Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 
 
 


179 
Munosib baholash texnikalarini tanlash II: oʻqituvchi tomidan 
yaratiladigan baholash tizimlari 
Ilk bor ish boshlagan oʻqituvchilar uchun murakkabliklardan biri bu 
munosib baholash texnikalarini tanlab, ishlatishdir. Ushbu boʻlimda biz 
oʻqituvchilar foydalanadigan turli xil bahlash tizimlarini xulosa qilamiz. 
Oldiniga biz oʻqituvchilar tezkor qarorlar talab qiladigan koʻrsatmalar paytida 
ishlatadiga norasmiy texnikalar haqida muhokama qilamiz. Keyinchalik 
oʻqituvchilar koʻrsatmadan oldin ishlatadigan va tasviriy qarorlar yaratadigan 
rasmiy texnikalarni muhokama qilamiz.
Eslatmalarni qayd etib borish. 
Kuzatuv jarayonlarini qayd etib boorish ishonchlilikni oshiradi va bir 
talaba, guruh, yoki butun sinfxona ta’sirini tushunishni oshiradi. Ba’zan bu narsa 
boshqa oʻqituvchilar yordamini talab etishi mumkin. Masalan, endigina aniq 
fanlar boʻyicha oʻqitishni boshlagan Aleksis oʻylash uchun beriladigan vaqt 
koʻproqligi talabalarning bilimini oshirishga yordam berishidan xabardor 
(Rowe, 2003), ammo oʻz xulq-atvoridan koʻngli hotirjam emas, shuning uchun 
hamkasbidan darsini kuzatishni va kutish vaqtlarini qayd etib borishni soʻraydi. 
Aleksis kutish vaqti barcha talabalar uchun kamligini bilib oldi, shuning uchun 
har safar talabadan savol soʻraganida, ichidan beshgacha sanashni mashq qila 
boshladi. Oʻqituvchilar hamrohlar yordamisiz talabalar haqida hazilatomus 
qaydlar yozib borishlari mumkin. Bu qaydlar talabalar xulqidagi hodisalarni 
tasvirlashi mumkin, voqea qayerda va qaysi payt sodir boʻlgani, voqea haqida 
mujmal sharh qoldiriladi. Misol uchun, voqeani tasvirlash Dushanba kuni 
ertalab matematika darsida uxlab qolgan ikkinchi sinf talabasi Josef haqida 
boʻlishi mumkin. Mujmal izoh u talabaning hafta oxirida toʻyib uxlolmagani 
haqida boʻlsa, munosib izoh esa uning kasalligi va dori-darmonlar tufayli 
uyqisiragani boʻlishi mumkin. Koʻrinib turibdiki, qoʻshimcha ma’lumotga 
ehtiyoj bor va oʻqituvchi Josefdan nega uyqisirayotganini soʻrashi mumkin, 
shuningdek, kelasi hafta davomida ham uning uyqisirashi yoki yoʻqligini 
kuzatishi mumkin. Hazilatomus qaydlar odatda muhim ma’lumotlarni qamrab 
oladi va ular xotiraga tayangandan yaxshiroqdir, ammo ular saqlanib qolishi 
uchun vaqt kerak va oʻqituvchilar xolisona boʻlishda qiynalishadi.


180 
Masalan, Josefning uyqisiraganini koʻrgach, oʻqituvchi uning uyqisiragani 
belgilarini qidira boshlashi mumkin – tetik boʻlgan kunlarini esa u unutib 
yuboradi. Shuningdek, oʻqituvchilar uchun kuzatuvlari yuqori darajada ishonchli 
boʻlishi uchun keng turdagi namunalar keltirish ogʻir kechadi.
Oʻqituvchilar shuningdek, asosan IEP ga ega talabalar uchun rasmiy 
kuzatuvlar olib borishadi. Maktabdan oldingi dargohda norasmiy va rasmiy 
kuzatuvlar muhimligiga misol quyidagichadir: 
Katta 
shahar 
chetidagi 
mahallada 
maktabdan oldingi dargoh 
sinfi mavjud va ularda 
sakkizta kam ta’minlangan 
talabalar va til boʻyicha va 
ijtimoiy qobiliyati boʻyicha 
iqtidorli toʻrtta talaba bor.
 
Kam ta’minlangan talabalarning ba’zilari kechikib gapirishni 
oʻrganganlik bilan, ba’zilari xulq-atvor kasalliklari bilan, va ba’zilari esa 
autizm bilan tashxis qoʻyilgan. Talabalar oʻqituvchi bilan oʻtirishadi va 
oʻqituvchida turli hajmdagi uchta “ajoyib” narsa bor (masalan, oʻyinchoq 
pandalar), va talabalardan ularni kattaligi boʻyicha tartibga keltirish soʻraladi. 
Qobiliyatli talabalardan ham ularning har biriga qoʻl choʻzib koʻrsatishni va 
“Mana bunisi kattasi”, “Mana bunisis oʻrtachasi”, va “Mana bunisi kichigi” 
deb aytish soʻraladi. Ba’zi talabalar uchun faqat ikkita tanlov berildi (kata va 
kichik), chunki ularning rivojlanish darajasi uchun shu ikkisi yetarli. Oʻqituvchi 
norasmiy tarzda shuni kuzatadiki, bolalardan biri oyogʻini qimirlatmasdan 
oʻtirishda qiynalayapti va u sekingina yordamchidan ogʻirroq bir material 
berishni soʻraydi va uni oyogʻini tekis tutishi uchun bolaning oyogʻiga qoʻyadi. 
Mashgʻulot davom etadi va yordamchi talabalar xulqini ehtiyotkorlik bilan 
kuzatib, IEP rivojlanish kartochkalariga qaydlar yozib boradi: “Markdan ikkita 
rasm yoki narsani tanlash soʻralganda, u 80 foiz holatda munosib buyumni 
koʻrsatadi.” Oʻqituvchi va uning yordamchilari kun yarmi davomida kam 


181 
ta’minlangan talabalarning munosib xulq-atvori haqida qaydlar yozib 
borishadi. Kunlik qaydlar har hafta xulosa qilinadi. Agar muayyan bir vazifa 
uchun yetarlicha kuzatuvlar yigʻilmasa, oʻqituvchi va yordamchi koʻproq 
kuzatuvni oʻsha bolaga qaratishadi va, agar lozim boʻlsa, vzaifaga taalluqli 
alohida vaziyatlar yaratishadi. Har hafta oxirida oʻqituvchi kam ta’minlangan 
talabalar oʻz vazifalariga mos ishlashayotganini hisoblab boradi.
1
 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin