Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Psixologik tanlov
professional tanlovning komponentlaridan biri 
boʻlib, u oʻz ichiga tibbiy, ta’lim, bilim darajasi boʻyicha tanlovlarni oladi. 
Aniq faoliyat turida inson qobilyatlarni son va sifat koʻrsatkichlari boʻyicha 
baholash eng oddiy, ammo unchalik mukammal boʻlmagan usuldir. 
Psixologik tanlov shundayki,bugungi qabul qilgan qarorlarimiz 
kelajakdagi tanlovlarimiz uchun asos boʻlishi mumkin. Insonlar koʻp hollarda 
allaqachon qilingan tanlovlarga amal qilishda davom etishadi. Siz studentlik 
paytingizdan boshlab sotib olgan tish pastaning savdo belgisi sizning butun 
hayotingiz mobaynida siz tanlaydigan brend boʻlishi osonroq. Bu yerda siz 
haliyam oʻsha savdo belgisini tanlayotganinggizning bir nechta sababi bor. 
Birinchidan, siz oʻsha mahsulotni avval iste’mol qilib koʻrgansiz, bu sizni 
oʻsha mahsulot uchun yana qoʻshimcha xarajat qilishga undaydi. Ikkinchidan, 
brendlarning foydalilik darajasi oʻrtasidagi farq judayam kam. Shu sababli, 
siz aynan nimani tanlayotganingizni ahamiyati yoʻq va iloji boricha avval 
sinovdan oʻtgan mahsulotni tanlash samaraliroq.
Yosh mutaxassislarni tanlovdan oʻtkazish 2-3 yildan keyin amalga 
oshiriladi. Bunda yosh mutaxassisning egallab turgan lavozimiga mosligi va 
uning kasbiy rivojlanishini istiqbolli rejalari nazarda tutiladi. Mutaxassisning 
egallab turgan lavozimiga mosligini aniklash zaruriyati shuningdek, ish stajiga 
ega boʻlgan talab ishchining shaxsga nisbatan ham kelib chiqishi mumkin. Haq 
toʻlash shartlari mehnat xarakteri va mazmunining oʻzgarishi yangi texnikaning 
kirib kelishi, yangi texnologiyalarga oʻtish, egallab turgan lavozimiga 
muvofiqligini tasdiqlash uchun kerak boʻladi. Nixoyat, yoshdagi oʻzgarishlar va 


157 
kasbiy deformatsiyalar bilan bogʻliqlik ishchining kasbiy nomuvofiqligi boʻlishi 
mumkin.
Tanlovning 
keyingi 
muhim 
aspekti 
mutaxassis 
faoliyatining 
samaradorligini aniqlaydi. Albatta, tanlov ob’yektiv xarakterga ega boʻlishi 
lozim. Tanlovda ishchi kasbiy faoliyatining ma’naviy tomonini hisobga olish 
lozim. Har bir kasbda xulq etikasi va korporativ ahloq mezonlari mavjud. Ularga 
rioya etish tashkilot va muassasalarning rahbarlari uchun muhim ahamiyatga 
ega. Kasbiy ahloq qarorning ijtimoiy asoslanishiga, maxsulot sifatiga, rahbar 
kadrlar siyosatiga, jamoadagi ijtimoiy - psixologik muhitga ta’sir etadi. Nixoyat, 
tanlov mutaxassisning oʻz ishiga va kasbiga boʻlgan sub’yektiv munosabatini 
aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, asosiy qobiliyat tarkibidan tashqari, 
tanlov 
istalmagan 
kasbiy 
sifatlar 
boʻlishi 
mumkin 
boʻlgan 
shaxs 
deformatsiyalari va albatta, ularning tashxis usullarini aniqlab berishlari lozim. 
Asosiy qobiliyatlar va istalmagan kasbiy sifatlar tashxisi natijalari 
mutaxassisning kasbiy rivojlanishini va malakasini oshishini aniqlab berishi 
kerak.
Tanlov maqsadlari - bu malaka professionalizmining oʻsishini tezlatish 
boshqaruvli mehnat sermaxsulligi, ijodiy tashabbuskorlikning rivojlanishi bozor 
iqtisodiyoti sharoitida mehnatga haq toʻlashni differensiatsiya yoʻli bilan 
ishchilarni ijtimoiy himoyalash kabilardir. Mutaxassisning egallab turgan 
lavozimi va talab etayotgan malaka toifasiga mosligini oʻrganish, ishchini 
kelgusidagi kasbiy malakalari oʻsishiga imkon beradi. Shuningdek, tanlovning 
noxush masalaridan biri - shtatlarni qisqartirish, rahbarni ishi qoniqtirmaydigan 
ishchilardan qutilishi. Kasbiy tanlov tashkilotda ma’lum tanglikni yaratadi 
chunki, u sub’yektiv va xato boʻlishi mumkin boʻlgan baholash jarayonlari bilan 
bogʻliq. CHunki tanlov natijalariga koʻra shaxs uchun juda muhim boʻlgan 
xulosalar chiqariladi. Shuning uchun kasbiy tanlovni oʻtkazish uchun ishchining 
professionalizm darajasini, mehnat samaradorligini va kasbiy potensialini toʻgʻri 
baholay oladigan professionallar jalb etiladi. 


158 
Psixologik tanlovning yana shunday 
xususiyati borki, tanlanayotgan ob’yektlar 
orasida biri boshqalaridan nimasi bilandir 
ustunlik qilsa oʻsha ob’yektni tanlanish 
ehtimolligi koʻproq 
boʻladi. 
Yaqinda, 
Chikago universiteti talabalari tomonidan 
psixologik 
tadqiqot 
oʻtkazilgan. 
Qatnashuvchilar ikki guruhga ajratilgan va 
guruhlardan ikkita dam olish joyidan birini 
tanlash soʻralgan. Birinchi guruhga tanlash 
oson boʻldi. Chunki, ularga joylardan biri dengiz boʻyida joylashganligi aytilgan 
edi. Ikkinchi guruh bu borada qiynaldi, sababi ularga hech narsa aytilmadi va 
tanlash imkoniyati teng edi.
Erik Erikson rivojlanishning 8 ta vaziyatini keltirgan. Vaziyatlarning har 
biri dilemma yoki psixologik tanlovni oʻz ichiga oladi. Ular foydali boʻlishi ham 
mumkin yoki xavfli boʻlishi ham mumkin va albatta bittasi boshqasiga 
qaraganda manfaatliroq boʻladi. Ular quyidagilar: 
-ishonish va ishonmaslik; 
-oʻzini harakatlarini erkin boshqarish va uyalish; 
-oʻzini harakatlarini baholay olish va aybdorlikni his qilish
-ishchanlik va ishda oʻzini koʻrsata olmaslik; 
-oʻzini anglash va boshqalar tomonidan tan olinmaslik; 
-odamlar bilan aloqada boʻlish va odamlardan ajralib qolish; 
-oʻzidan nasl qoldirish va yolgʻiz oʻtish; 
-oʻsishda davom etish va umidsizlikka tushish.
1

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin