Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Ishonchlilik 
Ishonchlilik oʻlchamning barqarorligini anglatadi (Linn & Miller 2005). 
Tasavvur qiling, janob Garsiya oʻzining oʻninchi sinf talabalariga ozuqa kimyosi 
boʻyicha dars oʻtmoqda va dars soʻngida u oʻqituvchilar qoʻllanmasidan test 
mavzular boʻyicha baholash oʻtkazadi. Ishonchlilik quyidagi savollarga 
asoslangan: Agar talabalar vazifani Juma yoki Dushanba kuni olganlarida 
ularning baholari qanchalik oʻxshash boʻlardi? Agar janob Garsiya boshqa 
 


177 
turdagi testlarni tanlaganida yoki boshqa oʻqituvchi testni tekshirganida, baholar 
oʻzgargan boʻlarmidi? Baholash talabalarning bir paytdagi mehnatining aniq 
oʻlchamlaridan foydalangan holda ular haqda ma’lumot beradi.
Toki baholashdagi natijalar turli vaziyatlarda, turli baholovchilarda yoki 
turli vazifalarda (xuddi bir mazmunli sohada) barqarorligicha qolmasa, 
natijalardagi ishonch pasayadi va talabaning bilimini oshirishda u foydali boʻla 
olmaydi. 
Aniqki, biz mukammal barqarorlikni umid qilolmaymiz. Talabalarning 
xotirasi, diqqati, charchoqliklari, harakatlari va bezovtaliklari oʻzgarib turadi va 
bu ularning ishiga ham ta’sir etadi. Hatto malakali baholovchilar yozma ish, fan 
loyihasi yoki ogʻzaki prezentatsiya kabi ishlarni baholashda farq etadilar. 
Shuningdek, soʻz tanlash va aniq mavzular dezayni ham talabalar mehnatiga 
ta’sir etadi. Biroq ba’zi baholash tizimlari boshqalariga qaraganda ishonchliroq 
va shuningdek oʻqituvchilar ishonchlilikni oshira oluvchi bir qancha 
strategiyalar ham mavjud. 
Birinchidan, koʻproq mavzu yoki vazifalardan iborat baholash tizimining 
ishonchlilik darajasi koʻproq. Buni tushunish uchun, ikkita test olaylik: birida 
beshta mavzu bor, ikkinchisida 50 ta mavzu bor. Imkoniyat faktorlari uzunroq 
testga qaraganda, kichikroq testga ta’sir qiladi. Agar talaba birinchi testdagi 
mavzulardan birini tushunmasa, bu umumiy bahoga katta ta’sir oʻtkazadi (20 
foizga kamayadi). Aksincha, 50 ta mavzuli testda bir mavzu tushunarsiz boʻlsa, 
umumiy bahoga kamroq ta’sir boʻladi (faqatgina 2 foiz). Aniqki, bu testlar juda 
uzun boʻlishi kerak degani emas, ammo oʻrtacha va imkoniyat farqini 
kamaytirishga yetadigan sonda mavzular qoplanishi kerak. Ikkinchidan, aniq 
yoʻllanmalar va mavzular ishonchlilikni oshirishga yordam beradi. Agar 
yoʻllanmalar va aniq mavzu va vazifalar soʻzlari noaniq boʻlsa, u holda 
talabalarning oʻzlari natija aniqligiga ta’sir etgan holda tahmin qilishlariga 
toʻgʻri keladi. Uchinchidan, aniq baholash kriteriyalari yuqori ishonchlilikni 
ta’minlashda muhim hisoblanadi (Linn & Miller, 2005). Ushbu boʻlim soʻngida 
biz baholash kriteriyalarini rivojlantirish uchun ishlatiladigan strategiyalarga 
izoh beramiz.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin