153
rahbarning tashqaridan beradigan bahosi va xodimlarning oʻz-oʻziga beradigan
bahosi muvofiq keladi. V.A.Krutetskiy oʻspirinlarda uchrash mumkin boʻlgan
motivlardan quyidagilarni alohida ta’kidlab oʻtadi: - biror oʻquv faniga nisbatan
oʻspirinning qiziqishi; - Vatanga foyda keltirish istagi; - shaxsiy qobiliyatini
roʻkach qilib koʻrsatish; - oilaviy an’analariga rioya qilishi; - doʻstlari va
oʻrtoqlaridan oʻrnak olganligi; - ish joyining va oʻquv yurtining uyga yaqinligi; -
moddiy ta’minlanganlik; - oʻquv yurti koʻrinishining chiroyliligi yoki unga
joylashishining osonligi singari motivlardir. Yuqoridagi fikrlardan koʻrinadiki,
ilk oʻspirinlik davrida kasbiy motivlarning shakllanishi bir qator tashqi va ichki
omillarga bogʻliq. Shuningdek, kasb tanlashga boʻlgan intilish ishtiyoqlar
negizida kasbiy motiv va motivasiya shakllanadi. Aynan xorij psixologlari
kasbiy motivlar tarkibini ishlab chiqishda kasb tanlashgacha boʻlgan va kasb
tanlab boʻlgandan keyingi jihatlarini koʻrsatib oʻtadilar.
Dostları ilə paylaş: