138
olishingizga ishonmaysiz. Bu holatda siz oʻzingizning ichki kuchingizga
ishonishingiz kerak, lekin biroz oʻz samaradorligingizga shubha bilan
qarashingiz mumkin. Boshqa tomondan agar siz boshqalarning kuyni
oʻxshatishiga guvoh boʻlmasligingiz mumkin, lekin sizning oʻz shaxsiy kuylash
tarixingiz bor, bu boshqa tarixda. Bu holatda siz boshqalarning ijro etishidan
koʻra koʻproq oʻzingizga ishonishga moyil boʻlasiz.
Boshqaruv bu shunday yoʻnaltiruvchi kuchki,
u insonlardagi ijodiy
potensial imkoniyatlarini oladigan sharoitlarni yuzaga chiqarishni maqsad qilib
qoʻyadi. Shunday ekan, oʻqituvchining ta’lim-tarbiya jarayonini toʻgʻri va
oqilona boshqara olishi oʻquvchi shaxsi kamolotida nihoyatda kattadir.
Faoliyatdan kutiladigan natija psixologiyada maqsad deyiladi. Oʻquv
jarayonining boshqarilishi ikkita asosiy maqsadni koʻzda tutadi. Ulardan
birinchisi, oʻquv jarayonini toʻgʻri tashkil eta olish, ikkinchisi esa
oʻquvchilarning shaxsiy qiziqish va ehtiyojlarini qondirishdir.
Ana shu
maqsadlar boshqarishning vazifalarini belgilab beradi. Demak, oʻquv jarayonini
boshqarishning: - birinchi vazifasi tashkiliy boʻlib, oʻquvchilarning ta’lim va
tarbiyasi boʻyicha ijtimoiy buyurtmalarni qondirish; - ikkinchi vazifasi -
bevosita oʻquvchining qiziqish va talablarini qondirishga yoʻnaltirilgan
holatdagi ijtimoiy vazifadir. Shuningdek, bu vazifa
oʻquvchilarning
koʻtarinkilik, yaxshi kayfiyat va oʻquv jarayonidagi ishchanlikni yuzaga
keltirishni ham uz ichiga oladi. Afsuski, koʻp yillar
davomida boshqarishning
ana shu ijtimoiy vazifasiga juda kam e’tibor berilgan. Boshqaruvning ikkinchi
vazifasi bu ijtimoiy-psixologikdir. Bu vazifa oʻquvchilarda samarali faoliyat
uchun zarur boʻlgan ijtimoiy-psixologik holat va xususiyatlarni rivojlantirishga
qaratilgandir. Bu holat va xususiyatlar oʻquvchilarni oʻzaro jipslashtirish,
nazorat, oʻz-oʻzini boshqarish,
shuningdek, mustaqil ta’lim olishlarini
rivojlantirishdan iboratdir.
Oʻquv jarayonini boshqarish uchun quyidagi tarkibiy qismlarni
egallashlari lozim: 1. Berilgan oʻquv topshirigini yechish uchun vositalar
tanlash. 2. Topshiriqlarni yechish jarayonida oʻz-oʻzini nazorat qilish.
3. Oʻzlashtirilgan bilimlar, malakalar, koʻnikmalar sifatini baholash. 4. Oʻquv
topshiriklarini bajarilganligini tekshirish. 5. Oʻz oldiga maqsad kuya olish. 6.
139
Turli belgilar bilan predmetning ichki munosabatlari muvofiqligini kura olish.
Oʻqitishning ikkita usuli mavjud. Biri an’anviy oʻqitish usuli - bunda oʻqituvchi
muammoni
belgilaydi, vazifalarni aniqlanaydi va muammoni yechib beradi.
Oʻquvchi esa masalani yechish yoʻllarini eslab qoladi va uni yechishni mashq
qiladi. Bunda oʻquvchilarda reproduktiv tafakkur shakllanadi. Rivojlantiruvchi
ta’lim oʻqitishning muammoli usulida oʻqituvchi oʻquvchilarning bilish
jarayonlarini boshqaradi, uni tashkil etadi va nazorat qiladi. Oʻquvchi esa
muammoni tushunadi. Uni yechish yoʻllarini qidiradi va uni yechadi. Bunday
xollarda oʻquvchi tafakkurining maxsuldorligi oshadi
va uning mustaqilligi
rivojlanadi. Oʻquvchining oʻqishga boʻlgan qiziqishini rivojlantirish uchun
oʻqituvchi quyidagi qoidalarga tayanishi lozim: 1. Oʻquv jarayonini shunday
tashkil etish lozimki, bunda oʻquvchi faol harakat qilishi, mustaqil izlanishi,
yangi bilimlarni oʻzi kashf etishi va muammoli xarakterdagi masalalarni yechish
uchun sharoit izlashi kerak. 2. Oʻquvchilarga bir xil oʻqitish
usullari va bir
turdagi ma’lumotlarni berishdan qochish kerak. 3. Oʻrgatilayotgan fanga
nisbatan qiziqishning namoyon boʻlishi uchun ayni shu fan yoki bilim,
oʻquvchining oʻzi uchun qanchalik ahamiyatli va muhim ekanligini bilishi
kerak. 4. Yangi material qanchalar oʻquvchi tomonidan avval oʻzlashtirilgan
bilimlar bilan bogʻliq boʻlsa, u oʻquvchi uchun shunchalik qiziqarli boʻladi. 5.
Xaddan ziyod qiyin material oʻquvchida qiziqish uygʻotmaydi. Berilayotgan
bilimlar oʻquvchining kuchi yetadigan darajada boʻlishi lozim.
Oʻqituvchi oʻrganilayotgan mavzu yoki bilimining ahamiyatini koʻrsatish,
oʻquvchining oʻquv faolligini oshirish uchun qiziqarli misollar,
aqliy
oʻyinlardan keng foydalanishi lozim. Lekin, ta’limdagi har bir beriladigan bilim
yorqin, qiziqarli boʻlavermaydi, shuning uchun oʻquvchilarda iroda, qat’iylik,
mehnatsevarlik kabi hislatlarning kamol toptirilishi nihoyatda zarurdir. Ana shu
hislatlar oʻquvchining kelgusida oʻz-oʻzini nazorat qilishga, oʻz-oʻzini
baholashga va mustaqil ta’lim olishga asos boʻlish kerak.
Dostları ilə paylaş: