184
oʻz-oʻzini rivojlantirish orqali harakatlarni sifatini yaxshilayotganligini
koʻrsatish;
berilgan tamoyillarga mos jonli yoki yozilgan
raqs harakatlarini tahlil
qilish.
Eriksoʻn birinchi zamonaviy raqs sinfi oʻquvchilariga quyidagi vazifani
ijro etishlarini soʻraydi.
Guruhda 4-6 tadan boʻlib 5 minut davomida raqsga tushishlarini. Raqs
hamma raqqoslar tehnik qobiliyatlarini, murakkab harakatlarni va doimiy
oʻzgarishlrga moslashuvchanlikni koʻrsata oladigan darajada koʻp tomonlama
boʻlish (1-2-ish) Talabalar oʻzlarining repetitsiyalarini videoga olishadi va oʻz-
oʻzini rivojlantirish orqali qanday qilib oʻsishga erishganliklarini yozishadi (3-
ish). Har bir guruh boshqa guruhlar raqslarini koʻrib chiqadi va tahlil qiladi (4-
ish). Bajarilgan ishni baholashda Erikka doim koʻpchilik bosqichlarni
shakllantirib olish kerak boʻladi. Guruhlarga doim hamma raqqoslarga mos
qobiliyatlarini namoyish etish uchun bir na’muna kerak boʻladi; oʻzlarining
raqslarini toʻgʻri tahlil qilishlari; jamoa sifatida samarali ishlashlari va raqsni
rivojlantirish uchun tamoyil yaratishlari kerak.
Ishni baholashning yana bir kamchiligi bu ularni notoʻgʻri
va nohaq
baholashga olib keluvchi tahlildir. Shuning uchun har qanday javobni
baholashda hisoblash rubrikasi judayam muhim.
3.1- jadvalda guruh faolligini jarayonini koʻrsatuvchi rubrika na’muna
sifatida berilgan.
Dostları ilə paylaş: