Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Blum 
taksonomiyasi
, buni odatda shunday atashadi, ta’lim maqsadlarining olti turini 
yoritadi, oddiy bilimlar taqrizidan boshlab, bilimlarni kompleks baholashgacha


132 
oʻqituvchilar talabalardan nimani kutishi mumkinligi haqida ma’lumot beriladi. 
Blum taksonomiyasi talabalarga muhim bilimlar turlari oʻrtasida foydali 
farqlarini ishlab chiqadi, demak xaqiqatdan ham talabalarning “yaqin rivojlanish 
zonasi”ga yoʻnaltirilgan faoliyatni tanlashga yordam beradi. 
Biologiya boʻlimida bir qancha oʻrganilgan atamalarni biladigan talaba 
(Blumda bilim va suxbat darajalarini tushunish muammosi), masalan, turlar 
oʻrtasidagi foydali solishtirishlarni amalga oshirishdan oldin (Blum taxlili 
darajalari), avvalo shartlarni eslab qolish va ta’riflashda qoʻllab-quvvatlashga 
muhtoj boʻladi. Maqsadni aniqlash, ushbu maqsadga erishish uchun toʻgʻri 
keladigan oʻquv tadbirlarini tanlash ekspert oʻqituvchilarning ishidir. Ijtimoiy 
konstruktiv atamalarni kiritib, oʻqituvchi yaqin rivojlanish zonasini tashkil 
qiladi, bu talabaga turlarni muvaffaqiyatli solishtirish imkonini beradi, lekin 
talaba yana u uchun solishtirishni qurishi yoki oʻzlashtirishi kerak.
2.1-jadval. Blum ta’limiy maqsadlar taksonomiyasi: Kognitiv soha. 
Tafakkur kategoriyasi 
yoki tipi 
 
Ta’rif 
 
 
Misol (oʻzgarishlar bilan 
Zlatovlaska va uning 
doʻstlari!) 
Bilim 
Faktlarni, ma’lumotni yoki 
bajariladigan 
ish 
tartibi 
(protsedura) eslash
Roʻyxatda 
uch 
narsa 
Zlatovlaska uchta ayiqlar 
uyiga kirdi
tushunish
Faktlarni 
tushunish, 
ma’lumotni izoxlash, talqin 
qilish (interpretatsiya) 
Nima uchun Zlatovlaskaga 
kichik 
ayiqning 
stuli 
yoqqanini tushuntiring, eng 
yaxshi. 
Talabnoma
Tushunchalarni 
yangi 
vaziyatlarda qoʻllash, aniq 
masalalarni echish
Zlatovlaska 
foydalanishi 
mumkin 
boʻlgan 
ba’zi 
narsalarni 
oldindan 
bashorat qiling, agar u 
oʻzining uyiga kirsa ... 
Tahlil 
Ma’lumot, 
Konsepsiya 
yoki 
bajariladigan 
ish 
tartibi 
(protsedura) 
qismlarini farqlang.
Voqeaning Zlatovlaskaga 
ancha qulay boʻlib tuyilgan 
qismini tanlang
Sintez 
Element yoki qismlarni 
yangi ob’yekt, gʻoya yoki 
bajariladigan ish tartibini 
(protsedura) birlashtiring.
Voqea 
boshqacha 
boʻlganida nima boʻlar edi, 
aytib bering, agar uchta 
baliq boʻlganida 
Baholash
Baholash, gʻoya, ob’yekt, 
yoki 
aniq 
vaziyatdagi 
materiallarni baholash 
Zlatovlaska yomon qiz deb 
hisoblaysiz, 
pozitsiyangizni asoslang 


133 
Ikkinchi strategiya birinchisi bilan birlashtirilishi mumkin. Qanday qilib 
talabalar talaba sifatida mexnat tajribasiga ega boʻladilar, ular qanday qilib 
oʻzlari yaxshiroq ta’lim olishlari mumkinligi haqida oʻylash qobiliyatiga ega 
boʻlib boradilar, ularga ta’lim berish maqsadlaridan biri sifatida bunday 
refleksiyaga siz (oʻqituvchi sifatida) turtki boʻlasiz. Bu oʻzgarishlar talabalar 
ta’lim olishini tashkil etish boʻyicha sizning ba’zi vazifalaringizni ularga 
yuklash imkonini beradi. Talabaning biologiyasi uchun, yuqorida eslatilgan, 
misol uchun, siz nafaqat solishtiruvchi turlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 
tadbirlarni rejalashtirish, balki talaba uchun bir-biriga bogʻliq boʻlmagan holda u 
yoki bu ma’lumotni egallash yoʻllarini ishlab chiqishingiz kerak. Oʻz-oʻzini 
baholash va ta’lim olishni mustaqil yoʻnaltirish natijasi koʻpincha metabilish 
(metapoznanie) nomi ostida chiqadi. Metabilish – oʻz shaxsiy tafakkurini
oʻylash va boshqarish (nazorat qilish) qobiliyati demakdir (Izrail, 2005). 
Metabilish ba’zan talabalar uchun murakkab boʻlishi mumkin, uni egallash, 
ammo bu ijtimoiy konstruktiv ta’lim uchun zarur maqsad, chunki u asta-sekin 
oʻquvchilarni tajribali oʻqituvchilarga bogʻliqlikdan xalos etadi, ularning ta’lim 
olishini yoʻnaltirish uchun. Oʻquvchilarning chiroqlari, aytish mumkinki 
ularning ekspertlari boʻlib qoldi. Blum taksonomiyasi singari metabilish va 
mustaqil ta’lim olish ham oʻta muhim hisoblanadi.
Ta’lim jarayonida oʻquvchining mustaqil ta’lim olishini faollashtirish 
zarur. Mustaqil ta’lim masalani qoʻyilishi, yechish, oʻz-oʻzini nazorat va 
baholashning yoʻllarini oʻquvchi tomonidan tanlanishi va bajarilishi bilan 
harakterlanadi. Oʻquvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun fikrlash 
xususiyatlarini shakllantirish zarur. Fikrlash operatsiyalari asosida dars jarayoni 
faollashtiriladi. Bu oʻqituvchining: «Nima uchun?», «Qanday maqsadda?», 
«Sabablari qanday?», «Natija nima uchun shunday boʻldi?» singari savollarning 
muhokamasi orqali amalga oshirilishi mumkin. Oʻqituvchilarni evristik
muammoli vaziyatlarga tortish, tanqid, gumon holatlarini muhokama qilish, 
ulardagi muammolarni mustaqil xolda topish va ularni yechish uchun oʻz 
loyixalarini tuzish va himoya qilish oʻquvchilar tafakkurining ma’nodor va 
unumdor boʻlishiga xizmat qiladi. Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har 


134 
bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni 
oʻrganmasa, berilgan ta’lim samarasi past boʻlishi muqarrar.
Mustaqil 
fikrlash 
ham 
katta 
boylik. 
Hozirgi 
zamon 
oʻquv 
muassasalarining vazifasi yosh avlodni mustaqil fikrlashga oʻrgatishdir. Albatta, 
fikrlashda ham individual farqlar mavjud. Fikrlashni bilish - bu insonning 
aqlidir. Aqlning quyidagi sifatlarini ajratish mumkin: 1. Mazmundorlik (boyligi, 
chuqurligi, hukmga boyligi). 2. Fikrlashning kengligi (keng va tor) va 
chuqurligi, nazariya va amaliyotning uzviyligiga bogʻliqdir. Amaliyot, 
hukmning toʻgʻriligi mezonidir. 3. Fikrlashning mustaqilligi - umumiy tajribani 
qoʻllay olish, shaxsiy fikrga ega boʻlishi, tajribaga munosabat bildirish. 4. 
Aqlning tashabbuskorligi. 5. Aqlning egiluvchanligi, vazifani standart 
yechishdan qochish. 6. Aqlning tanqidiyligi, uz ishini aniq baholay olish, uni 
oʻlchash. 7. Aqlning maxsuldorligi. 8. Fikrning ketma-ketligi. 9. Tafakkurning 
tezligi. Aql haqida ayrim olimlar va arboblarning fikrlari keltirilgan. "Ulugʻ aql 
egalari oʻz oldilariga maqsad qoʻyadilar, qolgan odamlar oʻz istaklari ortidan 
ergashadilar" (Vashington Irving). "Aql - bu yaxshi tashkil etilgan bilimlar 
tizimidir» (K.D.Ushinskiy). Yuqorida aytib oʻtilgan barcha sifatlar yosh 
oʻzgargan sari oʻzgarib boradi. Ijodiy ishda fikrlashning mustaqilligi va 
tanqidiyligi zarur boʻlib, u aqliy faoliyatning produktivligini ta’minlaydi.
Oʻqitishning emotsionalligi ta’limning muvaffaqiyatliligini ta’minlovchi 
omillardan biridir. Ta’lim berish jarayoni emotsional jarayon. Agar 
oʻquvchilarga berilayotgan axborot ularda hech qanday his-tuygʻu uygʻotmasa, 
uni oʻquvchilar yaxshilab esda olib qolmaydilar. Gap oʻquvchilarning psixik 
holatlari, ya’ni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida ham borishi 
kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, optimistiq kayfiyat oʻquv faoliyatini juda 
samarali qiladi. Oʻquvchilar emotsional ruhdagi materialni durustroq oʻzlashtirib 
oladilar. 
Oʻtkazilgan tajribalar oʻquvchilar hech qanday his-tuygʻu 
uygʻotmaydigan materialga qaraganda, emotsional ruhdagi materialni yaxshiroq 
eslab qolishlarini koʻrsatadi. Oʻqituvchi oʻquv jarayonining emotsional tomoni 
haqida gʻamxoʻrlik qilishi kerak. Bu muammo juda muhim ahamiyatga ega. 
Chunki, birinchidan, ta’limning mazmuni nihoyatda murakkablashib, hajmi esa 
gʻoyat kattalashib ketgan. Uning muvaffaqiyatli oʻzlashtirilishiga erishish uchun 


135 
oʻquvchilarning oʻquv faoliyatini kuchaytirishi lozim. Ijobiy tuygʻular oʻquv 
mehnatining samaradorligiga kuchli ta’sir etadi. Hafsala bilan bajarilgan 
begʻaraz munozara paydo boʻladi, bahslashiladi, befarq qaragan yoki undan ham 
beshbattar, salbiy munosabatda boʻlishgan ishga esa hech qanday xafsala 
boʻlmaydi. Jamiyatimizdagi mehnat - ijod, quvonch manbai. Oʻquv maskani 
oʻquvchilarida oʻquv mehnatiga ijodiy munosabat uygʻotib, mehnatning haqiqiy 
ijodga, quvonch manbaiga aylanishiga koʻmaklashishi kerak. Topshiriqning 
yuqori samaradorligi nafaqat shaxsni qaysarligini oshiradi, balki shuningdek 
qobiliyatlarini 
rivojlantirishda, 
stresli 
holatlardan 
chiqishda 
quyidagi 
omadsizlikdan qutulishda yordam beradi. Tasavvur qiling, sizda ikkita topshiriq 
bor: biri insho, ikkinchisi ilmiy laboratoriya hisoboti bir kunda va oxirgi sanaga 
yaqinlashganiz sari oʻsha vaziyat hayotingizni yanayam zarur band qiladi. Agar 
ikkala topshiriqni bajara olishingizga ishonsangiz siz oʻzingizdagi stresni 
yengishni uddasidan chiqqan boʻlasiz. Siz shuningdek omadsizlikdan ham 
qutulgan boʻlasiz. 
Bu yaxshi yangilik. Yomon tomoni, eng kamida oʻqituvchingizni nuqtai 
nazaridan bir hil ruhiyat ba’zida ilmiy boʻlmagan maqsadlarga ham xizmat 
qiladi. Qanday qilib? Maktab topshiriqlar oʻrniga bir kunda talabada faqatgina 
bitta maktab topshiriq berilgan, ammo shuningdek unda yarim stavkali 
kechqurungi ish ham bor mahalliy restorandagi xizmatchi sifatida. Uni ustiga 
oʻquvchida ikkala topshiriqqa boʻlgan yuqori samaradorlik bor. U ishlashi 
davomida topshiriqni bajarishga qobiliyati borligiga ishonadi. Shunday 
ruhiyatda ishonchning natijasini kuchli e’tiborda koʻrishimiz mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin