqli mulohazalar bildirish – psixologik bilimlarning 
boyishiga olib keladi. Tajribalarda, kuzatishlarda toʻplangan materiallar 
qiymatini oshirish uchun vujudga kelgan barcha omillarni psixologik tahlil 
qilish, statistik metodlardan unumli foydalanish zarur, toki bu mezonlar 
ma’lumotlarning ilmiylik darajasini yuksaltirishga xizmat qilsin. 
Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagi 
tartibda qoʻllash lozim: 
-
olingan natijalarni foizlar boʻyicha hisoblash chiqish; 
-
toʻplangan ma’lumotlarning oʻrtacha arifmetik qiymatini topish; 
-
son qatoridagi oʻrtacha kvadrat ogʻishni hisoblash (sigma); 
-
son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispersiya); 
-
omillar oʻrtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini (korrelyatsion) 
tahlil qilish; 
-
ma’lumotlar, metodikalar ishonchlilik darajasini aniqlash uchun 
Styudent mezonidan foydalanish lozim. 
Kuzatish metodining oʻziga xos xususiyati shuki, odamning tashqi 
koʻrinishi (ish-harakatlari, qanday soʻzlashishi, kishilar bilan boʻlgan 
munosabati, psixik holati va faoliyati) tabiiy hayot sharoitida oʻrganib boriladi. 


52 
Psixologik kuzatishning maqsadi boʻlishi shart. Psixologik kuzatish 
muayyan reja yoki dastur asosida olib boriladi. Odatda psixologik kuzatuv uzoq 
vaqtni talab qiladi. Kuzatish qancha uzoq davom etsa, kuzatuvchi shuncha 
koʻproq dalillar toʻplashi, uning psixologik xulosalari chuqur va ishonchliroq 
boʻladi. 
Psixik hodisalar hayotda, ya’ni tabiiy sharoitda, odamning turli-tuman 
faoliyatida qanday koʻrinishda voqe boʻlsa, oʻsha koʻrinishda kuzatish 
metodining yordami bilan oʻrganiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin